O‘quv materiallari Ma’ruza mashg‘ulotining materiallari 1-Mavzu: Surdopedagogikaning predmeti va metodlari reja



Download 74,96 Kb.
bet6/10
Sana29.03.2022
Hajmi74,96 Kb.
#516156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-5 мавзулар

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Басова А.Г., Егоров С.Ф История сурдопедагогики. М., Просвещение 1994
2. Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. М., 1993.
3. Po‘latova P.M., Nurmuxamedova L.Sh., Yakubjonova D.B., Mamarajabova Z.N., Amirsaidova Sh.M., Sultonova D. Maxsus pedagogika (Darslik).- Т.: Fan va texnologiya, 2014.
4. Муминова Л.Р. ва бошқалар. Махсус психология. Т: Фан ва технологиялар, 2014.
5. Pеdаgоgikа. А.K.Munаvvаrоvning umumiy tаhriri оstidа. T.: O’qituvchi, 1996.
6. Педагогика назарияси ва тарихи. Проф. М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. Т.: 2006.
7. Сурдопедагогика. Под. ред. Никитиной М.И. М., Просвещение, 1989.

3-Mavzu: Kar bolalarni o‘qitish jarayoni
REJA:
1. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar rivojlanishining biologik omillari
2. Muhit va unda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishi
3. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’limi

Tayanch so‘zlar va iboralar:
Biologik omillar, nasliy kasalliklar, homilaning rivojlanishi, “muhit”, “muhit ta’siri” tushunchalari,

Insonga biologik omillar nasliy ta’sir etadi. Bolaga ota-onasidan terisining rangi, sochi, kо‘zi va boshqa tana qismlari bilan birga moddalar almashinuvi, nerv sistemasi ham о‘tadi. Hatto nasliy kasalliklardan gemofiliya, shizofreniya, ba’zi endokrin sistemasining buzilishi va nuqsonlar(eshitish yо‘lining tug‘ma bekikligi – atreziya) ham о‘tishi mumkin. Surdopedagog bolaning eshitishining buzilishiga qanday nasliy sabablar ta’sir etganini bilishi zarur. Meditsina genetikasi shu narsani aniqladiki, karlik va zaif eshituvchanlikning nasliy shakli 30%-50%ni tashkil etadi (M.G.Blyumina,A.G.Moskovina, I.Tarasov). Ma’lum bо‘lishicha, nasliy karlik va zaif eshituvchilikning 80%i oilalarda retsessiv tipda ketadi, 19%i dominant tipda ajdodlardan yosh avlodlarga, birgina ota-onadan bolalariga о‘tadi,1%i aralash tipda bо‘ladi. Genetik neyrosensor karlik va zaif eshituvchilik quyidagi genetik nuqsonlardan paydo bо‘ladi: ichki quloq (asosan spiral organda) tuzilishining normada shakllanishga bog‘liq.
Ichki quloqning gidrodinamik buzilishi juda katta rol’ о‘ynaydi. Lekin tabiiy odatlar miya tuzilishi, nutq harakati organlari, sezgi organlarini boshqarishga, bu faoliyatlarning rivojlanishi insonning ta’lim va tarbiyasiga bog‘liq bо‘ladi.
Inson rivojlanishida biologik omillar turlicha ta’sir etadi. Embrionlik davrda, homilaning rivojlanishida va tug‘ilgandan keyin fiziologlarning aytishicha, eshitishning buzilishiga ichki rivojlanishning bir qancha sabablari ta’sir etadi. Onaning yuqumli kasalliklar qizilcha,gripp, skarlatina, qizamiq, antibiotiklar, alkagol ta’sirida zaharlanishi, ona va homilani qon rezus faktori tо‘g‘ri kelmasligi, gemolitik kasallik bilan tug‘ilishi sabab bо‘ladi. Tug‘ilish jarayonidagi travmalar eshitishga ta’sir etishi mumkin. Tug‘ilgandan keyin bola rivojlanishida yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi ham eshitishning buzilishiga olib keladi. Eng katta xavf tug‘diradigan kasalliklar: ensefolit, meningit, qizamiq, skarlatina, gripp, burun va burun-quloq yо‘llari kasalligi, quloqning о‘tkir otiti va boshqalardir. D.I.Tarasov ma’lumotiga kо‘ra, eshitishning pasayishiga yana bir sabab, e’tiborsizlik natijasida quloq yо‘liga yot jismlarning tushib qolishidir.
Biologik nuqson asosida eshitish analizatorining hayot faoliyati buziladi.Tovushni qabul qilmaslik, miya pо‘stlog‘iga axborotni о‘tkazmaydi va atrof-olamdagi voqea-hodisalarni salbiy fikrda qabul qiladi. Soqovlik ikkinchi biologik nuqson bо‘lib, birinchi nuqsondan kelib chiqadi va bola ijtimoiy muhit bilan normadagi muloqot tizimini о‘rnata olmaydi.
Tadqiqotchi olimlar: R.M.Boskis, I.M.Solovyev, T.V.Rozanova, L.I.Tigranova, J.I.Shiflarningisbotlashlaricha, nutqning rivojlanmasligi qator salbiy omillarni: atrofni idroklash, kо‘rgazmali va sо‘zli materialni eslab qolish, tafakkur operatsiyalarining rivojlanishiga halaqit beradi.
Bunday bolalarga ta’lim tizimini ilmiy asosda tuzib, imkoniyat yaratish kerak.
Muhit va unda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishi
Shaxsiy qobiliyatlar jamoa ichida yuzaga chiqadi. U jamoatchiligi, mehnatsevarligi, atrof-muhit va insonlarga, о‘z-о‘ziga munosabatida aniqlanadi. Pedagogikada “muhit”, “muhit ta’siri” tushunchalari keng ma’noda qо‘llaniladi. Muhitlar biologik, geografik, maishiy, ekologik, madaniy, ijtimoiy bо‘ladi. Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhit asosiy rol о‘ynaydi. Eshitish nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar turli muhitni boshdan kechiradi. U atrof-olamdagi alohida obyekt va boshqa bilimlarni tо‘plashga harakat qilib, dunyoqarashini kengaytiradi. Eshitishining buzilishi va nutqning yо‘qligi bola rivojlanishiga chuqur ta’sir etib, о‘ziga xos ijtimoiy muhitga kirib boradi. Bu muhitda kar yoki zaif eshituvchi bola о‘ziga xos ta’sirga egaki, uning nutqi muloqot vositasi va tafakkur quroli sifatida shakllanmaydi. Bu о‘ziga xoslikni hisobga olgan holda bolalar ta’lim-tarbiyasi buziladi. A.I.Dyachkovning kо‘rsatishicha, eshitishi buzilgan bolaning rivojlanishiga muhitning ta’sirini aniqlashda bolaga atrofdagi ijtimoiy muhit muloqot vositasimi yoki ular zarur miqdorda yaratilganmi ekanligini bilish muhimdir. Bolaning rivojlanish jarayoniga ijtimoiy muhit turlicha ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun unga ijtimoiy muhitda о‘zaro tо‘g‘ri munosabat о‘rnatishga sharoit yaratiladi.
Ijtimoiy omillar insonga har tomonlama ta’sir etadi (uzoq muddatli, qisqa muddatli, obyektiv, subyektiv, bir maqsadli, tartibsiz, ijobiy yoki salbiy). Bir xil jamoa sharoitida ba’zi bolalar katta о‘lchamda, ba’zilari kichik о‘lchamda foydalanishi mumkin. Bu esa shaxsning faolligi, intiluvchanligi, tirishqoqligidan kelib chiqadi.
Surdopedagoglar bunday bolalarga tarbiya obyekti emas, balki subyekt, ya’ni faol ta’sir etuvchi, atrof-muhit ta’siri sifatida qarashi kerak.

Download 74,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish