O`quv ishlari bo`yicha prorektor R. Jumayev Aruz qoidalari va mumtoz poetika fani bo`yicha universitetlarning


Aruz vaznidagi she’rni ruknga ajratish



Download 0,87 Mb.
bet3/53
Sana13.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#784910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
majmua AMPK

Aruz vaznidagi she’rni ruknga ajratish:
Ko`r-ga-li hus / nung-ni zo-ru / mub-ta-lo bo`l / dim sa-ngo,
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Ne ba-lo-lig`/ kun e-di-kim, / o-sh(i)-no bo`l / dim sa-ngo.
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
“Aruz” so`zi arabcha bo`lib, “chodirni ushlab turish uchun o`rtaga qo`yiladigan yog`och” degan ma’noni bildiradi2. Aruz vazni arab she’riyatida VIII asrdan, forsiy adabiyotda IX asrdayoq, turkiy adabiyotda XI asrdan qo`llanila boshlandi. Vazn har bir xalq yozma she’riyatiga kirib kelar ekan, shu xalqning til imkoniyatlariga ko`ra takomillashdi, o`ziga xoslik hosil qildi. Oqibat “arab aruzi”, “fors aruzi”, “turkiy aruz” kabi tushunchalar paydo bo`ldi.
Aruzni o`rganadigan fan – ilmi aruz, ya’ni aruzshunoslik dastlab, tabiiyki, arab adabiyotshunosligida boshlandi. Ilk tadqiqot Xalil ibn Ahmad qalamiga mansub bo`lib, “Al-aruz” deyiladi. Keyinchalik Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmad ibn Abdurabbih, Ibn al-Xatib at-Tabriziy kabi arab olimlari aruz vazni bilan bog`liq nazariy masalalar yoritilgan tadqiqotlar yaratdilar. Fors-tojiklarda ilmi aruz X asrda Mavlono Yusuf Nishoburiy tadqiqoti bilan boshlandi. Keyinroq bu fan Rashiddin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr” (XIII asr), Shams Qaysning “Al-mo`jam fi me’yor ash’or al-ajam” (XIII asr), Nasriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, Salmon Savojiyning “Qasidatun manuot al-aruz”(XIV asr), Abdurahmon Jomiyning “Risolayi aruz” asarlari ko`magida boyidi va takomillashdi. Turkiy allomalar Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abul Qosim Zamaxshariy kabilar arab va forsiyda bitilgan ilmiy asarlari orqali arab, fors, ayni damda, turkiy aruz taraqqiyotiga ham hissa qo`shdilar. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog`a” asari turkiy aruz ilmini boshlab berdi. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Z.M.Boburning “Muxtasar” asari turkiy aruz haqidagi salmoqli tadqiqotlardir.
Shoir Zokirjon Furqatning aruz haqidagi ilmiy risolasi nashr qilingan emas. 1936-yilda Aбдурауф Fitratning “Aruz haqida” risolasi chop qilindi. Unda asl ruknlar nomlarini o`zbekchalashtirish muammo sifatida qo`yilgan edi. Ammo bu ilmiy taklif e’tiborsiz qoldi. 1948-yilda olim S.Mirzayev “Navoiy aruzi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Afsuski, aruzga noto`gri munosabat tufayli ancha vaqt aruz fani taraqqiysi e’tiborsiz qoldi. Va nihoyat 1972-yilda Alibek Rustamov “Aruz haqida suhbatlar” risolasini chop ettirdi. Biroz tanaffusdan so`ng, 1985-yilda, Ummat To`ychiyev “O`zbek poeziyasida aruz sistemasi” nomli monografiyasini nashr qildirdi.
Mustaqillik yillarida aruz va aruz ilmiga e’tibor ortdi. Professor A.Hojiahmedov “Aruz nazariyasi asoslari”, “O`zbek aruzi lug`ati”, “Navoiy aruzi nafosati” kabi kitoblarini yaratdi. S.Ro`zimboyev “Aruzdan saboqlar”, A.A’zamov “Aruz”, A.Abdurahmonov “Aruz ilmidan saboqlar” asarlari bilan aruzshunosligimizning keyingi rivojiga hissa qo`shdilar3. M.Olimovning "Risolayi aruz" risolasi aruzni tushunishda qulaylik tug`dirishi bilan e'tirofga loyiqdir. Bu ilmiy asarlar aruz vaznini o`rganuvchi o`quvchi uchun muhim manbalar sanaladi.
XX asrga kelib yozuvimizning bir necha bor o`zgarishi aruz ilmi oldiga yangi vazifalar qo`ydi. Arab alifbosi asosidagi yozuvda qisqa va cho`ziq unlilarni farqlash imkoni yetarli edi. Yozuv o`zgarishi sababli bu imkoniyat yo`qoldi. Natijada harf, juzv atamalari faolligini yo`qotib, hijoga diqqat kuchaydi. Hijoni eng kichik ritmik bo`lak sifatida talqin qilgan olim A.Fitratdir. Hozirda aruz vaznidagi asar tadqiq etilar ekan, vazn taqte’si belgilanadi. Misol:
mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`iylun,
mafo`iylun / mafo`iylun / mafo`iylun.
V – – – / V – – – / V – – – ,
V – – – / V – – – / V – – – .
Aruzda yozilgan asar vaznini aniqlash yo`llarini o`rganish uchun bo`g`in va hijo farqlarini, hijoning ko`rinishlarini bilish zarur.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish