2. O‘ldirilgan bakteriyalardan vaksinalarni yaratish.
3.Tirik, o‘ldirilgan va subbirlik vaksinalarini yaratish va qo‘llash.
VAKSINALARNI OLISH
Eng sodda tayyorlanish usuliga tirik vaksinalar egadir. Bunday vaksinalarni tayyorlash uchun attenuirlangan vaksina shtammi o‘stiriladi, bu jarayonda shtammning toza kulturalarini olish uchun barcha sharoitlar ta’minlanadi va boshqa mikroorganizmlar bilan ifloslanishi oldi olinadi (mikoplazma, onkoviruslar bilan), keyingi bosqichlarda turg‘unlashtiriladi va so‘nggi mahsulot standartlanadi.
Bakteriyalarning vaksina shtammlari suyuq ozuqa muhitlarida (kazein gidrolizati yoki boshqa oqsil-uglevod muhitlari) hajmi 0,1 m3 dan 1-2 m3 gacha bo‘lgan fermentator apparatlarida o‘stiriladi.
Vaksina shtammidan olingan toza kultura liofil quritishga uchratiladi va protektorlar qo‘shiladi.
Molekulyar vaksinalarning ishlab chiqarilishi – anchayin murakkab texnologik jarayon bo‘lib, o‘stirilgan mikrob massasidan protektiv antigenlar yoki antigen komplekslarni ajratib olish, tozalash antigenlarni konsentrlash va preparatlarga ad’yuvantlarni kiritish zarur bo‘ladi.
An’anaviy usullar yordamida (uch xlor sirka kislota bilan ekstraksiyalash, kislotali yoki ishqoriy gidroliz, fermentativ gidroliz, neytral tuzlar bilan tuzlash, spirt yoki atseton yordamida cho‘ktirish) antigenlarni ajratish va tozalash zamonaviy usullarni qo‘llagan xolda amalga oshiriladi (tezkor ultratsentrifugalash, membranali ultrafiltratsiya, xromatografik ajratish, affin xromatografiyasi, shu bilan birga monoklonal antitelolarda ham). Bunday usullarni qo‘llagan xolda yuqori darajada toza va konsentrlangan antigenlarni olish mumkin.
Antigen birlik soni bo‘yicha tozalangan antigenlarga, immunogenlik darajasini oshirish uchun gel-sorbentlari qo‘shiladi (alyuminiy okisidi gidrati va b.q).
Antigenlar sorbsiyalangan xolda bo‘lgan preparatlar sorbsiyalangan yoki adsorbsiyalangan preparatlar deyladi (difteriya, qoqshol, botulinli sorbsiyalangan anatoksinlar).
Sorbent tashuvchi va ad’yuvant roli uynaydi. Sintetik vaksinalarda tashuvchi sifatida turli xil polimerlar taklif etiladi.
Bakteriya va virus antigenlarining protektiv oqsillarini olish uchun gen-muhandislik usullari jadallik bilan ishlab chiqilmoqda.
Produtsentlar sifatida protektiv antigenlar genlari kiritilgan eshirixiya, achitqilar va psevdomonadalardan foydalaniladi.
Gripp, ko‘k yo‘tal, qizamiq, gerpes, gepatit V, qutirish, oqsim, VICH-infeksiyasi va boshqa qo‘zg‘atuvchilarning antigenlarini ishlab chiqaruvchi bakteriyalarning rekombinant shtammlari olingan69
.
Gen muhandisligi va biotexnologiya yordamida olingan vaksinalar bir qator ustunliklarga egadir. Ularda ballast komponentlarning yo‘qligi, to‘liq zararsizligi, past tannarxga egaligi, bu jarayon o‘z navbatida vaksina ishlab chiqarish sanoatining arzonligi bilan izohlanadi.
Vaksinatsiya o‘tkazilgan hayvon xujayralarida ekspressiyalanayotgan oqsil nativ oqsil konformatsiyasiga yaqin bo‘lib, yuqori antigen faolikka egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |