Mutantlarreversiyasi
Bioob’ektlar klassifikatsiyasi va ularga ta’sir etish imkoniyati.
Makroob’ektlar: inson, sut emizuvchilar, reptiyalar, baliqlar, hasharotlar, o‘simliklar.
Mikroob’ektlar:
- eukariotlar (tuban zamburug‘lar, suv o‘tlari, ipsimonlardan tashqari);
- prokariotlar – aktinomitsetlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari;
- mikrobiosistemalar – fermentlar, protoplastlar.
Rag‘batlangan mutagenez – bioob’ektlarni radikal usullar bilan takomillashtirish:
- Bioob’ektni kimyoviy mutagenlar bilan ishlov berish, DNK ga maqsadli yo‘naltirilgan yoki DNK-trop agentlar bilan.
Bunday ishlov berishdan so‘ng «ijobiy» va «salbiy» mutantlar soni keskin oshib ketadi
Bunda bir qism mutantlarda belgilari keskin o‘zgarib ketadi, mutagen dozasi kanchalik katta bo‘lsa letal va keraksiz mutantlar soni ko‘p bo‘ladi, biroq bir vaqtning o‘zida tirik qolgan mutantlar soni ham ko‘p bo‘ladi.
Bu jarayonda letal mutatsiyalar va tirik qolgan mutantlar soni orasida muvozanat saqlanib qolishi zarurdir.
Kimyoviy mutagenlar:
a) nitrozoguanidin – replikatsion ayrida azot asoslarini alkillaydi, transversiya, transsiziya va deletsiya tipidagi mutatsiyalarni chaqiradi.
b) nitrozometilmochevina – transversiyani yuzaga keltiradi;
v) akridin bo‘yoqlar (akridin oranji) – asoslar orasiga boshqa genni qo‘shilib qolishi;
g) ba’zi bir shishishga qarshi antibiotiki, ular DNK-trop agentlar hisoblanadi.
Fizik mutagenlar:
UF - nurlanish, bunda pirimidin dimerlar hosil bo‘ladi, tranzitsiya i transversiya tipidagi mutatsiyalar kuzatiladi. Translyasiya darajasidagi genlarni o‘qilish ketma-ketligi buzuladi.
-rentgen nurlari;
-tezkor neytronlar;
-Υ-nurlar (So);
- ultratovush.
Mutatsion-pog‘onali tanlash – bunda mutatsiyalar chastotasi oshadi.
Bu usul yordamida penitsillin produtsentini faolligini genlar amplifikatsiyasi (ko‘payishi) hisobiga 100 000 marta oshirishga muvaffaq bo‘lindi,bu genlar LLD-tripeptid hosil bo‘lishini kodlaydi, natijada penitsillin tshlab chtqarilishi oshadi, hamda retroingibirlanish tizimi buzuladi, hujayra devori o‘tkazuvchanligi oshadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |