O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet137/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Yo’g’on ichaklar ikkita ko’richak bilan to’g’ri ichakdan iborat. Ko’richak uchlari bilan oldinga qaragan bo’ladi, to’g’ri ichak kloakaga ochiladi. To’g’ri ichak kloakadan sfinkterlar bilan chegaralanib turadi. Shilliq pardasida limfoid to’plamlari bo’ladi, ichak devori silliq va ko’ndalang –targ’il muskulli.
Kloaka ichaklarning oxiri hisoblanib, halqasimon ikkita burma yordamida uch qismga bo’linadi: oldingi - caprodeum, o’rtadagi - urodeum va oxirgi - proctodeum. Oldingi bo’limga to’g’ri ichak, o’rtadagi bo’limga siydik va urug’ yo’li ochiladi. Oxirgisi anal teshigi bilan tugaydi. Oxirgi bo’limning oqori qismida bo’rtik-fabrisiyev xaltachasi - Bursa fabricii bo’ladi. Katta yoshli parrandalarda u yo’qonlib ketadi. Ichaklarning uzunligi har xil: tovuqlarda 160-170 sm, tanasi uzunligidan 6 marta ortiq, o’rdak, g’ozlarda 4-6 marta, yovvoyi qushlarda kaltaroq (tanasidan 1,5-2 baravar uzun) bo’ladi. O’n ikki barmoq ichak – intestinum duodenum - oshqozonni pilorus qismidan boshlanib, jigarni ustki tomonida «S» shakldagi burma hosil qilib joylashadi, undan so’ng achchiq ichakka o’tib ketadi. O’n ikki barmoq ichakka jigardan o’t yo’li va oshqozon osti bezi yo’li ochiladi. 12 barmoq ichak devorida bezlar ko’p bo’lib, oziqa parchalanadi hamda ichak devoridan oziq moddalar so’riladi. Uni uzunligi: qoramolda 90 – 120 sm, qo’ylarda 25 – 40 sm, cho’chqada 40 – 80 sm, otda 1 metrgacha.
Achchiq (och) ichak – intestinum jejinum - tuzilishi jihatdan bir nechta tugunchaga o’xshaydi. Uning ichi «puch» bo’ladi. Oziq ichak shilimshiq pardasining devoriga yopishgan holda o’tadi. Achchiq ichak qoramollarda 40 m, kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda 30 m (ba'zan 42 – 45 m) gacha bo’ladi. Cho’chqalarda 15 – 20 m, otlarda 19 – 30 m bo’lib, qorin bo’shlig’ini chap tomonida joylashadi.
Yonbosh ichak - intestinum ilium - juda kalta bo’lib, achchiq ichakdan ajralgandan so’ng o’ng tomonga o’tib, 3 – 4 bel umurtqalari ro’parasida yuqoriga ko’tariladi va ko’richakka qo’shiladi.
Yo’g’on ichaklar – intestinum crassum. Yo’g’on ichaklar ham ingichka ichaklar singari uchga bo’linadi: ko’r ichak – intestinum coecum, chambar ichak – intestinum colon, to’g’ri ichak – intestinum rectum.
-Ko’r ichak – intestinum caecum oddiy xaltacha shaklida bo’lib, turli hayvonlarda turlicha tuzilgan. Bir tuyoqlilarda ancha katta, teskari vergul shaklida, boshi, tanasi va uchi farqlanadi, ustki tomonida 4 ta pay tasmalari, 4 qator xaltachalari bo’ladi. U qorin bo’shlig’ini chap biqin tomonidan pastga kindik sohasiga tushib qalqonsimon tog’aygacha boradi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda silindr shaklida bo’lib, usti tekis, uzunligi 30 – 70 sm bo’ladi. Qorin bo’shlig’ini o’ng tomonida joylashadi. Cho’chqalarda konus shaklida bo’lib, 3 ta pay tasmasi va 3 qator xaltachalari mavjud. Qorin bo’shlig’ini o’ng tomonida joylashadi.
Chambar ichak – – intestinum colon – boshqa ichaklarga nisbatan ancha katta bo’lib, qorin bo’shlig’ini o’ng tomonida joylashadi. Tuzilishi va shakli har xil bo’ladi. Kavsh qaytaruvchilarda spiral shaklida bo’lib, qoramollarda 1,5 – 2 marta aylanadi, uni uzunligi 6–9 metr bo’ladi. Qo’ylarda 3 marta aylanadi. Cho’chqalarda parda shaklida bo’lib markazga intiluvchi qismi 3,5 marta aylanadi, 2 ta pay tasmalari va 2 qator xaltalari bo’ladi, markazdan qochuvchi qismi esa tekis bo’ladi. Bir tuyoqli hayvonlarda chambar ichak juda yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkiga: katta chambar ichak va kichik chambar ichakka bo’linadi.
Katta chambar ichak – intestinum colon crassum - yaxshi rivojlangan, tasma shaklida bo’lib, qorin bo’shlig’ida joylashadi. Bu ichak tos bo’shlig’iga yaqin joyda markaz tomonga buriladi. Unda to’rtta muskul tasmasi bo’lib, ular yuqorigi, pastki va ikkita yon tasmalardir. Bu tasmalar oralig’ida xaltachalar bo’ladi.
Kichik chambar ichak – intestinum colon tenue - katta chambar ichakka qaraganda anchagina ingichka bo’lib, keng ichak pardasiga (ichak tutqichiga) osilib turadi. Kichik chambar ichakda ikkita: yuqorigi va pastki tasma va ikki qator xaltacha bo’ladi.
To’g’ri ichak – intestinum rectum - ichaklarning eng kaltasi bo’lib, tos bo’shlig’ida joylashadi. U orqa chiqaruv teshigiga (anusga) birlashadi. To’g’ri ichak ba'zi hayvonlarda (ot va cho’chqalarda) ampula shaklida kengaygan joy – ampula recti hosil qiladi.
Orqa chiqaruv teshigi – anus - ovqat hazm qilish organlarining eng oxiri bo’lib, tezak massasini vaqtincha saqlash va chiqarish uchun xizmat qiladi. Orqa chiqaruv teshigining terisi juda yupqa, junsiz bo’lib, unda yog’ bezlari juda ko’p. Uning tashqi tomoni teri, ichki tomoni esa shilimshiq parda bilan qoplangan. Orqa chiqaruv teshigida ichki va tashqi sfinkter - sphinctor ani externus et internus bo’lib, ular silliq va ko’ndalang muskul to’qimalaridan iborat. Bu muskullar qisqarib – yozilganda, orqa chiqaruv teshigini harakatga keltiradi.




Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish