O’quv soati: 6 soat
|
O’quvchilar soni:
|
O’quv mashg’ulot shakli va turi
|
Amaliy – to’liq o’quv mashg’ulot.
|
O’quv mashg’ulotning rejasi
|
Qo‘shimcha qismlarni o‘rnatish
Komponentlarni o‘rnatish qoidalari
BIOS ni sozlash
|
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga sistema bloki yig’ish haqida tushuncha berish
|
Pedagog o’qituvchining vazifalari:
|
O’quvchilarning vazifalari:
|
O`uvchilarda yangi mavzu bo’yicha tushunchalar shakillantirish.
O’quv mashg’ulotlari bo’yicha yo’riqnoma berish.
|
Dars davomida o’rganganlarini izoxlaydilar.
O’tilgan mavzu yuzasidan tushinganlarini hayot bilan bog’lab va izoxlab beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Axborotli - ma’ruza, Klaster, venn diagrammasi aqliy hujum, teskor blits savol-javob.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, blits savolnomalar, slaydlar, proektor, kompyuter.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash, Yakka tartibda va juftlashib ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qaytar aloqani usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting
|
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
o’qituvchi
|
O’quvchilar
|
I-bosqich. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quvchilar davomati va darsga tayyorgar-ligini tekshiradi.
|
Tinglaydilar, bajaradilar
|
Mavzuga kirish
1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsad va vazifalarini aytadi.
|
Tinglaydilar.
|
II-bosqich. Asosiy
110-daqiqa
120-daqiqa
|
O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Yangi mavzuni bayoni: slaydlar orqali yoritadi.
O’quv mashg’ulotining rejasi va tuzilishi, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etish.
|
O’quvchilar tinglaydilar, savollarga javob beradilar
|
Yangi mavzuni mustahkamlash O'quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, klaster to'ldirish topshiriladi. Har bir guruh o'z ishini namoyish qiladi. Blis so’rov savollariga javob beradilar
|
savollarga javob beradilar
|
III-bosqich.
Yakuniy
(25 daqiqa)
|
Yakunlash va xulosalash
3.1 Mavzu bo’yicha umumlashtiriladi.
O’quvchilar olgan baholari e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi.
|
Tinglaydilar bajaradilar
|
Mavzu: Komponentlarni o‘rnatish qoidalari. Qo‘shimcha qismlarni o‘rnatish. BIOS ni sozlash. USB xotiralarda operatsion tizimlarni o‘rnatishga tayyorlash va o‘rnatish
Reja:
1. Qo‘shimcha qismlarni o‘rnatish
2. Komponentlarni o‘rnatish qoidalari
3. BIOS ni sozlash
Kompyuter komponentalari haqida
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Periferik qurilma bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo'shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o'zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo'shimcha ishlarni amalga oshiradi.
Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni wi-fi, Bluetoothvahakazolar orqali.
Demak, bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko'p, shuning uchun nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo'lmasa umuman ishlamaydi? Shu savolga javob beramiz. Kompyuter tizim blok(системный блок), monitor va klaviaturadan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo'lmasa kompyuterni ishlatib bo'lmaydi(ya'ni temir sifatida topshirib yuborish ham mumkin). Ko'pchilik bu ro'yxatga sichqonchani(mыshka) ham kiritishadi, lekin u siz ham kompyuterni ishlatish mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(ОЗУ, vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir.
Periferik qurilmalarning soni ko'pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Bu maqolamda ularning ba'zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o'taman, qolgan qurilmalarni o'zingiz biroz o'ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:
Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani xam shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo'la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o'quchi qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,…
Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo'lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: qo'shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,…
Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,...
Umumiy hldda periferik qurilmalar shular, lekin IT sohasi rivojlangan sari bu qurilmalarning turlari ham ko'payib bormoqda. Bu bo'limda asosan shu qurilmalar haqida maqolalar yozib o'taman.
BIOS haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOS’ning ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.
BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
— American Megatrends (AMI);
— Award Software;
— Phoenix Technologies.
BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.
Maqolalarda Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini misol qilib olaman, chunki eng ommalashgan turi shu. Sal tushunarli bo‘lishi uchun BIOS’ning ba’zi versiyalarini rasmda ko‘rsatib o‘taman. BIOS (Asosiy Kirish Chiqish tizimi)
BIOS haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa
Asosiy Kirish Chiqish tizimidan iborat bo'lgan BIOS, anakartdagi kichik xotira kartasida saqlanadi. Qurilmaning qanday ishlashini o'zgartirish yoki muammolarni bartaraf etishda yordam berish uchun BIOS-ga kirishingiz mumkin.
Bu POST uchun javobgar bo'lgan BIOS va shu bilan kompyuterni ishga tushirishda birinchi dasturiy ta'minotni ishlab chiqaradi.
BIOS firmware dasturi vaqtinchalik emas, ya'ni uning sozlamalari qurilmadan quvvat olib tashlanganidan keyin ham saqlanadi va qayta tiklanadi.
Eslatma: BIOS by-os sifatida belgilanadi va ba'zida tizim BIOS, ROM BIOS yoki PC BIOS deb ataladi. Biroq, u noto'g'ri ravishda BASIC yoki Operatsion tizimida yaratilgan.
BIOS ishlatiladigan nima?
BIOS, kompyuterni yuklash va klaviatura nazorati kabi bir qator asosiy funktsiyalarni bajarish haqida ma'lumot beradi.
BIOS shuningdek, qattiq disk , floppy disk , optik haydovchi , protsessor , xotira va h.k. kabi qo'shimcha qurilmalarni aniqlash va sozlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |