FERMENTATSIYA USULI BILAN BFM AJRATIB OLISH SXEMASI
O ‘SIMLIK VA HAYVON XOM ASHYOSIDAN BFM AJRATIB OLISH SXEMASI
Maxsulotni ajratib olish va tozalashning zarurati va o‘ziga xosligi. So‘nggi maxsulotni ajratib olish bosqichi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi – bunda maxsulot xujayra ichida to‘planadi yoki kultural suyuqlikka ajralib chiqadi, yoki maxsulot xujayralar biomassasi bo‘ladi.
Eng murakkab jarayonlardan biri bu xujayra ichidagi maxsulotni ajratib olish. Bunda xujayralarni muxitdan ajratib olish zarur bo‘ladi va ularni parchalab so‘nggi maxsulotni ajratib olinadi.
Agarda so‘nggi maxsulot produtsent tomonidan kultural suyuqlikka ajratilib chiqsa uni ajratish ancha oson kechadi.
HUJAYRALAR BUTUNLIGINI BUZISH USULLARI Ajratib olish va tozash usullari so‘nggi maxsulotning tabiati bilan belgilanadi.
Hujayralar butunligini buzish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
fizik;
Kimyoviy
Fermentativ usullar bilan.
Sanoat miqyosida fizik usullar katta ahamiyatga ega. Ularni quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
- Ultra tovush;
- Kurakchali yoki vibratsionn dezintegratorlar bilan;
- Katta bosim ostida kichik teshikchalar orqali siqib chiqarish;
-Muzlatilgan massani ezish orqali;
- Maydalash;
- Osmotik shok orqali;
- Bir necha bor muzlatish va eritish orqali;
Dezintegratsiyaning fizik usullari olinadigan so‘nggi maxsulotning sifatiga salbiy ta’sir etadi.
Xujayra devorini tanlovchan va yumshoq usullarda parchalash kimyoviy (mikroorganizmlarning xujayra devorini buzish toluol, butanol, SFM yoki antibiotiklar: polimiksin, novobiotsin, nistatinlar bilan ishlov berish orqali amalga oshirish mumkin) va fermentativ (bakterial xujayralar EDTA (etilendiamintetraamin kislotasi), ishtirokida lizotsim ta’sirida parchalanadi) usullar bilan amalga oshiriladi. Achitqilarning devori esa shilliqqurtning zimoliaza fermenti yoki zamburug‘ yoki aksinomitset tabiatli fermentlar bilan parchalaniladi.
Hujayralarning dezintegratsiyasidan so‘ng maxsulotni tozalash mumkin.
Agarda mahsulot tozalanmagan holatda kerakli faollikka ega bo‘lsa va uni qo‘llash vaqtida muhitdagi yot moddalar nojo‘ya ta’sirni ko‘rsatmasa, u holda moddani mukammal tozalash talab etilmaydi.
Ba’zi, an’anaviy biotexnologik jarayonlar umuman maxsulotni ajratish bosqichini qo‘llamaydi.
BFM larni tozalashda qo‘llaniladigan usullar.Ajratib olish usullari va ularning klassifikatsiyasi
BFM ni ajratib olish va tozalash usullarining qat’iy klassifikatsiyasi mavjud emas, biroq turli xil yondashuvlar mavjud.
SHulardan biri tozalash jarayonini utkazish tavsifiga kura ajratish bo‘lib – fizik va kimyoviy usullarga bo‘linadi.