1.51-rasm.Zamonaviy DNK sekvinator 1.52-rasm Ikki o‘lchamli elektroforezni o‘tkazish uskunasi
Proteomikaning eng muhim ish qurollaridan biri bu – oqsillarning mass-spektrometriya usulidir. Bu usul orqali tadqiq etilayotgan namunalarda u ajratil oqsil bo‘ladimi yoki hujayra lizati bo‘ladimi ular tarkibidagi oqsilning miqdoriy va sifat taxlinini amalga oshirish mumukin bo‘ladi65.
GENOMIKA VA FARMATSEVTIK PREPARATLAR
Hozirgi vaqtda proteomika, genomika va bioinformatika yangi dori vositalarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu dori vositalarning molekulyar nishonlari sifatida u yoki bu oqsillar hizmat qiladi.
Dori vositalarini ta’sir etish nishonini izlash bioinformatikaning yordamida xal etiladi, bunda taxlil ob’ekti sifatida genom xizmat qiladi.
Biroq, genom taxlil qilingandan so‘ng shu oqsil intensiv ravishda ekspressiyalanishi va hujayrada faol ishlovchi xolatda bo‘lishi haqida dalil olish zarur bo‘ladi. Bu vazifani proteomika xal etadi.
SHu usul bilan dori vositasi uchun genetik nishon aniqlanadi.
Targetli skrining an’anaviy usullardan farqli o‘laroq tanlangan genga muvofiq ravishda ma’lum xususiyatli yoki boshqa mexanizmga ega bo‘lgan BFM larning tanlovini amalga oshirishga imkon beradi (hujayradan genga tomon usuli orqali).
Targatli skrining birinchi bosqichi ganomdan genni ajratib olishdan boshalanadi (muvofiq keluvchi DNK fragmentini ajratib olish).
Patogen mikroorganizmlarning yashirin yoki “jim” turgan in vitro genlar ivi genlar deb nomlanadi (verulentlik genlari).
Bular qatoriga toksinlarni, adgezinlarni va boshqa verulentlik omillarni kodlovchi genlar kiradi, shu bilan birga patogen mikrob hujayrasini makroorganizm to‘qimasida ba’zi organik va noorganik ionlarni tanqisligida yashashiga imkon beruvchi fermentlar va transport oqsillar genlari kiradi.
Infeksiya paytida patogen hujayra tarkibida faqatgina ivi genlarigina ekspressiya bo‘lmaydi.
Ko‘pgina genlar ham in vivo ham in vitro ekspressiyalanadi. Bu gen mahsulotlari hujayra uchun doimo kerak bo‘ladi. Bunday genlar ma’joziy ravishda "house keeping gens" genlari deb nomlangan, ya’ni uy ustuni bo‘lgan genlar deb tarjima qilinadi.
Bu genlar har qanday sharoitda ekspressiyalanadi, chunki bu genlar hujayra mavjud bo‘la olmaydi.
Turli patogen bakteriyalaryalarda house keeping gens va ivi gens larning o‘zaro nisbati turlichadir, biroq genlarning 90% birinchi gurux genlariga ta’luqlidir.
CHunki house keeping gens ingibitorlari in vitro ozuqa muhitlarida topilgan bo‘lib, klinikada qo‘llanadigan deyarli barcha antibiotiklar va sintetik antibakterial preparatlar ushbu genlarning ingibitorlar hisoblanadi.
Turli genlarning klassifikatsiyasi borgan sari ko‘payib va xilma xil bo‘lib bormoqda, bundan kelib chiqqan xolda genlardan boshlanadigan targetli skrining, aniq natijalarga olib borishi kerak bo‘ladi, ya’ni aniq hususiyatli antimikrob agentlarni olishga erishilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |