O’quv soati: 6 soat
|
O’quvchilar soni:
|
O’quv mashg’ulot shakli va turi
|
Amaliy – to’liq o’quv mashg’ulot.
|
O’quv mashg’ulotning rejasi
|
1.Video kartalar.
2.Video adapterni o’rnatish va sozlash |
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga Video kartalar haqida tushuncha berish
|
Pedagog o’qituvchining vazifalari:
|
O’quvchilarning vazifalari:
|
O`uvchilarda yangi mavzu bo’yicha tushunchalar shakillantirish.
O’quv mashg’ulotlari bo’yicha yo’riqnoma berish.
|
Dars davomida o’rganganlarini izoxlaydilar.
O’tilgan mavzu yuzasidan tushinganlarini hayot bilan bog’lab va izoxlab beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Axborotli - ma’ruza, Klaster, venn diagrammasi aqliy hujum, teskor blits savol-javob.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, blits savolnomalar, slaydlar, proektor, kompyuter.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash, Yakka tartibda va juftlashib ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qaytar aloqani usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting
|
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
o’qituvchi
|
O’quvchilar
|
I-bosqich. Mavzuga kirish
(15-daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quvchilar davomati va darsga tayyorgar-ligini tekshiradi.
|
Tinglaydilar, bajaradilar
|
Mavzuga kirish
1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsad va vazifalarini aytadi.
|
Tinglaydilar.
|
II-bosqich. Asosiy
110-daqiqa
120-daqiqa
|
O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Yangi mavzuni bayoni: slaydlar orqali yoritadi.
O’quv mashg’ulotining rejasi va tuzilishi, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etish.
|
O’quvchilar tinglaydilar, savollarga javob beradilar
|
Yangi mavzuni mustahkamlash O'quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, klaster to'ldirish topshiriladi. Har bir guruh o'z ishini namoyish qiladi. Blis so’rov savollariga javob beradilar
|
savollarga javob beradilar
|
III-bosqich.
Yakuniy
(25daqiqa)
|
Yakunlash va xulosalash
3.1 Mavzu bo’yicha umumlashtiriladi.
O’quvchilar olgan baholari e’lon qilinadi. Uyga vazifa beriladi.
|
Tinglaydilar bajaradilar
|
Mavzu: Video adapter interfeysi. Video adapterning qurilmasi va xususiyatlari.
Reja:
Video kartalar.
Video adapterni o’rnatish va sozlash
Kompyuterni yig‘ishda videoadapter va monitor albatta kerak bo‘ladi. Alohida e’tiborni monitor tanlashga qaratish kerak. Bu qurilma foydalanuvchining tizim bilan muloqatini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Kompyuterda ishlash maroqli yoki azob bo‘lishi monitorning sifatiga bog‘liq. Odatda, kichik
tasvirlar bilan ishlash uchun kamida 17 dyuymli (ekran) monitordan foydalanish tavsiya etiladi, chunki undan kichik o‘lchamdagi monitorlar tasvirning kichik detallarini sifatli (1024×778 da) aks ettirib bera olmaydi va 800×600 ish tartibiga o‘tkazish kerak bo‘ladi.Nuqtalarning joylashish qadami kichik bo‘lgan elektron nurli monitorlarga e’tibor bering (0,28 nuqta 1 dyuymda va undan kichik).
Bu ENT soyali niqobida nuqtalar o‘lchamini va orasidagi masofani belgilab beradi. Nuqtalar orasidagi masofa qancha kichik bo‘lsa, ekranning ruxsat berish xususiyati va tasvir sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Agar ishchi stoldagi monitorga ajratilgan joy cheklangan bo‘lsa, yassi panelli suyuq kristalli (LCD) monitorlarga e’tibor bering. Ko‘rinish sohasi bo‘yicha 15 dyuymli suyuq kristalli displey ekrani 17 dyuymli ENT monitoriga ekvivalentdir.
Ko‘p hollarda monitorlar oddiy VGA analogli portga ulanadi, biroq zamonaviy modellar yangi videoadapterlar ichiga joylashtirilgan DVI razyomlari bilangina
ishlaydi. Agar siz doim monitorning belgilangan ruxsat berish xususiyatidan (bu odatda 1024×768) foydalansangiz, u holda suyuq kristalli (LCD) monitordan foydalanishingiz qulay va mavqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ekran ruxsat berish xususiyatini doimo o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelsa (masalan, kompyuter o‘yinlari yoki Web-sahifalarini ko‘rish uchun), u holda ENT monitorlardan
foydalanganingiz ma’qul bo‘ladi. Videoadapter va monitor regeneratsiyalash chastotasi bo‘yicha bir-birlariga mos kelishi kerak. Tasvir miltillamasligi uchun kadrlar chastotasi 72 Hz dan kam (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi)
bo‘lmasligi kerak. Agar yangi videoadapter 16 mln. rangni 1024×769 ruxsat berish xususiyatida aks ettirsa va ekranning yangilanish chastotasi 76 Hz bo‘lsa, monitor esa bu ruxsat berish xususiyatida faqatgina 56 Hz ni quvvatlasa, videoadapterning imkoniyatlari to‘liq amalga oshmay qoladi. Monitor qo‘llay olmaydigan signallarni uzatish uchun videoadapterni sozlash uni jismoniy jihatdan nosozlikka olib keladi.
Videoadapterlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi PCI-Express standartiga o‘tgan, ayrimlari bir vaqtning o‘zida ikkita monitordan foydalanish imkoniyatini beruvchi PCI videoadapter larini ham ishlab chiqarishmoqda. Ma’lum ilovalar uchun juda foydali bo‘lgan bu funksiya Windows 2000/XP operatsion tizi mida quvvatlanadi. Hozirgi paytda oddiy videoadapterni ikki kallakli grafik plataga almashtirish optimal qaror hisoblanadi, chunki ko‘pgina turli tavsiflarga ega zamonaviy videoadapterlar ikki va undan ortiq monitorlarni quvvatlaydi.
Bu bir tizimga ikki videoadapterni o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan appa ratli, drayverli va BIOS mojarolaridan halos bo‘lish imkonini beradi.
Videoadapterni tanlashda videoadapter mikrosxemalari to‘plamiga va grafik protsessorning tipiga e’tibor bering. Eski deb, belgilab qo‘yilgan grafik mikrosxemalar to‘plamidan cheklaning, chunki ular kerakli tezkorlikni bermaydi va Windows ning oxirgi versiyalaridagi funksiyalarni (amallarni) qo‘llay olmasligi mumkin.
“Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat ko'rsatish” fanidan o’quvchilar bilimini baxolash mezoni
T/r
|
Mezonlar
|
|
1
|
Olgan bilimlarni ishlab chiqarishda qo’llay oladigan bu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan har jixatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan
|
5
|
2
|
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan olgan bilimlarni xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan mustaqil fikirlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan
|
4
|
3
|
Darslarda 95% gacha qatnashgan ma’ruza matnini yozgan o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan
|
3
|
4
|
Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55%dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar
|
2
|
Izoh: o’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baxolanadi va natijasi o’tish balidan (3 baxo) past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |