So‘nggi mahsulotni agregat xolatiga ko‘ra ajratish usullari quyidagilarga bo‘linadi:
- agar ajratib olingan mahsulot eritmada bo‘lsa (ekstraksiya, adsorbsiya, kristall, membrana orqali filtrlash);
- agarda ajaratib olingan mahsulot qattiq faza ko‘inishida bo‘lsa (tindirish, filtrlash, sentrifugalash)
Agarda so‘nggi mahsulotni bir usul bilan ajratib olish imkoni bo‘lmasa, u holda bir necha usullar kombinatsiyasi qo‘llaniladi.
AJRATISH USULLARI
- mexanik ( tindirish, flotatsiya, sentrifugalash, kristallizatsiya, filtrlash);
- diffuzion (ekstraksiya);
- sorbsion (xromatografiya, elektroforez);
- Erituvchilarni ajratib olish uchun issiqlik-texnologik usullar (bug‘latish, quritish).
MEXANIK
Tindirish (cho‘ktirish yoki sedimentatsiya) – dispers tizimlarni og‘irlik kuchi ta’sirida va dispers fazani cho‘kma ko‘rinishida ajratib olish.
Erigan moddalarni cho‘ktirish fizik (qizdirish, suyultirish yoki konsentrlash, eritmani sovutish) yoki kimyoviy ta’sirlar orqali, ya’ni erigan moddalarni kam eruvchan holatga o‘tqazgan xolda amalga oshiriladi.
Maqsad va ajratib olinayotgan moddaning tabiatidan kelib chiqqan xolda u yoki bu usul yoki ta’sirot tanlab olinadi.
Tindirish – eng oddiy va arzon usul.
Bu usulda faqatgina yirik zarrachalarni ajratib tashlash mumukin.
Bu usul o‘zining kamchiliklariga ega bo‘lib, samaradoriligini oshirish uchun boshqa usullar bilan kombinatsiyalangan xolda olib boriladi (filtratsiya, sentrifugalash)
Kamchiliklari:
Past samaradorlik;
Jarayonning uzoq davom etishi;
Qayta ishlashning termodinamik sharoitlariga nisbatan yuqori ta’sirchanligi.
1.20-rasm. BFM larni dastlabki qayta ishlash
Quyidagi parametrlar bilan boshqariladi:
- rn ni o‘zgarishi bilan;
- Qizdirish bilan;
- Kimyoviy agentlarni qo‘shish bilan.
CHo‘ktirish jarayonlarini tezlashtirish uchun quyidagilar qo‘llaniladi:
koagulyantlar – bular shunday moddalarki engil zarrachalarni agregatli-noturg‘un xolatga o‘tkazadi (jelatin, baliq elimi, kazein);
flokulyantlar – kolloid tizimlarni parchalaydi va katta bo‘lakli cho‘kmalarni hosil qiladi (metilsellyuloza, pektin, alginat natriy va b.q.)
Dastlab qayta ishlash jarayonini amalga oshirish uchun davriy va uzluksiz ta’sirdagi apparatlardan foydalaniladi.
Kichik xajmdagi massani qayta ishlash uchun davriy ta’sirdagi tindiruvchi apparatlardan foydalaniladi. Jarayonni optimallashtirish uchun barabanli tipdagi apparatlardan foydalaniladi
Flotatsiya
Bu usul o‘z-o‘zidan cho‘kmaga tushmaydigan va yaxshi erimaydigan dispers aralashmalarni ajratib olish qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |