Yo’g’on ichakning xar xil tipda tuzilishi
B-it, S-ot; D- qoramol; E- cho’chqalar yo’g’on ichagi: 1-ko’richak, 2-yo’g’on ichak, 3’-3’’-ko’ndalang qismi, 4-chap pastki qismi, 4’-chap yuqorigi qism, 5,6-to’g’ri va yonbosh ichak, 7-kichik yug’on ichak, 8-kavsh kaytaruvchilaning yo’g’on ichagi, 9,10-markaziy o’ram, 11-markazdan qaytaruvchi labirint, 12-yo’g’on ichakning oxiri, 13-markazga boruvchi spiral, 14-labirint uchi, 15-markazdan ketuvchi spiral
7.Amaliy mashg`ulot.
MAVZU: NAFAS OLISH SIYDIK AYRISH ORGANLARINING MAKRO-MIKROSKOPIK TUZILISHI
Darsning maqsadi: siydik ayirish tizimi organlari: buyrak, siydik yo’li, siydik qovug'i, siydik chiqarish kanali va siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: har xil hayvonlarning buyrak, siydik yo’li, siydik qovug'i va siydik chiqarish kanalini quruq va ho’l preparatlari, sxema va tirik hayvon.
Darsning mazmuni: siydik ayirish organlari yordamida organizmda to’plangan ba'zi zararli va zaharli moddalarni tanadan chiqarilib yuboriladi.
Buyrak – ren (nephros) - juft organ bo’lib, uy hayvonlarida asosan loviya shaklida bo’ladi. Uy hayvonlarning buyragini tashqi tuzilishi bir – biridan tubdan farq qiladi, ularni 4 tipga bo’lib o’rganiladi.
Ko’p bo’lakchali buyrak – bunday buyrakni shakli uzum mevasiga o’xshash bo’lib, bir qancha buyraklar siydik ajratgich umumiy siydik yo’liga kelib quyiladi. Bunday buyraklar ayiq va kitsimon sut emizuvchilarda uchraydi.
Usti notekis ko’p so’rg’ichli buyrak - bunday buyrakni shakli tut mevasiga o’xshash bo’lib, tashqi tomoni tekis bo’lmasdan ko’ndalang kesimida, so’rg’ichlar soni ko’p bo’lib, bunday buyraklar qoramollarda uchraydi.
Usti tekis ko’p so’rg’ichli buyrak-shakli loviyasimon bo’lib, cho’chqada uchraydi, usti tekis bo’ladi, ko’ndalang so’rg’ichlar soni ko’p bo’ladi, siydik buyrak kosasidan buyrak jomiga quyiladi.
Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.
Buyrak tiplari.
A-delfinning ko’p bo’lakchali buyragi B-sigirning notekis ko’p so’rg’ichli buyragi D-cho’chqaning tekis ko’p so’rg’ichli buyragi J-itning tekis bir so’rg’ichli buyragi 1-buyrakchalar 11-buyrak bo’lakchalari 2-siydik ayiruv qismi 3-chegaralovchi qism 4-siydikni olib ketuvchi qism 5-buyrak so’rg’ichlari 6-kosacha 8-siydik yo’li 9-buyrak egati 10-siydik yo’li nayi 11-buyrak jomi 15-yoysimon tomirlar 16-buyrak kapsulasi 17-buyrak chuquqrchasi 18-buyrak arteriyzsi 19-buyrak venasi
Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.
-Buyrak – ren ( nephros) tashqi tomondan zardob parda – capsula fibrosa bilan o’ralgan. Buyrakni medial chetida chuqur - darvoza – helus renalis joylashib, bu buyrak sinusi - sinus renalis ni hosil qiladi, bunga buyrak jomi - pelvis renalis kelib quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |