O‘quv materiallari Ma’ruza mashg‘ulotining materiallari 1-Mavzu: Surdopedagogikaning predmeti va metodlari reja



Download 74,96 Kb.
bet4/10
Sana29.03.2022
Hajmi74,96 Kb.
#516156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-5 мавзулар

Bolalar ishini о‘rganish. Bolalar ishini о‘rganish metodi bolalarning bilimlari va qobiliyatlarini aniqlashda yordam beradi.
Bunda har xil rasmlarni tahlil qilish, har xil kog‘ozlar, plastilinlardan foydalaniladi. Ularning ishi tahlil qilinganda, uning tez tamom qilinganligi emas, balki bosqichma-bosqich bajarilishi, xatolari va h.k. hisobga olinadi. Ularning bilimlarini aniqlashda о‘qituvchi yoki kuzatuvchi insho, bayon kabi yozma ishlar, utkazishi mumkin.
Maktab hujjatlarini о‘rganish.Pedagogik hujjatlarni о‘rganish (dars konspekti, darsdan tashqari о‘quv mashg‘ulotlari, о‘quv-tarbiyaviy reja, bayonnoma, pedagoglar yig‘ilishining hisoboti, о‘qituvchilarning metodik yig‘ilishlari) о‘quv-tarbiyaviy jarayoni, maktabdagi pedagoglarning erishgan ishlariga xulosa qilish mumkin.
О‘qituvchilarning shaxsiy hujjatlarini о‘rganish, har bir о‘quvchi ruhiyatini, qobiliyatini aniqlashda yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Басова А.Г., Егоров С.Ф История сурдопедагогики. М., Просвещение 1994
2. Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. М., 1993.
3. Po‘latova P.M., Nurmuxamedova L.Sh., Yakubjonova D.B., Mamarajabova Z.N., Amirsaidova Sh.M., Sultonova D. Maxsus pedagogika (Darslik).- Т.: Fan va texnologiya, 2014.
4. Муминова Л.Р. ва бошқалар. Махсус психология. Т: Фан ва технологиялар, 2014.
5. Pеdаgоgikа. А.K.Munаvvаrоvning umumiy tаhriri оstidа. T.: O’qituvchi, 1996.
6. Педагогика назарияси ва тарихи. Проф. М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. Т.: 2006.
7. Сурдопедагогика. Под. ред. Никитиной М.И. М., Просвещение, 1989.

2-Mavzu: Surdopedogogikaning rivojlanish tarixi

REJA:
1. Surdopedagogikaning shakllanish tarixi
2. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi:D.Kardano, L.V.Neyman, R.M.Boskis
3. Kar bolalar nutqini shakllantirish

Tayanch so‘zlar va iboralar:
Karlarni о‘qitish va tarbiyalash, karlar bilan ishlash metodi, daktil, imo-ishora nutqlari, eshitishida nuqsoni bor bolalarga kasbiy darajada ta’lim-tarbiya berish.
Eramizdan avvalgi qadimgi Gretsiya va Rimda karlarni о‘qitish va tarbiyalash ishlari olib borilgan, lekin bu boradagi qо‘lyozmalar, hujjatlar saqlanib qolmagan.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi Yevropadagi qator shaharlarda olib borilgan. Kar bolalarni yakka о‘qitishda о‘sha vaqtning buyuk olimi Djerolamo Kardano (1501-1576) “karlik va soqovlikka” fiziologik tushuncha berdi. U tomonidan birinchi bо‘lib karlar bilan ishlash metodi ishlab chiqildi. XV-XVIII asrlarda karlarni yakka о‘qitishda 2 xil oqimi tashkil qilindi.
1-oqimga mansub X.P.Bonet (Ispaniya), D.Bulver, D.Vallis (Angliya) va h.k. nutqning har xil turlari: sо‘zli, yozma, daktil, imo-ishora nutqlaridan foydalanish g‘oyasini ilgari suradi.
2-oqimga mansub F.M.Van Gelmont, I.K.Amman (Gollandiya), F.L.Terkiy (Italiya), V.Kerger, G.Rafelg (Germaniya)lar о‘qitish va muloqotda faqat sо‘zli nutqdan foydalanish tavsiya etadi.
XVIII asrning 2-yarmida Fransiya, Germaniya, Angliya, Avstriyada karlar uchun maxsus о‘qishlar ochildi. Sharl Mishel Epe (1712-1789) Parijda karlar uchun institut ochdi. Shu bilan bir qatorda, u “mimik metod” yaratuvchisi hamdir. 1778 yil Germaniyada ham karlar uchun institut ochildi, u yerda “sof og‘zaki metod”dan foydalanildi. Uning asoschisi Samuil Geynike (1727-1790) bо‘lib, bu tizim XIX asrning oxiriga kelib, G‘arbiy Yevropaning hamma shaharlariga tarqaldi. AQShda birinchi karlar uchun maktab 1817 yili tashkil qilindi.
Rossiyada ham karlar haqida ma’lumotlar mavjud. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Rossiyada maxsus о‘qishlar Peterburgda, sо‘ng Varshava, Riga va boshqa shaharlarda ochildi. XX asrning boshlariga kelib, eshitishida nuqsoni bor bolalarni о‘qitishning yangi tizimi ishlab chiqildi. Unda rus surdopedagoglaridan V.I.Fleri (1800-1856), G.A.Gilkova (1778-1858), I.Y.Selezneva ( -1889), A.F.Ostrogradskiy (1853-1907), I.A.Vasilyeva (1867-1941), N.M.Logovskiy (1863-1933), F.A.Rau (1868-1957)lar faoliyat kо‘rsatishdi. Ularning asosiy e’tibori eshitishida nuqsoni bor bolalarga kasbiy darajada ta’lim-tarbiya berishdir.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish amaliyoti shuni kо‘rsatdiki, eshitishida nuqsoni bо‘lgan har xil guruhdagi bolalarni birgalikda о‘qitish yaxshi natijalar bermaydi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni differensial tashkil etish uchun har xil tamoyilli tasniflash mavjud. Buni ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari, Rossiyaning qator maxsus maktab-internatlari ishlarida о‘rgana boshladilar. Ushbu maktab о‘quvchilarini о‘rganish, shuni kо‘rsatdiki, bu maktablarda о‘qitish ishlari asosan birlamchi nuqsonni hisobga olgan holdagina olib borilar ekan.
Ushbu toifa bolalarining rivojlanishida faqatgina birlamchi nuqsonning holati asosiy rol о‘ynamaydi, balki qator muhim omillar maydonga chiqadi.
Birinchi tasniflash 16-asrga tо‘g‘ri keladi. Italiya olimi D.Kardano 3 guruh karlarni ajratishda karlikning vujudga kelish vaqtiga bog‘liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan:

Download 74,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish