Tibbiy-profilaktika va davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza
BEZGAK (MALYaRIYa) Bezgak – vakti-vakti bilan tutadigan isitma xurujlari bilan ta’riflanadigan utkir yukumli kasallik bulib, xurujlar paydo bulishi konuniyati, bezgak kuzgatuvchisining rivojlanish sikliga tugri keladi.
Tarixi: Bezgak kasalligi insoniyatga eramizdan avval xam ma’lum bulgan. Birinchi bulib Bukrot (eramizdan oldingi 430-377 yillar) bezgakni isitma bilan kechadigan kasalliklar orasidan ajratib olgan va bu kasallikni kelib chikishida «yomon suvni» «nam iklimni» axamiyati borligini aytib ketgan. Jenevalik xakim Morton (1696 yil) birinchi bulib bezgak kasalini klinik manzarasini ezib koldirgan va davolash uchun xinna daraxtini pustlogini tavsiya etgan. Italiyalik olim Lancici (1717 yil) bezgak kasalini botkoklik erlarga alokasi borligini tasdiklab bergan. Shuning uchun bezgak kasalini dunyo buyicha ataladigan nomi «Malyariya» italiyancha suz bulib, (Malaria) sassik, buzilgan xavo degan ma’noni bildiradi. Fransiyalik xakim A.Laveran (1880 yil) birinchi bulib bezgak bilan ogrigan bemorlarni konida kasallikni kuzgatuvchisi (Pl.falciparum) borligini aniklagan. Bu kuzgatuvchi I.M.Mechnikov (1887 yil) tomonidan Protozoa tipiga kiritildi. Xindistonda ingliz olimi Ross R. (1887 yil) anofeles chivinining urgochisi insonni chakkanda bezgak kasalini kuzgatuvchisi yukishini aniklagan. D.L.Romanovskiy (1891 yil) plazmodiylarning buyalish usulini ishlab chikdi.
XX asr olimlari bezgak kuzgatuvchisi biologiyasini va kasallikni patogenezini urganishda juda katta yutuklarga erishishdi. Short H.E., Iarnham P.C. et al., (1948 yil) ekzoeritrotsitar shizogoniya davrini borligini aniklashdi. Zadda R.I. (1969 yil) merozoitlarni eritrotsitlarning ichiga kirish mexanizmini aniklashdi. Lo’senko A.N. va bosh. (1976 yil) Pl.vivax sporozoitlarini politipligini masalasi ilgari surildi.
1955 yil BSSTning VIII sessiyasida «bezgakni tag-tomiri bilan tugatish» dasturi kabul kilindi. Shu dastur kursatmalariga amal kilgan xolda olib borilgan ishlar natijasida bezgak kasali dunyo buyicha kamaydi, lekin butunlay tugatila olinmadi. Chunki sotsial omillar, mablag etishmovchiligi, plazmodiyni va chivinlarni dorilarga chidamliligini ortishi va boshka bir kancha sabablar bu dasturni amalga oshirishga tuskinlik kildi. Natijada bezgak kasalining tabiiy uchogi uz faolligini saklab koldi va bezgakdan xoli bulgan regionlarga bezgak kirib kela boshladi. Shu munosabat bilan BSSTning XXXI sessiyasida yangi dastur kabul kilindi. Bu dasturda oldimizga kuyilgan va bajarilishi shart bulgan tadbirlardan asosiylari kuyidagilardir: