O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Buyrak ko’ndalang kesimida uchta zonaga bo’linadi: a) po’qtloq yoki siydik ajratuvchi –



Download 2,63 Mb.
bet139/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Buyrak ko’ndalang kesimida uchta zonaga bo’linadi: a) po’qtloq yoki siydik ajratuvchi – zona corticalis; b) chegaralovchi – zona intermedula; v) mag'iz yoki siydik yig'uvchi – zona medullaris.
Siydik yo’li – uterus buyrak jomidan boshlanib tos tomoniga qarab o’tadi va qovuqda tugaydi.



Siydik pufagi – vesica urinarea ham naysimon organlar singari 3 (zardob, muskul, shilimishiq) pardalardan iborat, hayvonni yoshiga qarab o’zgaradi va tos bo’shlig’ida joylashadi, qovuqni tanasi– corpus vesicae, bo’yni – collum vesicae, uchi – vertex vesicae bo’ladi. qovuqning muskul qavati hisobidan qovuq qisqichi - sphinater vesicae hosil bo’ladi. Siydik chiqarish kanali – urethra - siydik qovug’idan urg’ochi hayvonlarda siydik jinsiy dahliziga, erkak hayvonlarda esa kalta bo’lib, siydik jinsiy kanaliga quyiladi va jinsiy azoni boshigacha siydik jinsiy kanali bo’lib boradi.


1-chap buyrak 2-o’ng buyrak 3-siydik yo’li 4-5-chap va o’ng buyrak usti bezlari 6-aorta 7-8-buyrak arteriyalari 9-kindik arteriyasi 10-11-12-ochib ko’rsatilgan siydik pufagi ( 10-uchi 11-bo’yni 12-tanasi) 13- siydik pufagining uchburchagi 14-siydik yo’li valigi 15-siydik yo’li teshigi 16- siydik yo’li burmasi 17- siydik chiqarish burmasi

Burun – nasus - nafas olish apparatining boshlanish bo’limi hisoblanib, u keng burun bo’shlig’ini hosil qilgan. Uning quyidagi anatomik qismlari tafovut qilinadi: burunning yuqori qismi – dorsum nasi burun bo’shlig’ining qopqog’i hisoblanadi; yon devori – partes laterales nasi; burun ildizi – radix nasi burun bilan peshona oblastida joylashadi; burunning uchki qismi – apex nasi - yuqori labning ustida joylashadi. Burunning uchki qismida burun bo’shlig’iga kiruvchi teshik – burun katagi – nares mavjud.


Burun bo’shlig’i – cavum nasi - kalla suyagining yuz bo’limida joylashib, havoni o’tkazish, hidni aniqlash, havoni isitish, tozalash, namlash kabi funktsiyalarni bajaradi. U burun to’sqichi orqali o’ng va chap bo’laklarga bo’lingan. Har bir bo’lagida kirish (burun katagi), chiqish (xoana) teshigi, qopqog’i, tubi, lateral va medial devorlari bo’ladi. Burun bo’shlig’ining ichki yuzasi uning oldingi bo’limida teri bilan qoplangan bo’lib, burun dahlizi – vestibulum nasi deyiladi va unda ko’z yoshi – burun teshigi bo’ladi. Haqiqiy burun bo’shlig’i – shilliq parda bilan qoplangan.
Burunning yuqorigi chig’anog’i – concha nasi dorsalis uzun va tor bo’lib, uning shilliq pardasi oldingi tomonda to’g’ri burmani – plica rectae hosil qiladi.
Burunning pastki chig’anog’i – concha nasi ventralis keng, uning shilliq pardasi oldingi va yuqorigi tomonda qanotsimon burma – plica alaris, oldingi va pastki tomonda esa burun tubi burmasini – plica fundalis hosil qiladi.
Burun chig’anoqlari burun bo’shlig’ini bir necha yo’llarga ajratadi: a) burunning yuqorigi yo’li – meatus nasi dorsalis tor, burun bo’shlig’i qopqog’i va yuqorigi chig’anoq o’rtasida joylashadi; b) burunning o’rta yo’li – meatus nasi medius yuqorigi va pastki chig’anoq o’rtasida joylashadi, u orqali havo jag’, tanglay, ko’z yoshi, peshona, yuqorigi va pastki chig’anoqlar bo’shliqlariga kiradi; v) burunning pastki yo’li – meatus nasi ventralis keng chig’anoq bilan burun bo’shlig’i tubi o’rtasida joylashadi, xoana yaqinida ikkinchi bo’lakning analogik yo’li bilan tutashadi, burun – tanglay kanali – canalis nasopalatinus orqali og’iz bo’shlig’i bilan qo’shilishadi; g) burunning umumiy yo’li – meatus nasi communis burun to’sqichi bilan chig’anoq o’rtasida joylashadi va yuqorida keltirilgan barcha yo’llar bilan tutashadi.




Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish