Tizimli blok tarkibiga, odatda, tizimli plata, elektr ta’minot bloki, diskli jamlagichlar, qo‘shimcha qurilmalar uchun razyomlarni va tashqi qurilmali adapterlari yoki kontrollerli kengaytirish platalari kiradi.
O‘z navdatida tizimli platada (ko‘pincha ona plata deb yuriti ladi – motherboard) quyidagilar joylashadi:
mikroprotsessor;
tizimli mikrosxemalar (chipsetlar);
takt impulslar generatori;
TXQ va DXQ modullari (mikrosxemalar);
CMOS-xotira mikrosxemalari;
klaviatura, QMDJ va EMDJ adapterlari;
uzilish kontrollerlari; – taymer.
Ona plata. Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi.
Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm).
Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi
a) b) d)
4-rasm. Tizimli blokning konstruksiyasi.
asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi.
Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi inter feys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.
Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktl ash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar.
Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.Kompyuterlar tasnifi
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo‘yicha mikromashinalar toifasiga mansub bo‘lib, hisoblash imkoniyatlari cheklangan, ammo eng ommaviy tarqalgan hisoblanadi. Bu kompyuterning ofis muhitida shaxsiy qo‘llash uchun mos keladigan variantidir. ShKlar bilan bir qatorda mikrokompyuterlar toifasiga grafik, nashriy va izlanish ishlariga mo‘ljallangan ishchi stansiyalar, lokal tarmoq va ma’lumotlar bazalari serverlari hamda tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali tarmoq resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va foydalanishga qulay bo‘lgan bir qator afzalliklarga ega:
maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys;
qo‘llanilish sohasiga (ta’lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) mos keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to‘plamiga muvofiqlashish hisobiga o‘z ish joyini tashkillashtirishning qulayligi;
foydalanishning soddaligi, bog‘lama va qurilmalarni birgal ikda yig‘ish imkoniyatining kengligi, ommaviy foydalanish uchun yuqori ishonchlilik;
kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining arzonligi va modellarining ko‘pligi, standartlashtirishning va bir xil shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir.
ShKlarni turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. Rivojlanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar ning boshlarida paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 bitli mashinalaridan, to 64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV) mashinal arigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor xotira hajmi yuzlab Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi o‘nlab Gbaytga yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan barcha ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish mumkin.
Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va rivojlangan tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion tizimga ega bo‘lib, ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy dasturlar bilan jihozlangan. Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali, aloqa va ulanish uchun interfeys tizimi rivojlangan, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p sonli portlari mavjud.
Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab EXMning chorak milliardan ziyod turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyu terlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo‘lib kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari mashhurdir. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II, III, IV protsessorlari qo‘llangan kompyuterlar hisoblanadi.
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 1998-yildan boshlab yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power Book va iBook noutbuklar, Power Macintosh oilasiga mansub ishchi stansiya modellarini ishlab chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi stansiyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham (mobil) ishchi stansiyalarni ishlab chiqaradi.
ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda Compaq firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular HiNote modelli mobil ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol kompyuterlari, VAX Station va DEC Station ishchi stansiyalari, shuningdek, yangi Alpha 212642 protsessorlari asosidagi, taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan zamonaviy ishchi stansiyalardir.
ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompaniyalari Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.
2. Kompyuterlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |