Ma’ruza rejasi:
1. Inson va mikrofloraning simbiozi va ularning klassifikatsiyasi.
2. Oshqozon ichak traktining rezident mikroflorasi va uning ahamiyati.
3. Disbakterioz, va uning klassifikatsiya va sabablari.
4. Normofloralar.
4.1. Probiotiklar.
4.2. Prebiotiklar.
4.3. Sinbiotiklar.
5. Probiotiklarni ishlab chiqarishning umumiy texnologik sxemasi.
Tayanch iboralar: Biotexnologiya, biologik faol moddalar, normofloralar, probiotiklar, prebiotiklar, sinbiotiklar.
SIMBIО́NT (biol.). – organizm, simbioz ishtirokchisi. Bakterial simbiontlar inson organizmining normal mikroflorasini tashkil etadi. Ular ichakda, oshqozonda, terida va shilliq qavatlarda yashaydilar.Inson simbionti – ichak tayoqchasi.
Insonning normal ichak mikroflorasiga 500 dan ortiq turdagi bakteriyalar kiradi.
Simbioz – ikki turdagi organizmlarning o‘zaro birgalikda yashashdir.
O‘zaro munosabatlarga ko‘ra simbiozning qo‘yidagi variantlari mavjuddir:
- mutualizm (ikki tomonlama (o‘zaro) foydali simbioz);
parazitizm (ikki tomonlama (o‘zaro) foydali bo‘lmagan simbioz, ya’ni organizmlardan biri ikkinchisini hisobiga yashaydi);
- neytralizm (bir organizmni ikkinchisiga ta’siri bo‘lmagan simbioz);
- kommensalizm (bir organizmni foydali va ikkinchi organizmga zarari bo‘lmagan simbioz).
Oshqozon-ichak yo‘lining normal va rezedent mikroflorasi quyidagi turlari bilan taqdim etilgan:
• bifidobakterii (keng tarqalgan turlardan biri bo‘lib asosan go‘daklarda ko‘p bo‘ladi)
• laktobatsillalar va enterokokklar;
• grammanfiy bakteriyalar (Bacteroides turidagi);
• grammusbat bakteriyalar (Clostridium turidagi);
• enterobakteriyalar(E.coli);
• stafilokokklar;
• pentostreptokokklar;
• difteroidlar;
• achiqisimon zamburug‘lar (Candida turkumidagi) va oz miqdorda mog‘or zamburug‘lari kiradi.
Normal mikroflora qator muhim vazifalarni bajaradi:
- himoya vazifasi, oshqozonichak yo‘lining shilliq qavatining yuzasida «himoya samarasini» hosil qilish (ya’ni, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning kirishiga raqobatli ravishda ichak yuzasini to‘ldirib to‘sqinlik qiladi);
- ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etib, inson uchun zarur bo‘lgan ozuqa va vitamin moddalarini so‘rilishida ishtirok etadi
- vitaminlar, aminokislotalar, organik kislotalar va bashqa BFM larni sintezini ta’minlab beradi;
- ho‘jayin organizmni infeksion kasalliklarga nisbatan nospetsifik rezistentligini oshiradi, patogen mikroorganizmlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi (kolonizatsion rezistentlik)
ksenobiotiklarni zararsizlantiradi – inson organizmiga ilojsiz kelib tushadigan pestitsidlar, dori vositalarini va maishiy kimyo preparatlarini;
ichak bifido- va laktobakteriyalari immunitet mexanizmlarini ishga tushiradigan moddalarni ishlab chiqaradi (immunoglobulinlar va interferonni sintezi);
- tozalovchi vazifasi (organizmdan turli toksinlarni, kanserogenlarni, allergenlarni, og‘ir metall tuzlarini chiqib ketishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun ularni «ikkinchi jigar» deb atashadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |