Suspenzion kulturalar – suyuq ozuqa muhitlarida muallaq holda o‘stiriladigan kulturalar bo‘lib, alohida xujayra va ularning aggregatlaridan iborat kulturalardir. CHuqur qatlamda o‘stirishda hujayralarni muallaq holda saqlab qolish uchun ularni maxsus apparatlar yordamida aralashtiriladi. Aeratsiya muhitni uzluksiz aylantirish yoki muhitni chayqatish orqali yoki muhitga steril havo kiritish orqali erishiladi.
Agarozali yuzada o‘stirishda suspenzion kulturalar kallus to‘qimalari oldida ko‘pgina ustunliklarga egadir:
hujayra populyasiyalarini metabolizmi va o‘sishiga ekzogen omillarni ta’sirini o‘rganishga keng imkonining mavjudligi, chunki bunda hujayralar tashqi omillar ta’sirga bir xil darajada qulay holatda bo‘ladi;
- subkultivatsiyalash jarayonlarining soddaligi tufayli uzoq vaqt davomida liniyalarni ushab turish imkoniyati;
- biokimyoviy va molekulyar-biologik tadqiqotlarni o‘tkazishni qulayligi, hamda o‘simliklarning tezda regeneratsiyasi;
- BFM olish uchun chegaralanmagan darajada biomassani olish imkoni.
Hujayralarni suyuq muhitlarda kultivatsiyalash bir necha usullarda amalga oshiriladi: eng sodda usul bu to‘planuvchi yoki davriy kultivatsiyalash usulidir. Bu holda hujayra populyasiyalarini ko‘payishi yopiq tizimlarda ozuqa muhitlarining doimiy hajmida olib boriladi. Etarli darajada aeratsiya darajasini ta’minlab berish hujayralar ko‘payishining va ularning faol ishlashi uchun asosiy sharoitlaridan biri hisoblanadi.
Mashtablash jarayonini amalga oshirish ham mumkin, bunda yirik mashtablardagi kultivatsiyalash jarayoni fermentyorlarda amalga oshiriladi.
Hujayralarni fermentyorlarda o‘stirish xar qanday vaqtda turli omillarni o‘zgarttiprish imkonini beradi (harorat, yorug‘lik, gaz rejimini, fizilogik faol moddalar, rn va b.q.), bunda aseptika rejimi o‘zgarmagan xolda biomassaning unumdorligi va o‘sishini nazorat etish mumkin bo‘ladi.
O‘simlik tabiatli moddalarni olish uchun hujayra texnologiyalarini qo‘llash
Tabiat BFM ning manbai hisoblanmish o‘simlik zaxiralariga egadir. Bunda olinadigan maxsulotning (dori vositalari) umumiy hajmi qo‘llanadigan dori vositalarining umumiy hajmidan 25% ni tashkil etadi.
Foydalanish darajasi va o‘simliklarning tabiiy xolatda ko‘payish darajasi va zaxiralar sonidan oshib ketgan.
Inson uchun tibbiyot, texnika, ozoqovqat, parfyumeriya sanoatida va qishloq ho‘jaligida qo‘llaniladigan biologik faol moddalar qiziqish uyg‘otadi.
Qimmatli BFM olish uchun odatda butun organizmlar qo‘llanilgan (mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar), hozirgi zamonaviy biotexnologiya esa hujayra texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, bu texnologiyalar esa erkin va immobillangan hujayralarni kultivatsiyalashga asoslangandir.
SHunday qilib o‘simlik tabiatli moddalarniolishda biotexnologiya yo‘nalishining istiqbolli rivojlanishi asosida ekologik muammolarni hal etishdan tashqari yana qanday echimlar yotadi:
iqlim, mavsumiy va geografik ta’sirlarga bog‘liqmasligi;
er maydonlarini kamayishi (boshqa ehtiyojlar uchun qo‘llanishi mumkin);
intakt o‘simlik uchun xos bo‘lgan ma’lum bo‘lgan moddalarni olish (masalan, nikotin, kodein, xinin, diosgenin va h.k.);
yangi mahsulot va moddalarni sintezlash;
so‘nggi mahsulotni biotransformatsiyasi uchun hujayra kulturalarini qo‘llash.
O‘simlik tabiatli BFM larning altrnativ manbalari sifatida xujayra kulturalari quyidagi ustunliklarga egadir:
iqlimiy, mavsumiy va obhavo sharoitlariga bog‘liq bo‘lmagan holda toza ekologik maxsulotlarni olish;
- genetik manipulyasiyalar orqali yuqori mahsulot ishlab chiqaradigan hujayra liniyalarini yaratish;
-nodir va yo‘qolib borayotgan o‘simlik-produtsentlarning genini saqlab qolish;
-o‘stirish sharoitlarini standartlash va ooptimallashtirish imkonini mavjudligi
-jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyati.
Ko‘pgina tadqiqotchilarning urinishlariga ko‘ra muhim iqtisodiy maxsulotlarni kultivatsiyalanadigan o‘simlik to‘qimalarining hususiyatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar ko‘plash to‘plangan (terpenoidlar, glikozidlar, polifenollar, polisaxaridlar, efirnыe moylari, noadatiy peptilar va maxsuslashgan oqsillar, tabiiy bo‘yoqlar, steroidlar, pryanosti, insektitsidlar, mumlar, vitaminlar).
In vitro sharoitlarida hujayralarni ko‘chirib o‘tish yangi ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan yangi moddalarni sintezlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, yapon olimlari o‘ziga xos peptidlarni va antikanserogen birikmalarni olishga muvaffaq bo‘lishgan.
O‘simlik hujayralari kulturalarida ikkilamchi metabolitlarni to‘planishi va mahsulotni chiqishi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- donor o‘simlikning genotipiga, kulturaga kiritish uchun to‘g‘ri tanlangan to‘qima va a’zosiga;
ikkilamchi metabolitlarni sintezlash xususiyatiga ko‘ra kultivatsiyalangan hujayralarning geterogenligiga;
ozuqa muhit tarkibi va kultivatsiyalashning fizik omillariga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |