O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet464/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Penicillium griseofulvinum
ishlab 
chiqaradi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha zamburug‘larga qarshi qo‘llaniladigan 
antibiotiklardan farq qiladi. Grizeofulvinning fungistatik ta'siri chamasi nuklein 
kislotalarini sintezini susayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Sistemali (tarqalgan) 
mikozlarni rivojlantiruvchi 
Candida
, aktinomitsetlar va boshqa zamburug‘larga, 
bakteriyalar, 
rikketsiyalar 
va 
viruslarga 

ta'sir 
ko‘rsatmaydi. 
Dermatomikozlarni 
grizeofulvin 
bilan 
davolashda 
unga 
chidamlilik 
rivojlanmaydi. 
Me'da-ichak traktidan preparat yaxshi so‘riladi. Qonda 3-4 soatdan so‘ng 
eng katta konsentratsiyasi aniqlanadi. Grizeofulvin ko‘p miqdorda keratinni 
mujassamlashtiruvchi hujayralarda ko‘p miqdorda to‘planadi va shu sababli 
terining muguz qavati, tuklar va tirnoqlar dermatomitset zamburug‘larga qarshi 
chidamlilik orttiradilar. Grizeofulvin organizmdan sekin ajraladi. Qon 
zardobidagi miqdorini 50% kamayishi taxminan 20 soatlarda kuzatiladi. 
Preparatning kattagina qismi organizmda metabolizmga uchraydi (jigarda). 
Bunda hosil bo‘lgan birikmalar va o‘zgarmagan grizeofulvin buyrak va ichak 
orqali chiqariladi. 
Dermatomikozlarda rezorbtiv ta'sir uchun preparat ichiladi. Surtma 
sifatida dimetilsulfoksid (DMSO) bilan birga mahalliy qo‘llashadi. Grizeofulvin 
bilan davolashni boshqa zamburug‘larga qarshi vositalarni birgalikda mahalliy 
qo‘llash yaxshi natija beradi. 
Terbinafin (lamizil, terbizil) samarador sintetik preparatdir. U 
zamburug‘larning hujayra qobig‘i hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ergosterol 
sintezini susaytiradi. Fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Enteral kiritiladi. Terida, teri osti 
yog‘ to‘qimasida yig‘iladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyrak 


- 954 -
bilan ajraladi. Asosan onixomikozda (tirnoqlarni jarohatlanishi) qo‘llaniladi. 
Boshqa dermatomikozlarda (trixofitiya, mikrosporiya), terini 
Candida
bilan 
jarohatlanishida, kepakli temiratkida ham samarador. Preparatni enteral 
qo‘llaganda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, terida toshmalar, ba'zida mushaklar 
va bo‘g‘imlarda og‘riq, kamdan-kam hollarda jigar funksiyasida salbiy 
o‘zgarishlar kabi nohush ta'sirotlar kuzatiladi. Terbinafinni krem ko‘rinishida 
mahalliy ham qo‘llashadi. Terining zamburug‘li hastaliklarida bir qator dorilarni 
mahalliy qo‘llashadi mikonazol, klotrimazol, undetsilen kislotasi preparatlari va 
uning tuzlari (masalan, “sinkundan”, “undetsin”, mikoseptin surtmalari), 
nitrofungin, yod preparatlari va boshqalar. 
Kandidomikozlarni
1
davolashda 
nistatin 
(fungistatin, 
mikostatin) 
antibiotigini ayniqsa ko‘p qo‘llashadi. Uni 
Streptomyces noursei
ishlab 
chiqaradi. Amfoteritsin B kabi polien tuzilishli antibiotiklarga mansub. 
Nistatinning fungistatik va fungitsid ta'siri 
Candida
tipidagi zamburug‘larning 
hujayra qobig‘i o‘tkazuvchanligini buzilishi bilan bog‘liqdir. Kandidamikozlarni 
davolashda nistatinga chidamlilik odatda rivojlanmaydi. Bakteriyalarga preparat 
juda katta konsentratsiyalardagina ta'sir etganligidan u amaliy ahamiyatga ega 
emas. Kandidamikozni septik shaklida nistatin ichilganda qonda fungistatik 
konsentratsiya hosil qiladigan juda katta dozalarda qo‘llangandagina samarador. 
Keng tarqalgan kandidomikozda nistatinning samaradorligi yetarlicha bo‘lmasa 
uni amfoteritsin B bilan almashtirishadi. 
Kandidomikoz bilan me'da-ichak trakti jarohatlanganda nistatin enteral 
qo‘llaniladi. U ichakdan yomon so‘riladi. Uni mahalliy ham qo‘llashadi. 
Bemorlar nistatinni yaxshi qabul qiladilar. Uning zaharliligi past. Nohush 
ta'sirotlar sifatida ba'zan dispepsik o‘zgarishlar (ko‘ngil aynishi, diareya)ni 
kuzatishadi.
Kandidomikozlarni davolashda levorin yoki uni natriyli tuzini qo‘llashadi. 
Levorin polien guruhi antibiotiklariga mansub. 
Streptomyces levoris
mahsulotidir. Nistatinga nisbatan zaharliroq.


- 955 -
_____________________________________ 
1
Kandidomikozlarni qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib odatda Candida albicons 
hisoblanadi. U ko‘proq me'da-ichak trakti, bronxlar, jinsiy a'zolarning shilliq 
qavatlari hamda terini shikastlaydi. Mikoz chegaralangan yoki disseminirlangan 
bo‘lishi mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish