7-8-mavzular Hozirgi davrda jahon rivojlangan mamlakatlarida xalq ta`limi va pedagogika fani Reja



Download 20,38 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi20,38 Kb.
#702165
Bog'liq
7-8-mavzular-2




7-8-mavzular Hozirgi davrda jahon rivojlangan mamlakatlarida xalq ta`limi va pedagogika fani
Reja:

  1. Rivojlangan mamlakatlarning ta`lim tizimi

  2. Pedagogika fanining jahon mamlakatlari ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni

  3. AQSh ta`lim tizimining yetakchi an`analari

  4. Yaponiya ta`lim tizimining o`ziga xos jihatlari

  5. Angliya ta`lim tizimimning ustuvor yo`nalishlatri

Tayanch tushunchalar:
Rivojlangan mamlakatlarning ta`lim tizimi, Xorijiy mamlakatlar, AQSh ta`lim tizimi, Yaponiya ta`lim tizimi, Angliya ta`lim tizimi

Xorijiy mamlakatlarda XX asr boshlarida maktablarning rivojlanishiga pedagogik nazariyaning ma'lum darajada ta'siri bo’ldi. Maktablarda avvallari bolalarda mustaqil fikrlashni o’stirishga emas, asosiy e'tibor ularning tayyor bilimni o’zlashtirishlariga qaratilgan edi. Maktablarda amalga oshirilayotgan bu ta'lim usuli jamiyat talablariga javob bermadi. Shunga ko’ra, ilg’or fikrli pedagoglar ta'lim jarayonida bolalarni doimiy suratda faol ishtirok ettirish, ularda bilimga qiziqish xdssini rivojlantirish, ularni tayyor bilim bilan ta'minlash emas, ularda bilimni mustaqil ravishda egallash hissini tarbiyalash nazariyasi ilgari surdsh&r. Bu g’oya ilg’or o’qituvchilar tajriba- sida sinab ko’rildi, ta'limda bu g’oyaning ma'qulligi ma'lum bo’ldi. XX asr boshlarida Angliyada bu nazariya asosida turli xil maktablarda mdshqulotlar tashkil qilindi, nazariya-ning ma'qulligi yana bir bor tasdikdandi, ta'limda test usuli asosiy o’rinni egalladi. Test yordamida bolaning aqliy rivojlanish darajasi aniqlandi. Test asosida o’tkazilgan sinovlar natijasiga ko’ra, boshlang’ich maktablarda bolalar guruxdarga bo’lindi, turli xil dastur bo’yicha dars o’tkazildi, guruxdar o’rtasida sezilarli farq borligi bilindi, 11-12 yoshdagi bolalar guruxdarga bo’linishlaridan qat’iy nazar, yuqori sinflarda, turli o’quv yurtlarda o’qishi mumkinligiga ishonch hosil qilindi.


Amerikada ta'lim-tarbiya jarayoni -5 yoshlilardan boshlanadi. 5 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalar va bolalar bog’chalarining vazifasi hisoblanadi.
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, ta'lim berish, ularning umuminsoniy, axloqiy hislatlarga ega bo’lib shakllanishini ta'minlashdan iborat bo’ldi.
Amerika maktablarida o’qish har bir o’quvchi uchun faxr-iftixor bo’lishiga, o’quvchida o’z bilimi imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalashga katta e'tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
Amerikada to’la o’rta maktab sirasiga 10, 11, 12-sinflar kiradi. 7, 8, 9-sinflarni aksariyat holda, quyi o’rta maktab deb ham yuritiladi. quyi o’rta maktab kursini muvaffaqiyatli o’taganlar yuqori bosqichga - to’laqonli o’rta maktabga qabul qilinadilar.
O’quvchilar ma'lum bir sinfni, kurs yoki maktabni bitirishda test sinovlari totpshiradilar.
O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga mos holda fanlarni tanlashda ma'lum erkinlik beriladi.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatlarida ma'lum vaqtda kutubxonada, laboratoriya, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun mo’ljallangan joylarda bo’ladilar. 10, 11, 12-sinflarda maktabning oila bilan hamkorligi, ayniqsa, kuchayadi. Chunki ayni shu bosqichda o’quvchilarning kasbkorlarga moyilligi to’la qaror topadi.
Amerikada har bir o’quvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari yakunlangan attestat beriladi. Maktablar ta'limida elektron yozuv apparatlari, ta'lim televideniyasi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoappratlar, kompyuterdan asosiy vosita sifatida foydalaniladi.
Yaponiyada ta'lim tizimlarining tarkibi: bolalar bog’chalari, boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta'limdan iborat.
Bolalar bog’chalariga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta'lim kurslariga jalb qilinadilar.
Majburiy ta'limga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinib, ular 6 yillik boshlang’ich maktab va 3 yillik kichik o’rta,maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta'lim majburiy bo’lib, barcha bolalar bepul o’qitiladilar. Ota-onalar o’z bolalarini xususiy maktablarga berish xuquqiga ham egadirlar.
Yuqori bosqich o’rta maktabida kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqich maktablarida o’qish muddati 3 yil. Bu turdagi maktablarda o’qish ixtiyoriydir. Bu yuqori bosqich o’rta maktablarga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi. Unda umumiy ta'lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa sohalarga oid bilimlar o’rgatiladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta'lim tizimini tashkil etadi.
Yaponiyada boshlang’ich, o’rta va oliy o’quv yurtlaridan tashqari, «Ixtisos maktablari» hamda «turli» maktablar mavjud. Ularning ko’pchiligi xususiy bo’lib, turli firma, kontsern va sindikatlar uchun qisqa muddatli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinalari uchun dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasb o’rgatiladi. Yaponiyada ham turli xorijiy tillarni o’rgatishga ixtisoslashgan maktablar mavjud.
Yaponiya maktablarida asosiy e'tibor o’qituvchi faoliyatiga va darslikka qaratilgan, o’qituvchi hamda o’quvchi o’rtasida jonli muloqot muhim ahamiyatga ega.
Yaponiyada oilaviy byudjetning katta qismi bolalarning sara maktablarda puxta bilim olishlariga, universitetlarga kirib bilim olishlariga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Bolalar tarbiyasida onalarning mavqei va mas'uliyati, ayniqsa, kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini mas'ul deb x,isoblaydilar.
Yaponlar to’g’ri va halol turmush tarzyni qadrlaydilar. 1-sinfdan to 9-sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatida zaruriy shartdir.
Fransiyada ta'limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta'minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka va omilkorlikka o’rgatish, munosib kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga ( bo’linadi. O’Qitiladigan predmetlar ichida Fransuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt umumiy vaqtning 30 foizini tashkil etadi. O’quv rejasidagi 45 foiz darslar gumanitar yzshalishd^i, qolganlari tabiiy fanlardir.
Fransiya ta'lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqich «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi, ta'limda bolalarning maktabda o’qitishga tayyorlash muhim masala hisoblanadi.
Boshlang’ich ta'lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablarda o’qish majburiy va bepuldir.
Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir.
Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichida o’qish, asosan, 3 bosqichga bo’linadi:
- Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’yinga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashqul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga o’rgatiladi;
- Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo’lib, bu bosqichda o’qish 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov siklidagi predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi;
- Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.
Fransiyada maktablarning boshlang’ich bosqichida «Grajdanlik ta'limi», «Nafosat ta'limi» ham o’qitiladi. Nafosat ta'limiga musiqa, tasviriy san'at, sport kiritilgan.
O’quvchilar bilan individual ishlash, ularni rag’batlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ta'limda uzluksizlik hamda vorislikni ta'minlab borish boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yilgan bosh talabdir. O’qituvchi faoliyatiga keng erkinliklar ham beriladi, uning pedagogik mas'uliyatini oshiradi.
O’quv dasturining mazmunini bevosita o’qituvchining o’zi belagilaydi. O’qituvchi bolalar bilimiga to’la mas'ul bo’lib, uning uslub tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga ham to’la erkinliklar beriladi.
O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab, o’rta maktabga o’tadilar. O’rta ta'lim kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O’rta ta'lim 2 bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, kichik, katta sinf hisoblanadi.
O’quvchilar bosqichni tugatgach, kasbiy yo’nalishlar bo’yicha guvohnoma oladilar. Shundan keyin o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta'lim oladilar. O’qish 3 yil davom etadi: 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinf hisoblanadi.
O’quvchilar umumiy ta'lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplom uchun imtiqon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqiga ega bo’ladilar.
Germaniya ta'lim tizimida maktabgacha tarbiya tizimi muhim bosqich hisoblanadi. Majburiy ta'lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lib, 12 yil davom etadi.
Germaniyada boshlang’ich maktabda o’qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi.
O’quvchilar boshlang’ich maktabda to’la to’rt' yil o’qigandan keyin turli yo’nalishdagi maktabga o’tadilar, bu maktablar asosiy maxsus maktab, real bilim yurti, gimnaziya va umum -ta'lim maktablaridir.
Bolalar maktabda 9 yoki 10 yillik o’qishni tugatganlaridan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tadilar, maktabni muvaffaqiyatli tugatganlar xunarmandchilik va sanoat korxonalarida turli kasbni egallashlari mumkin. Asosiy maktabda hamma xorijiy til (asosan, ingliz tili)ni o’rganadilar, ta'limning samarali bo’lishiga ahamiyat beriladi.
Germaniyada real bilim yurti asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasidagi o’quv yurti hisoblanadi. qoidaga ko’ra, bu bilim yurtida o’qish 6 yil davom etadi (5-sinfdan 10-sinfgacha), o’quvchilar to’la o’rta ma'lumotga ega bo’ladilar.
Bilim yurtini tugatganlar maxsus o’rta o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladilar. Ikxisodiyot yoki davlat xizmatida o’rtacha mansabni egallaydilar.
To’qqiz yillik gimnaziya (o’qish 5-13 yillik) Germaniyadagi yuqori bosqich, an'anaviy maktab hisoblanadi. Germaniyada maxsus tipdagi, masalan, iqtisodiy, politexnik va boshqa gimnaziyalar ham mavjud. Gimnaziyani bitirganligi haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkoniyatini beradi.
Umuman, Amerika, Yaponiya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida ta'lim-tarbiyadagi tajribalarda mustaqil O’zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan va erishilgan yutug’larga o’xshash jihatlar borligi yorqin ko’rinadi. Bu - respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar «Ta'lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida jahon andozalariga mos tarzda amalga oshirilayotganligiga yorqin dalildir.
Download 20,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish