O’quv darslik


SODDA JONIVORLARGA VA ZAMBURUG’LARGA QARSHI



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
SODDA JONIVORLARGA VA ZAMBURUG’LARGA QARSHI 
VOSITALAR 
Patogen sodda jonivorlar qo‘zg‘atadigan hastaliklarni davolash uchun 
juda ko‘p preparatlar taklif etilgan. Quyida keltirilgan tasnifda ularni asosiy 
guruhlariga tegishli ximioterapevtik vositalar ko‘rsatilgan. 
1) Bezgakni profilaktikasi va davolash vositalari: 
Xingtamin Primaxin Xloridin Xinin Mefloxin Sulfanilamidlar va Sulfonlar 
2) Amebiazni davolash vositalari: 
Metronidazol Xintamin Tetratsiklinlar Xiniofon Emetin gidroxlorid 
3) Lyambliozni davolash vositalari: 
Metronidazol Furazolidon Akrixin 
4) Trixomonozni davolash vositalari: 
Metronidazol Tinidazol Trixomonotsid Furazolidon 
5) 
Toksoplazmozni davolash vositalari: 
Xloridin Sulfadimizin 
6) Balantidiozni davolash vositalari: 
Tetratsiklinlar Monomitsin Xiniofon 
7) Leyshmaniozni davolash vositalari: 
Solyusurmin Natriy stigoglyukonat Metronidazol 
BEZGAKNI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA QO‘LLANILADIGAN 
VOSITALAR 
Iqlimi iliq bo‘lgan ko‘pgina davlatlarda bezgak hozirgacha eng ko‘p 
uchraydigan hastalik bo‘lib qolmoqda. Bizni davlatimizda bezgak juda kam 
uchraydi. Bezgakni qo‘zg‘atuvchisi plazmodilardir. Uch kunlik bezgakni 
Plasmodium vivax va P. ovale, tropik bezgakni P. Falciparum, to‘rt kunlikni P. 
Malariae rivojlantiradi. Bezgakni eng ko‘p qo‘zg‘atuvchi P. vivax va P. 


- 929 -
falciparum hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi rivojlanishi ikkita sikldan iborat. 
Inson organizmida jinssiz (shizogoniya) sikli, chivin tanasida jinsiy 
(sporogoniya) sikli kechadi. 
Chivin chaqqanda inson organizmiga sporozoitlar tushib tezda jigar 
hujayralariga o‘rnashadi. U yerda ular rivojlanish siklini (plazmotsitlarni 
preeritrotsitar shakllari) o‘tadilar va keyin bo‘linib to‘qima merozoitlariga 
aylanadilar. Merozoitlar qonga o‘tib eritrotsitlar ichiga kiradilar va u yerda 
eritrotsitar shakllarini rivojlanishi o‘tadi. Ularda shizontlar yetilgach uni yuqori 
darajada bo‘linishi (merulyasiya) kuzatiladi. Bunda hosil bo‘lgan eritrotsitar 
merozoitlar (morulalar) qonga chiqib boshqa eritrotsitlarga kiradilar va 
shizogoniya sikli yana qaytalanadi. Eritrotsitlarni yorilishi va merozoitlarni 
qonga chiqishi vaqti isitmalash hurujida namoyon bo‘ladi. 
Eritrotsitar merozoitlarning bir qismidan erkak va ayol jinsiy hujayralar – 
gamontlar hosil bo‘ladi. Ularni urchishi faqat chivin tanasida kechadi. Jinsiy sikl 
sporozoitlarni hosil bo‘lishi bilan tugallanadi va ular chivin chaqqanda uning 
so‘lagi orqali inson qoniga o‘tadi va bezgak plazmodiylarining yangitdan jinssiz 
rivojlanish sikli boshlanishiga sabab bo‘ladi. 
Uch kunlik, balki to‘rt kunlik bezgakda preeritrotsitar sikl nihoyasida 
to‘qima merozoitlarining bir qismi yana jigar hujayralariga kiradilar va u yerda 
davomlimuddatda rivojlanish klinik belgilarni yuzaga chiqarmagan holda, siklni 
qaytaradilar. Plazmodiylarni bu shakli paraeritrotsitar deb nomlangan. Ular 
plazmodiylarning 
eritrotsitar 
tsiklini 
rivojlanishi 
va 
hastalikni 
kech 
qaytalanishini ta'minlaydilar. Tropik bezgakda paraeritrotsitar shakl bo‘lmaydi. 
Bezgak ximioterapiyasida birinchi marta xin daraxti po‘stlog‘idan 
ajratilgan xinin qo‘llangan. Keyinchalik juda ko‘p sintetik preparatlar yaratilgan. 
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bezgakka qarshi vositalar quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
A) Xinolin unumlari: 
4-o‘rin olgan xinolinlar 


- 930 -
Xingamin (xloroin) Xinin Mefloxin 
8-aminoxinolinlar 
Primaxin 
B) Pirimidin

unumlari 
Xloridin (pirimetamin) 
Bezgakka qarshi vositalar bir-biridan inson organizmida plazmodiylarni 
rivojlanish shakllariga nisbatan ta'sir etishi bo‘yicha farq qiladilar(31.1-rasmga 
qarang). Shunga asosan quyidagilarga ajratilgan: 
1) Gematoshizotrop vositalar (eritrotsitar shizontlarga ta'sir etadilar) 
2) Gistoshizotrop vositalar (to‘qima shizontlariga ta'sir etadilar) 
a) preeritrotsitar (birlamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar 
b) paraeritrotsitar (ikkilamchi to‘qima) shakllariga ta'sir ko‘rsatuvchilar 
3) gamontotrop vositalar (jinsiy shakllarga ta'sir ko‘rsatadilar). 
Bezgakka qarshi vositalarni ta'sir yo‘nalishini bilish ularni bezgakni 
davolash va oldini olishda qo‘llash samaradorligi uchun katta ahamiyatga ega. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish