VAKSINA KOMPONENTLARI
Har bir vaksinaning asosini protektiv antigenlar tashkil etadi, bular bakterial hujayra yoki virusning uncha katta bo‘lmagan qismini tashkil etib spetsifik immun javobni shakillanishiga hizmat qiladi.
Protektiv antigenlar – oqsillar, glikoproteidlar, lipopolisaxaridli oqsil komplekslari bo‘lishi mumkin.
Ular mikrob hujayrasi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin (ko‘k yo‘tal tayoqchasi, streptakokolar va b.q.), yoki ular tomonidan sekretlanishi mumkin, viruslarda esa ko‘pincha virionning superkapsidining yuza qatlamlarida joylashishi mumkin.
Asosiy ta’sir etuvchidan tashqari vaksina tarkibiga yana quyidagilar kirishi mumkin:
- sorbent,
-konservant (preparatlarning sterilligini ta’minlash uchun),
- to‘ldiruvchi,
- stabilizatorva nospetsifik aralashmalar (virusli vaksinalarning kultivatsiyalanish substratining oqsillari, antibiotikning kam miqdori, hayvon zardobining oqsillari)
Vaksinalarni ishlab chiqarishda inson organizmiga kiritish mumkin bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi.
Immun zardob, antizardob (antiserum) – mikroorganizmlarning ma’lum turiga nisbatan antitelolarni saqlagan zardoblardir.
Zardob – hayvon qoni zardobidan olingan, ma’lum qo‘zg‘atuvchiga nisbatan tayyor antitelolar preparatidir.
Zardoblar odatda ot, cho‘chqa, dengiz cho‘chqasi va quyon qonidan olinadi. Asosiy sharti – hayvon vaksinatsiyalangan bo‘lishi va mazkur kasallikka nisbatan immunitet hosil qilgan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Quyidagi zardoblar farqlanadi:
-antitoksik zardoblar, bunday vaksinalar hayvonlarni anatoksinlar yoki mikrob toksinlari bilan immunizatsiyalash orqali olinadi;
-antimikrob zardoblar, hayvonlarni bakteriyalar va endotoksinlar bilan bir necha bor qayta immunizaiyalash orqali olinadi (nisbatan kam samarali, shuning uchun kam qo‘llaniladi).
1.54-rasm. Baksina olish sxemasi
Zardob insonda passiv immunitetni ta’minlab beradi, uning ta’siri uzoq bo‘lmagan vaqt davomida ta’sir etadi (muddati – bir oygacha).
Agarda zardob kasallik boshida kiritilsa, u xolda kasallik kechishi ancha engillashadi va uning og‘ir asoratlari oldi olinadi.
Zardoblar yuqori allergenlikka ega bo‘lganligi uchun, ularni kiritish vrachning doimiy nazorati ostida olib boriladi. SHunday zardoblar borki ularni qo‘llash be’morning ilon, xasharotlar va zaxarli hayvonlarning tishlashlaridan saqlab qoladi68
.
Do'stlaringiz bilan baham: |