2.O’q suyaklarining bo’limlarga bo’linishi va anatomik tuzilishi.
Bosh skeleti, ya’ni kalla suyagi
Cherepning vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Bosh miya joylashishi uchun quti hosil qiladi va uni himoya qilib turadi. 2. Maxsus sezgi organlari – ko’z, quloq va burun, til joylashadi. 3. Ovqat hazm qilish tizimining boshlanish qismi organlari joylashadi. 4. Yuzning mimika va chaynash muskullari, tilosti suyaklarini biriktirib turadi.
Kalla suyagi – cranium umurtqa pog’onasining old tomonida bo’lib, unda eng muhim organlar, masalan, bosh miya, sezgi (eshitish, ko’rish va hid bilish) organlari joylashadi.
Ovqat hazm qilish, nafas olish sistemasining boshlanish qismi ham bosh skeletida bo’ladi. Bosh skeleti tana harakatining muvozanatini saqlashda va atrofni aniqlashda ham muhim rol o’ynaydi.
Bosh skeleti yassi juft va toq suyaklardan tuzilgan bo’lib, ular bir – biriga nisbatan juda zich joylashadi, hatto hayvonlarda ba’zi suyaklar butunlay birlashib ketadi. Bosh skeletida bir nechta kovak bor, ular skeletning hajmini kattalashtirishda va havo bilan to’lib, uni yengillashtirishda katta ahamiyatga ega. Bosh skeletida yana bir qancha teshik bo’lib, ulardan qon tomirlari, nervlar o’tadi.
Bosh skeleti tuzilishiga qarab miya va yuz bo’limiga bo’linadi. Har qaysi bo’limning tuzilishi, katta – kichikligi bosh miyaning hajmiga, tishlarning rivojlanganligiga, muskullarga, yashash sharoitiga, yoshga va boshqa sabablarga bog’liq bo’ladi. O’txo’r hayvonlarning yuz suyaklari ancha rivojlangan, tishlari baquvvat, chaynovchi muskullari ham yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Bosh skeleti 6 ta toq va 13 ta juft suyakdan tuzilgan. Har qaysi suyakning nomi uning joylashishi holatini ifodalaydi: 1) ensa suyagi bosh skeletining orqa tomonida bo’lib, bo’yin, bosh muskullari bilan qoplangan; 2) jyft tepa suyagi miya bo’shlig’ining ustida qopqoq shaklida joylashgan; 3) toq – bosh-tepa, oraliq suyakchasi, tepa suyaklarining orasida; 4) juft peshana suyagi peshanada; 5) juft burun suyagi burun bo’shlig’ining ustida; 6) juft chakka suyagi chakkada; 7) juft yonoq suyagi ko’z kosasining oldirog’ida; 8) juft ko’z yoshi suyagi yonoq suyagining ustida; 9) juft yuqorigi jag’ suyagi yuqorigi jag’ tishlarning ustida; 10) juft jag’aro suyaklar yuqori kurak tishlar ustida; 11) toq ponasimon suyakcha ensa suyagi asosining oldingi tomonida; 12) juft qanotsimon suyaklar uning oldinroq qismida; 13) toq dimog’ suyagi xoana teshigining orqa tomonida; 14) juft tanglay suyagi tanglayni hosil qilishda qatnashadi; 15) yuqorigi va pastki burun chig’anoqlari burun bo’shlig’ida; 16) toq g’alvirsimon suyak miya bo’shilig’i bilan burun bo’shlig’i o’rtasida; 17) juft pastki jag’ suyagi; 18) toq til osti suyagi tilning asosiy qismida joylashadi.
Bosh skeletidagi taroq va chuqurchalar har xil funksiya bajaradi. Masalan, yonoq tarog’i chaynash muskulini tutib turish uchun xizmat qiladi, pastki jag’ suyagining ichki chuqurchasida qanotsimon muskul joylashadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |