O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet31/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Nerv stvoli. Nerv tolalari bog`lamchalar hosil qiladi. Bir qancha bog`lamchalar nevr stvoliga umumlashadi. Har bir nevr tolasini agirofil fibrillalar va fibroblastlardan iborat endonevriy o`rab turadi. Nerv tolalarining bog`lamchasi esa perinevriy bilan o`ralgan. Elektron mikroskop perinevriy bazal membranalar bilan navbatlashib joylashadigan 5-6 qavat hujayralardan hosil bo`lganligini ko`rsatadi. U nerv tolalarini zararli ta`sirotlardan saqlashda katta ahamiyatga ega. Butun nerv stvolining tashqi yuzasini biriktiruvchi yumshoq to`qimadan iborat epinevriy qoplab turadi. Epinevriy vositasida nerv stvoli atrofidagi to`qimalar bilan harakatchan ravishda tutashadi.
Nerv oxirlari (terminallari). Barcha nerv tolalari oxirgi (terminal) apparatlar bilan tugaydi. Bu apparatlar nerv oxirlari (terminallari) deyiladi. Bunday apparatlar uch xil bo`ladi: effektor, retseptor va neyronlarning o`zaro aloqasini ta`minlaydigan nerv oxirlari. Effektor nerv terminallari muskul yoki sekretor hujayra bilan tutashib, sinaps hosil qiladi va harakat yoki sekretsiya effektini keltirib chiqaradi (sinapslar - kontaktlar to`g`risida quyida batafsil to`xtalamiz.). Skelet muskulidagi nerv-muskul apparat motorik to`qacha deyiladi (95-rasm). Fanda mavjud bo`lgan motorik birlik tushunchasi harakatlantiruvchi nevrotsit va u bilan bog`langan muskul tolalarini o`z ichiga oladi. Motorik birlik tarkibiga 9 tadan (odamning ko`z muskuli) 1934 tagacha muskul tola kirishi mumkin.
Elektron mikroskopning ko`rsatishicha, silliq muskulda ayrim hollarda har bir hujayraga kelgan nerv tolasi sinapsga o`xshash apparat hosil qiladi. Ko`pincha esa bir guruh muskul hujayralariga bitta nerv terminali to`g`ri keladi (96-rasm).
Sekretor tolaning oxirgi uchi bez hujayrasiga tig`iz tegib turishi yoki unga chuqur botib kirishi mumkin. Keyingi holda nerv tolasi o`zi bilan birga bez hujayrasi plazmolemmasini ham hujayra ichiga qayirib olib kiradi.
Sezuvchi nerv oxirlari yoki retseptorlar qitiqlovchi agent ta`sirini qabul qila oladigan ixtisoslashgan hujayralar va sezuvchi nevrotsit dendritining oxirgi uchlaridan iborat. Retseptor apparatlar kapsulasiz (erkin yotuvchi) va kapsulaga o`ralgan bo`lishi mumkin.
Epidermisdagi nerv tolasining daraxtsimon (butasimon) oxirgi uchlari, sezuvchi (taktil) epiteliotsitlardagi nerv tolasining oxirgi uchlari, ichki quloqning nevroepitelial elementlari epiteliydagi retseptorlardir.
Biriktiruvchi to`qimada kapsulasiz daraxtsimon (butasimon) (97-98 rasmlar) retseptorlar, kapsulaga o`ralgan plastinkali tanachalar, sezuvchi (taktil) tanacha, genetal tanachalar va oxirgi (terminal) kolbachalar, turli kattalikdagi kapsulali to`pcha (kalavacha) lar mavjud.
Refleks yoyi
Nerv sistemasining nevrotsitlari funksional ahamiyatiga ko`ra turlicha bo`ladi. Sezuvchi yoki afferent (retseptor), efferent (effektor) yoki ishchi va oraliq (assotsiativ) nevrotsitlar farq qilinadi. Nerv sistemasida nerv impulsi bosib o`tadigan yo`l refleks yoyi (reflektor yoy) deyiladi. Eng oddiy reflektor yoy ikki nevrotsit - retseptor va effektor nevrotsitlardan iborat. Ko`pchilik hollarda reflektor yoyda bu ikki nevrotsit orasiga assotsiativ nevron ham kiradi. Retseptor nevrotsitning aksoni assotsiativ nevrotsitning dendriti, assotsiativ nevrotsitning aksoni esa effektor nevrotsitning dendriti bilan sinaps hosil qiladi. Refleks yoyida ham umumiy qonuniyat - aksonning nerv impulsini sellyulifugal, dendritning esa sellyulipetal o`tkazish qonuniyati amal qiladi. Bu bilan nevr impulsining faqat ma`lum yo`nalishda, ya`ni retseptor nevrotsit a assotsiativ nevrotsit a effektor nevrotsit yo`nalishida o`tkazilishi ta`minlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bir nevrotsit chegarasida impuls turli tomonga tarqalishi mumkin, lekin refleks yoyidagi sinapslar impulsni faqat bir yo`nalishda o`tkazilishini ta`minlaydi. Bu hol sinapsning morfo-fiziologiyasi bilan bog`liqdir.



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish