Oshqozon – ichak yo‘lining rezident mikroflorasi va uning ahamiyati
Ichakning rezident mikroflorasida sut–kislotali bakterialar ko‘p uchraydi. Ular ichak epiteliysin kolonizatsiyalash (adgeztiya) hisobiga patogen va chirituvchi mikroorganizmlarning (Bacteroides, Clostridium, Proteus) rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Normal mikroflorada ho‘jayin organizmida biokimyoviy, metabolik va immunologik muvozanitini bir me’yorda ushlab turuvchi mikrob populyasiyalarining sifat va miqdoriy nisbati bo‘lishi kerak.
Sut-kislotali bateriyalarning patogenlikka qarshi bo‘lgan hususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
• sut qislotasi va rn pasayishi hisobiga;
• vodorod perekisidi bilan (bakterits ta’sir);
• antibiotik moddalar (atsidofilin, atsidolin, nizin va b.q.);
• ichak epiteliysida bioplyonkalar hosil qilishi (adgeziya);
• E.coli ga qarshi antienterotoksik faolikka ega;
• aerob mikroorganizmlar uchun noqulay muhit sifatida oksidlanish-qaytarilish potensialini o‘zgarishi.
Bundan tashqari sut-kislotali bakteriyalar:
- laktozani parchalaydi va xolesterinni metabilizmini amalga oshiradi (aterosklerozga qarshi);
- shishga qarshi faolikni namoyon etadi;
-kanserogen (organizmga tushgan) va toksik moddalarni neytrallaydi (organizm ichida hosil bo‘ladigan);
- laktobatsillalar maxsulotlarning nitratlarini iste’mol qiladilar (inson organizmida kanserogen nitrozaminlarni hosil bo‘lishini oldini oladi);
- klostridiyalar, peptostreptokokklar va stafilokokklarni o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, natijada ular hosil qiladigan fermentlarni hosil bo‘lishini pasaytiradi (azotreduktazalar, nitroreduktazalar va b.q.);
sut-kislotali bakteriyalar va ularning hujayra devori komponentlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shish hujayralarini o‘sishiga to‘sqinlik qiladi organizmning immun reaksiyalarini rag‘batlantiradi62.
Yo‘g‘on ichakda kislotalik darajasi 5.8 - 6.5 rn ni tashkil etadi bu kislotalik muhit bo‘lib, bu muhit normal mikroflora tomonidan bir me’yorda ushlab turiladi (bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar va propionbakteriyalar), bu o‘z navbatida metabolizm jarayonida hosil bo‘layotgan ishqoriy mahsulotlarni neytrallanishi natijasida va o‘zidan kislotali metabolitlarni ishlab chiqaradi (sut kislotasi va boshqa organik kislotalarni).
Ichak muhitining rn pasaytirib va organik kislotalarni ishlab chiqarish orqali ichak normal mikroflorasi shunday muhit yaratadiki unda patogen va shartlipatogen mikroorganizmlar ko‘paya olmaydilar. SHuning uchun «yomon» bakteriyalar
(streptokokklar, stafilokokklar, klebsielllar, klostridiyalar, zamburug‘lar va b.q.) sog‘ odamning ichak mikroflorasini umumiy massasidan 1% gina tashkil etadi.
Misol uchun bifidobakteriyalar ichak rn muhitini 4,6-4,4 gacha pasaytira oladi;laktobakteriyalar esa 5,5-5,6 gacha pasaytiradi;propionobakteriyalar esa rn ni 4,2-3.8 gacha pasaytiradi. Mikrofloraning asosiy funksiyasi ham shundan iborat.
Disbakterioz – bu shartli patogen va chirituvchi mikroorganizmlarni rivojlanishi kuchaytiruvchi ichak mikroflora tarkibini buzilishi va pasayishidir (inson oshqozon–ichak yo‘lida yashovchi sut kislotali bakteriyalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |