NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Jaxondagi mavjud ekologik vaziyatning xolati haqida ma’lumot berin.
2. Ekologiya va biotexnologiyaning o‘zaro ta’siri nimalardan iborat?
3. Biotexnologiya oldida turgan vazifalar va ularning echimi haqida gapirib bering.
4. Atrof muhitni himoyalashni mavjud biotexnologik usullari.
5. Biotexnologiyaning ekologik muammolari nimalardan iborat.
6. Ekologik xavfli bioob’ektlar va biotexnologik ishlab chiqarishning maxsulotlarini ekologiyaga ta’siri xaqida gapirin.
7. Farmatsevtik sanoatda biologik faol moddalarni biotexnologik ishlab chiqarilishining istiqbollari va xavflari.
8. Biotexnologik ishlab chiqarishni takomillashtirishning yo‘nalishlari.
9. Farmatsevtik sanoatning o‘ziga xos biotexnologik jixatlari.
8 – MA’RUZA
DORI VOSITALARINI OLISH UCHUN QO‘LLANILADIGAN BIOOB’EKT-PRODUTSENTLARNI MUTAGENEZ VA SELEKSIYA USULLARI VOSITASIDA TAKOMILLASHTIRISH.
Ma’ruza rejasi
1. Bioob’ektlar dorivor, profilaktik va diagnostik dori vositalarini ishlab chiqarishni bioob’ekti sifatida.
1.1. Bioob’ektlar klassifikatsiyasi.
1.2. Dori vositalarini olish texnologiyalari. YAngi texnologiyalarning ustunliklari.
1.3. Bioob’ektlarni qo‘llash variantlari.
1.4. Mukammalashtirish uchun bioob’ekt hususiyatlari.
2. Mikroorganizmlar seleksiyasi.
3. Mutagenez va mutantlarni ajratib olish usullari.
3.1. Klon kulturalari.
3.2. Mutatsiya turlari.
3.3. Mutantlar reversiyasi.
3.4. Mutosintez, blok-mutantlar, mutosintonlar.
4. Bioob’ektlarni takomillashtirishda biotexnologlarning roli.
Tayanch iboralar: Biotexnologiya, biologik faol moddalar, mikroorganizmlar seleksiyasi, mutagenez.
BIOOBEKTLAR KLASSIFIKATSIYASI
Biotexnologik yo‘l bilan dori vositalarini olishda bioob’ekt sifatida quyiadagilardan foydalanishimiz mumkin:
- inson-donor: gomologik immunn plazmasini ishalab chiqarish uchun (antistafilokokk, qizamiqqa qarshi, transfuziya uchun eritrotsitar va leykotsitar massa va b.q.)
- hayvonlar (ot, kiyik, sigir, cho‘chqa, tovuq, quyon va b.q.): insulin, pankreatin, lizotsim, pantokrin, antitoksik zardoblar, virusli vaksinalar va b.q. ni sanoat miqyosida ishlab chiqarishda.
- o‘simliklar; Bioob’ekt sifatida turli xil o‘simliklarni ham qo‘llash mumkin. Masalan, terakning kurtaklari va bir yillik o‘simtalarini prostaglandinlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo xisoblanadi, qarag‘ay smolasi skipidar olish uchun, oqqarag‘ay smolasi balzamlar olish uchun, kamfora daraxti esa kamfora olishda qo‘llaniladi.
- mikroob’ektlar:
Eukariotlar – bir hujayralilar, suv o‘tlari, zamburug‘lar, mog‘or zamburug‘i, achitqilar;
Prokariotlar – aktinomitsetlar, bakteriyalar, ko‘k –yashil suv o‘tlari;
Mikrobiotizimlar – fermentlar, protoplastlar.
Prokariotlar – bakteriyalardan vitamin V12 (sianokobalamin) ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Prokariotы - bakterii kak bioob’ektы ispolzuyutsya v proizvodstve vitamina sianokobalamina (vitamina V12 ).
Mog‘or zamburug‘i hujayralaridan antibiotik ishlab chiqarishda, achitqi zamburug‘i hujayralaridan – ergosterin (vitamin D o‘tmishdoshi), betakarotin (vitamin A o‘tmishdoshi) ishlab chiqarishda qo‘llanib kelinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, dorivor vositalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan bioob’ektlarga:
O‘simlik va hayvon tabiatli makroorganizmlar kiradi;
zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar, eukariot hujayralari kulturalari, funksional faolikka ega bo‘lgan (fermentlar, biokatalizatorlar) yoki informatsion (DNK, RNK) biologik makromolekulalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |