Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Басова А.Г., Егоров С.Ф История сурдопедагогики. М., Просвещение 1994
2. Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. М., 1993.
3. Po‘latova P.M., Nurmuxamedova L.Sh., Yakubjonova D.B., Mamarajabova Z.N., Amirsaidova Sh.M., Sultonova D. Maxsus pedagogika (Darslik).- Т.: Fan va texnologiya, 2014.
4. Mo'minova L. R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. T: fan va texnologiyalar, 2014.
5. Pedagogika. O'tish: saytda harakatlanish, qidiruv T.: O’qituvchi, 1996.
6. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Professor M. X. Toxtaxodjayevaning umumiy tafri ostida. T.: 2006.
7. Surdopedagogika. Ostida. Nikitina M. M. M., ma'rifat, 1989.
5-Mavzu: Kar bolalar maktabida o‘qitish metodlari
REJA:
1. Ta’lim - tarbiya, rivojlantirish va tuzatish ishlari yagona korreksion pedagogik jarayon sifatida
2. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati
3. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida o‘qitish metodlarining qo‘llanilishi
Tayanch so‘zlar va iboralar:
Ta’lim - tarbiya, metod, o’qitish metodlari, rivojlantirishva tuzatish, korreksionpedagogikjarayon, interfaol metodlar.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida o’quvchilarning barcha faoliyat turlarida rivojlantiruvchi xarakterdagi omillar mavjud.
Barcha faoliyat mazmuni, mohiyati bolalarning dunyoqarashlarini boyitib borishga xizmat qiladi. Shu asosda bolalarning bilish jarayonlari o’sib, rivojlanib boradi va shunga imkoniyat yuzaga keladi. Har qanday faoliyat, agar u pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri tashkil qilinsa, shaxsning aqliy va irodaviy sifatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Inson o’z faoliyatini rejalashtiradi, o’z oldiga maqsad qoyadi, oxirgi natija ustida bosh qotiradi, materiallar tanlaydi. Bu jarayonlarda inson faqatgina harakat qilib qolmasdan, mumkin qadar mukammal usullarni qidiradi, ijodiy yondashadi.
Faoliyat natijasi baho bilan bog’lanadi hamda namuna bilan taqqoslaniladi, tahlil qilinadi. Faoliyatni tashkil etish qanchalik yuqori darajada bo’lsa, bu faoliyat shaxs kamolotiga shunchalik katta ta’sir etadi. Barcha faoliyat turlarida intilish, motivlar katta rol oynaydi. Shu motiv asosida o’quvchi o’z faoliyatiga turlicha munosabatda bo’ladi. Motivlar bolada faoliyatga nisbatan qiziqish yoki befarqlikni yuzaga keltiradi. Shu asosda bola rivojiga ham turlicha ta’sir etadi. Bolalardagi faoliyatga bo’lgan motivlar turli-tumandir.
O’quvchi faoliyatini bir necha motivlar asosida tashkil etishi mumkin. Qiziqish, javobgarlik, jamoadagi hayot, ijtimoiy motivlar shular jumlasiga kiradi. Faoliyatdagi motivlar unga ma’lum yo’nalish beradi. Bu narsa shaxsning rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Faoliyat usullarini, yo’llarini egallash va ularni rivojlantirish ham shaxsning rivojiga ijobiy ta’sir etadi. O’quvchilar turli ko’nikma, malakalarni egallash bilan birga o’z faoliyatlarini takomillashtirib boradilar. Ko’nikma, malaka, odatlarni takomillashtirish irodaviy sifatlarning ham rivojlanishiga yordam beradi. Xullas, faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun shaxs turli hissiy holatlarga tushadi. Bu esa, o’z navbatida, shaxsiy sifatlarning o’sishiga olib keladi. O’quvchining rivojlanib borishi jarayonida faoliyat ham o’zgarib boradi. Agar bolalardagi faoliyat dastlab tahlil asosida amalga oshgan bo’lsa, borgan sari mustaqil xarakter kasb etib boradi. Shaxsning rivojlanishi davomida, tajribalarning ortishi asosida faoliyat o’ziga xos xarakter kasb etadiki, bunda shaxs mustaqil, original yo’llarni qidirib topa boshlaydi. Bunday faoliyatda faqatgina shaxsning umumiy xususiyatlari ochilmasdan, balki xususiy, individual tomonlarining ochilishi, namoyon bo’lishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Barcha yoshda faqatgina ma’lum faoliyat rivojlanib qolmasdan, balki faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. Masalan, bog’cha bolalarida oyin faoliyati, o’quvchilarda o’qish faoliyati, o’smir va yoshlarda mehnat faoliyati. Xatto faoliyatning harakatlari, uning mazmuni, yo’llari, motivlar ham o’zgarib borar ekan.
Inson faoliyati - uning rivojlanishining asosidir. Faoliyatsiz rivojlanish bo’lmavdi. Bu qonuniyat yosh avlod uchun juda zarurdir.
O’quvchilar rivojidagi asosiy faoliyat turi - bu maktablardagi izchil, rejali tashkil etiladigan o’qishdir. Bilim egallash yoki o’quvchining bilish faoliyati o’zining yetakchi faoliyat ekanligi bilan boshqa har qanday faoliyat turlaridan ajralib turadi. Bu ishlar reja asosida, maqsadga muvofiq, o’qituvchi-defektolog rahbarligida amalga oshirilganligi sababli, shaxsning rivojida beqiyos katta ahamiyatga ega. Ta’lim jarayoni sinfdan sinfga o’tgan sari o’quvchilar dunyoqarashlari u yoki bu muayyan bilimlar doirasi bilan qurollantirib boriladi. Shular asosida o’quvchilar bilim doiralari kengayib, chuqurlashib boradi. Hissiyot va sezgirlik ham takomillashib boradi. Ta’lim mazmunining borgan sari murakkablashib borishi o’quvchini yuqori Pog’onaga olib chiqadi. Barcha ta’lim yillarida o’quvchilar juda katta rivojlanish yo’lini bosib o’tadilar. Sinfdan sinfga o’tgan sari o’quvchilar ijodiy faoliyatga layoqatli bo’lib boradilar. O’quvchilaming bolalik, o’smirlik davrlaridagi mehnat faoliyati ularning rivojlanishida yetakchi omillardan biridir.
Maktabdagi boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirib borish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi.
Ta’lim bilan tarbiya eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabi o’quvchilarining ma’naviy ruhiy kamol topib borishi uchun belgilab beruvchi ahamiyatga egadir. Kamol topib borishidagi olg’a harakat esa o’z navbatida ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim jarayonida surdopedagog shuni e’tiborga olishi muhimki, o’quvchilar o’zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalarni tamomila mustaqil ravishda bajara oladilar, bunda ular ruhiy kamol topib borishning shu paytgacha erishilgan darajasiga, amaliy tajriba, bilim, malaka va ko’nikmalarga tayanadilar. Shu bilan birga biror murakkabroq topshiriqni mustaqil ravishda eplay olmagan o’quvchi uni o’qituvchi yordamida (uning qo’shimcha tushuntirishlar ko’rsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo yo’l bilan) bajara oladi. Bu holeshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida o’quvchisi imkoniyatining goyoki ikkilamchi darajasi bo’lib, u psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli ta’lim jarayoni aktual kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib topgan ruhiy funksiyalarigagina tayanib qolmay, balki uning potensial imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni eng yaqin kamol topish zonasining aktual kamol topishiga o’tishiga yordam berishi lozim. Bu holda bola bugun yordam oigan taqdirdagina bajara oladigan vazifani ertaga mustaqil bajara oladigan bo’lishi zarur. Ta’lim bilan kamol topish o’rtasidagi ichki bog’lanish ham xuddi ana shundadir. Binobarin, ta’lim bilan kamol topib borish o’rtasidagi aloqa g’oyat xilma-xil bo’lsa ham bolaning kamol topib borishining eng yaqin zonasiga tayanuvchi ta’limgina chinakam samarali bo’lishi mumkin.
Kamol topib borishning ikki darajasi haqidagi, ta’lim bilan kamol topib borishning bog’lanishi to’g’risidagi hamda to’g’ri yo’lga qoyilgan ta’limning kamol toPib borishdan oldinda borishi va uning tugallangan bosqichlarigagina tayanib qolmay, balki tarkib topayotgan ruhiy funksiyalarga ham tayanishi kerakligi haqidagi ana shu asosiy nazariy qoidalar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktabida ta’limi va amaliyoti uchun g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’lim - maxsus tashkil etilgan bilish faoliyati bo’lib, kishilik jamiyatining turli sohadagi tajribalarini egallashga xizmat qiladi. Bularga ilm-fan, texnika, g’oya, axloq, madaniyat, san’at kiradi. Maxsus maktablardagi ta’lim hamyosh avlodga shular haqida qisqa, oddiy tasavvurlar berishdan iborat bo’libgina qolmay, balki shu bilimlar orqali mavhum tafakkur jarayonlarini tuzatishdan iborat. Tafakkur jarayonlariga tahlil, sintez, umumlashtirish, induksiya-deduksiya, taqqoslash, xulosalash va boshqa fikriy jarayonlar kiradi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarda ba’zan turli analizatorlar ham u yoki bu darajada buzilgan bo’ladi. Bizlarga ma’lumki, har qanday bilish jonli mushohadadan boshlanadi. Jonli mushohada deganda dastlabki ma’lumotlarni eshitishimiz, ko’rishimiz, ten sezgilarimiz, hid bilish, ta’m bilish organlarining ishtirokida qabul qilishimiz tushuniladi. Qabul qilingan ma’lumot bosh miyada qayta ishlanib, undan amaliyotga, amalga yo’llanadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun eng katta nuqson hisoblangan tafakkur jarayonlarining buzilganligi sababli, butun to’g’rilash, yumshatish, tuzatish ishlari shunga qaratiladi.
Ta`lim jarayoni - bilish faoliyatining turi sifatida maxsus pedagogika fanida bir necha asosiy ma`noni anglatadi. Ya`ni bu: o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmaldarni hosil qilish; ularda dunyoqarash, fikr va e`tiqodlarni shakllantirish; o’quvchilarning muayyan darajada o’qimishli, madaniyatli, tarbiyali, chin inson bo’lishga erishish; ularning qobiliyatlarini o’stirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta`lim va tarbiyaning qaysi biri birinchi o’rinda ekanligi o’z ahamiyatini yo’qotgan. Chunki ta`lim va tarbiya bir vaqtda har ikkalasi ham birdek olib borishni taqozo etadi. Fikrimizning dalili sifatida Pyotr I tomonidan aytilgan “Men tarbiya ko’rmagan shogirdman, ta`lim beradigan ustoz qidiraman” so’zlarini keltirishimiz mumkin. Zero tarbiya yo’q joyda ta`lim taraqqiy etmaydi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonini samarali olib borish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda o’qituvchilar faoliyatida ta`lim berishning o’zgacha usullari ishlab chiqilmoqda. Bularni ijobiy tomonga hal etishda o’quvchilar faolligini yanada jalb etish muhim vazifadir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
didaktik maqsad asosida;
ta’lim mazmuni asosida;
o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.
Ta’lim metodlari o‘quv jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi uslublar majmuidir.
«Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari»1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan pedagog va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagvyazinskiy).
Ta’lim metodlari – o‘quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli aloqa va bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Shukina).
Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘rgatuvchanligi va o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov).
Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir (P.I.Podlasiy).
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.1
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi.
O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.
Suhbat metodi savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi sanaladi.
Suhbat metodi quyidagi ko‘rinishlarda tashkil etiladi:
1) kirish suhbati (o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat);
2) yakuniy suhbat (o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);
3) Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat (o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi);
4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi; unga ko‘ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish laqyoati yuzaga keladi);
5) tushuntirish (o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish bo‘lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi; tushuntirish chog‘ida o‘quv materialining qiyin o‘rinlariga urg‘u berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan foydalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq).
Do'stlaringiz bilan baham: |