GENOMIKA BO‘LIMLARI
Strukturali genomika – genom ma’lumotini (informatsiyasini) tarkibi va tuzilishi (gen strukturasini aniqlash, o‘rganilayotgan gen molekulyar massasi bo‘yicha, genlar soni bo‘yicha, har bir gendagi nukleotid ketma-ketligi bo‘yicha aniqlanadi. Prokariotlarda genom xromosomasida, eukariotlarda xar bir xromasomasida aniqlanadi).
Solishtirma genomika – organizm genomini tarkibi va tuzlishini qiyosiy tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Genomikaning bu yo‘nalishi genning nukleotid ketma- ketligi avval o‘rganilganmi, ushbu gen unikal xususiyatlarga egami yoki avval bu gen aniqlanganmi yo‘qmi shu haqida ma’lumot olishga imkon beradi;
Qarindosh genlar bilan o‘xshashlik darajasi haqida ma’lumot olishga imkon beradi;
Bir organizmni ikkinchi organizm bilan evolyusion yaqinligi haqida ma’lumot olishga imkon beradi; patogen mikroorganizmning ma’lum gen ingibitorini topishda va ular asosida dori vositasini yaratishda muhimdir (ya’ni gen tomonidan ishlab chiqariladigan oqsil mahsulotni), chunki ho‘jayin organizmida xuddi shunday yoki nukleotid ketma-ketligi bilan o‘xshash bo‘lgan genni boriligi bilish o‘ta muhimdir. Bu o‘z navbatida yaratilayotgan dori vositalarini zararsizlik darajasi haqida taxmin qilishga imkon beradi.
funksional yoki metabolik genomika genda yozilgan informatsiyani yuzaga chiqarish, gendan – belgi sari borish (genom va metaboliz o‘rtasidagi, klaster va ko‘p pog‘onali metabolik jarayonlar, alohida genlar va konkret metabolik reaksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash).
1.50-rasm. Genomika strukturasi
Proteomika – tirik organizmlardagi oqsillarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Proteomika sohasida ishlovchi olimlar oqsillarni «ishlab chiqarilishini», ularni dekompozitsiyasini va organizm ichidagi oqsillar almashinuvini tadqiq etadilar. Genomikaning maqsadi - hujayraning potensial (yashirin) hususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishdir (ya’ni, ma’lum vaqtlarda ishlamaydigan, misol uchun uchiq ganlar haqida), proteomikaning maqsadi esa o‘sha vaqtning o‘zida hujayradagi mavjud oqsillarni qayd etishdir.
Bu xuddi hujayrani funksional xolatida, ya’nikim, uning proteoni darajasida suratga tushirishdir, ya’ni ishlab turgan barcha ferment va struktur oqsillarning barcha to‘plamini qayd etishdir.
Genomikaning rivojlanishida, avvalabor sekvenslash texnologiyasining rivojlanishi asos bo‘lgan bo‘lsa, proteomika rivojlanishi uchun xuddi shunday asosiy rolni ikki o‘lchamli elektroforez texnologiyasi o‘ynagan – bu texnologiyada oqsillar bir yo‘nalishda molekulyar massasiga ko‘ra, ikkinchi yo‘nalishda esa izoelektrik nuqtasi asosida ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |