Normaflora preparatlari bir necha xil ko‘rinishda bo‘ladi:
Probiotiklar (eubiotiklar)ni, tarkibida o‘simlik yoki hayvonlardan ajratib olingan maxsus mikroorganizmlarni tirik hujayralari bo‘ladi; ular ichak sharoitida tiriklashadilar, patogen emas, toksinlik xususiyatlari yo‘q, uzoq vaqt davomida saqlanganda ham stabil holatda qoladilar. Bunday preparatlarga quyidagilar kiradi: bifidum bakterin, bifikol, laktobakterin, baktisubtil, lineks, enterol va boshqalar.
Prebiotiklar- insonga do‘st bo‘lgan bakteriyalarni ko‘payishini tanlab ko‘paytiruvchi (selektiv) ozuqa qo‘shimchalaridir. Bular past molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan uglevodlar (frkutoza-oligosaxaridlar, insulin, laktuloza va boshqalar) bo‘lib, ular ovqat hazm qilish sistemasini fermentlari yordamida parchalanmasliklari kerak.
Simbiotiklar- probiotik va prebiotik saqlovchi komleks preparatlar.
Bulardan tashqari- disbakterozni yo‘qotish uchun- patogen mikrofloraga qarshi, normal mikroorganizmlarni metabolitlaridan foydalaniladi. Bunday preparatlarga xilak-forte - ichakni normal mikroflorasining modda almashinuv mahsulotlarini steril konsentrati: sut kislotasi, laktoza, aminokislotalar va yog‘ kislotalari. Bu moddalar ichakda normal mikroflora yashashi uchun mos bo‘lgan biologik muhitni qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatadilar va patogen bakteriyalarni o‘sini to‘xtatib qo‘yadilar.
PROBIOTIKLAR TAYYORLASHNING UMUMIY TEXNOLOGIK CHIZMASI
1. Ishlab chiqarish maydonini (xonalarini), uskunalarni, idish, ventilyasion sistema va kadr tayyorlash. Bu ishlar maxsus instruksiya va steril dorivor moddalar bilan ishlash sharoitlari asosida olib boriladi;
2. Muhit tayyorlash va sterilizatsiya qilish (konsentrlangan, ishlab chiqarish va quritish uchun himoya muhiti). Tayyorgarlik shilari quyudagilardan iborat:
- muayyan struktura uchun kerakli bo‘lgan moddalarni sifatli tayyorlash;
- alohida kompanentlarni maqsadli mahsulotni chiqimiga ta’sirini baholash;
- ishlatiladigan muhit tarkibiga kiruvchi mahsulotlarni optimal nisbatini aniqlash;
3. Asosiy ekuv (matochniy) 6 passajgacha va ishlab chiqarish kulturalarini o‘stirish. Dastlab maxsus shtamm asosida har xil ozuqa muhiti ishlatib ekuv materialini o‘stirib olinadi (37ºS da). Ishlab chiqarish kulturasini maxsus bokslarda o‘rnatilgan reaktorlarda, suyuq ozuqa muhitida o‘stirish orqali tayyorlanadi. Reaktorlar magnit aralashtirgich va rap o‘tadigan rubashkalar bilan jihozlangan bo‘ladi.
4. Suyuq polifabrikonlarni flakonlarga quyib chiqish. Mikrob suspenziyalarini ampulalarga va flakonlarga quyib chiqish. Maxsus quyish apparatlari va ampulani berkitish (zapayka) uskunalarida bajariladi. To‘ldirilgan ampula va flakonlar quritish uchun sublimatsiyaga yuboriladi.
5. Sublimatsion quritish. Ampulalar sovutgich kameralariga 75ºS qiyshaytirib joylashtiriladi, -40ºSda muzlatiladi va shu haroratda 18-24s ushlab turiladi va sublimatsiya qilinadi (qurutiladi).
6. Berkitish. Quruq mikrob massasi saqlangan ampulalar gaz muhofazasi ostida past qilinadi (flakonlar esa mustahkam berkitiladi).
7. Markirovka, upakovka (joylashtirish). Ampulalar belgilanib (markirovka qilinib) har bir pachkaga 10tadan qadoqlanadi.
8. Tayyor dorivor moddani sifatini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |