Fakultet dekani: D.Z.Rajabov
MUNDARIJA
t/r
|
O`quv uslubiy majmua elementlari
|
Betlar
|
1
|
Ma’ruzalar matni
|
4-102
|
2
|
Amaliy mashg‘ulotlar va seminar mashg’ulotlar uchun materiallar
|
|
3
|
Mustaqil ta’lim mavzularini o`zlashtirish bo`yicha zarur uslubiy ko`rsatmalar
|
|
4
|
Glossariy
|
|
5
|
Ilovalar
-fan dasturi
- ishchi dastur
- tarqatma materiallar
- testlar
|
|
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg`ulotlari)
1-mavzu: Aruz tizimi haqida umumiy ma’lumot. Aruzning nazariy asoslari. Turkiy aruzshunoslik
Reja:
“She’riy vazn” tushunchasi.
Aruz she'r tizimi haqida. Aruzning paydo bo`lishi. Nazariy asoslari.
Turkiy aruzshunoslik tarixi.
Aruz vazni turkiy adabiyotda ilk bor Yusuf Xos Hojib ijodida uchraydi. Misralardagi hijolar soni teng, qisqa-cho`ziqligi bir xil bo`lishiga, ya’ni sifati bir xilligiga asoslangan vazn.
Baytda rukn soni to`rtta, oltita, sakkizta bo`lsa ham birinchi misradagi oxirgi ruknning nomi “aruz” bo`lib qolaveradi. Aytaylik, ramali musaddasi solim vaznida yaratilgan g`azaldagi bir baytning taqte’si quyidagicha bo`ladi:
fo`ilotun / fo`ilotun / fo`ilotun,
fo`ilotun / fo`ilotun / fo`ilotun.
Birinchi misradagi oxirgi “foilotun”ning, ya’ni ruknning nomi “aruz” deb ataladi va shunday manzara hosil bo`ladi:
Sadr / hashv / aruz,
Ibtido / hashv / zarb.
Alisher Navoiy “Qur’oni karim” da, “Hadisi sharif”da aruz ohanglari borligi uchun aruz vazni haqidagi fanni sharif fan, deb hisoblaydi. Hazrat “Mezon ul-avzon” asarida shunday yozadi: “Bas, sobit bo`ldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, bu ilmni nechun “aruz” dedilar, muxtalif ahvol bor. Ul jumladin, biri bila iktifo qililur. Va ul budurkim, Xalil ibni Ahmad rahmatullohki, bu fanning voze’idur, chun arab ermish va oning yaqinida bir vodiy ermishki, oni “Aruz” derlar ermish va ul vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bahog`a kiyururlar ermish. Va uyni arab “bayt” der”1. Navoiy bu ilmning “aruz” deyilishini har kim har xil izohlashini ta’kidlab, o`ziga ma’qul bo`lgan fikrni keltiradi. Olimning fikricha, bu fanning asoschisi Xalil ibn Ahmad bo`lib, “aruz” so`zi uning yaqinidagi vodiy nomidan olingan.
“Bayt” arabcha so`z bo`lib, uy degan ma'noni anglatadi. Sababi, bir baytda, ya’ni ikki misrada kamida to`rtta rukn bo`lishi shart. Alisher Navoiy baytda kamida to`rtta rukn bo`lishi shartligi, ya’ni uy kamida to`rtta ustun tufayli tik turishini ta’kidlaydi. “Rukn” arabcha so`z bo`lib, ustun degani. Misralardagi hijolarning ma’lum tartibda guruhlanib kelishiga rukn yoki turoq deyiladi. Turoq barmoq vazniga, rukn aruz vazniga daxldorligi bilan farqlanadi. Ular orasidagi yana bir muhim tafovut shuki, ruknga ajratish jarayonida so`zni bo`laklab, ikki ruknga tegishli deb hisoblash mumkin. Ammo turoqda so`zlar bo`linmay, butunligicha saqlanadi. Misollarga diqqat qiling. Barmoq vaznidagi she’rni turoqqa ajratish:
4 5
Derazamga / uriladi qor,
4 5
Jaranglaydi / jarangsiz kumush.
Do'stlaringiz bilan baham: |