Tug‘ma karlar. Erta kar bо‘lganlar (nutqi rivojlangunga qadar); Kech kar bо‘lganlar (nutqi saqlanib qolganlar). 18-asr Fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bо‘lgan bolalarni guruhlarga bо‘lishni va ularni bо‘lak holda о‘qitishni taklif qilgan.
19-asrning birinchi yarmida Rus surdopedagogi V.I.Fleri kar va zaif eshituvchi о‘quvchilarni, kech kar bо‘lib qolganlarni va zaif eshituvchilarni bо‘lak holda о‘qitish kerakligini taklif qilgan.
Parijdagi kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar instituti vrachi J.Itar besh guruh karlarni ularning tovushlar va nutqlar eshitishiga qarab ajratgan:
-yuqori nutq va tovushlarni qulog‘ining yaqinida eshituvchilar;
-unli va undoshlarni ajratuvchilar;
-ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar;
-nutqlarni eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshituvchilar;
-umuman eshitishida nuqsoni bо‘lganlar.
Biroq kar bolalarning differensiyasi, faqat turli darajadagi eshitish qobiliyatini yо‘qotganlarni о‘qitish bilan ijobiy natijalar bermadi.
XIX-asrning ikkinchi yarmida Peterburg kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar bilim yurtida Y.T.Speshnev ikkita bо‘linma tuzdi:
-turli xildagi nutqlarga ega bо‘lgan kar bolalar uchun;
-imo-ishora asosida muloqot qiluvchilar uchun.
Y.T.Speshnev tomonidan eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nutq saviyasini yaxshilash bо‘yicha differensiallanadi, asosiy nuqson darajasi hisobga olinmaydi. Bunday hol ularni о‘qitish mobaynida kerakli samara bermadi. Eshitish qobiliyati juda nuqsonli bо‘lgan bolalarning yuqori о‘zlashtiruvchanliklari boshqa tomondan eshitish qobiliyati saqlangan bolalarning nuqsonli bо‘lgan о‘zlashtiruvchanliklari kuzatiladi. Bunday hol esa о‘qituvchilar tomonidan о‘quvchilarni aqliy rivojlanishi bо‘yicha ajratib о‘qitishga majbur qiladi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning tasnifini ilmiy tushuntirish zarurati shu tariqa vujudga keldi.
L.V.Neyman bolalik davrida eshitish qobiliyatining buzilishini о‘rganish va tasnifini yaratish tarixida uch bosqichni belgilaydi:
kar va zaif eshituvchi о‘quvchilarda eshitish qobiliyatini tekshirishni tizimlashtirish boshlang‘ich urinishidan, toki amaliyotda eshitishni о‘lchagich uskunasini kamerton tо‘plamidan faydalanishni amaliyotda kо‘llash;
kamertondan to audometrgacha bо‘lgan davr;
hozirgi talabga javob beradigan amaliyotga kiritilgan audiometr.
Har bir davrga eshitish holati uchun baholash mezonlari L.V.Neyman tomonidan ishlab chiqildi. Natijada bolalarning eshitish funksiyasi hajmini bilish uchun mо‘ljallangan uskunalar rivojlantirildi va yangilandi, kar va zaif eshituvchilarning eshitish qobiliyati holatini yana ham tо‘liq tushunchasi, bolalik davrida eshitish qobiliyatining buzilishi yangi tasnifi berildi.
Eshitish fuksiyasining qanchalik shikastlanganligini aniqlash uchun u tomonidan karlar va zaif eshituvchilarning eshitish qobiliyatini tonal audiometriya va nutq orqali tekshirish ishlari olib borildi.
L.V.Neyman eshitish chastotalari maydoni yordamida qabul qilish diapazoniga asoslanib, karlarni tо‘rtta guruhga ajratadi.
1-guruhda eng nuqsonli bо‘lgan chastotalarni qabul qiladiganlar –125-250Gk.
Bu bolalar tovushlarning birortasini ham ajrata olmaydilar, faqat quloq oldida baland ovozni eshitadilar. (baqiriq, poyezd gudogining ovozi.)
2-guruh 125-250-500Gk chastotalarni qabul qiladi.
Bu bolalar faqatgina eshitibgina qolmay, “o”, “u” unlilarini ajratadilar. Yaqin masofada atrof muhitdagi tovushni eshitadilar.
3-guruh nuqsonli bо‘lgan va о‘rtacha 125-250-500-1000Gk. chastotalarni qabul qiladi.
Bu guruh bolalari quloq oldida sо‘zlashuv balandligidagi ovozlarga e’tibor beradilar, 3-4 unlilarni anglaydilar, ularning kо‘pchiligi ba’zi tanish sо‘zlarni anglashadi.
4-guruh 125-2000Gk. Bu guruhdagi kо‘pchilik bolalar quloq oldida va uzoq bо‘lmagan masofadagi gaplarni eshitadilar. Tanish gaplar va sо‘zlarni, unli va undoshlarni ajratadilar.