Pl.vivax - 3 kunlik bezgak kuzgatuvchisi;
Pl.malariae - 4 kunlik bezgak kuzgatuvchisi;
Pl.falciparum - tropik bezgak kuzgatuvchisi;
Pl.ovale - ovale bezgagini kuzgatuvchisi.
Damine N.A. (1968 yil), Fong, Cadogan (1971 yil) fikrlariga karaganda bezgakni maymunlarda kuzgatuvchisi Pl.knowlensi, Pl.cynomalgi, Pl.cynomalgi bostianclli, Pl.inui, Pl.brasiliamum, Pl.shortii, Pl.simiumlar fakat tajribada emas balki tabiiy sharoitda xam bezgak kasalini kuzgatishi mumkin va chivinlar erdamida soglom odamga yukishi mumkin ekan.
Bezgakni kuzgatuvchi parazit uz xaet faoliyati davomida xujayinini uzgartirib murakkab rivojlanish jarayonini bosib utadi. Anofeles organizmida jinsiy rivojlanish davrini (sporogoniya) umurtkali xujayin odam organizmida jinssiz rivojlanish (shizogoniya) davrini utadi (1-rasm).
Sporogoniya. Anofeles chivinini urgochisi bezgak bilan ogrigan bemorni eki soglom parazit tashuvchini chakkanda kon bilan birga chivin me’dasiga mikro- va makrogametatsidlar tushadi. Mikrogameta uzidan 4-8tacha xivchin chikarib, makrogametaga urchitadi. Urchigan xujayra zigota davridan sporotsistalar davrigacha rivojlanib uzida 10000tacha sporozoitlar xosil kiladi. Keyinchalik sporotsista erilib, sporozoitlar sulak bezi orkali ajrala boshlaydi. Sporogoniya davri Pl.vivaxda – 10 kun, Pl.falciparumda – 12 kun, Pl.ovale, Pl.malariada – 16 kun davom etadi. Shunday chivin soglom insonni chakkanda kon surishi bilan birga inson organizmiga sporozoitlarni yuktiradi va inson organizmida jinssiz rivojlanish (shizogoniya) davri boshlanadi.
Shizogoniya: Inson organizmida bezgak kuzgatuvchisi xujayra shizogoniya va eritrotsitar shizogoniya davrini utadi. Sporozoitlar inson koniga tushgach yarim soat davomida konda aylanib yuradilar. Sungra gepatotsitlar ichiga kira boshlaydilar. Gepatotsitlarda xujayra trofozoiti va xujayra shizondi davrini bosib utib xujayra merazoiti davrigacha rivojlanadi. Bunda Pl.vivaxda 1ta sporozoitdan 10000tagacha, tropik bezgakda 40000-50000tagacha, turt kunlik bezgakda esa 75000tagacha, ovale bezgagida 15000tagacha merozoitlar xosil buladi. Kupayish bulinish yuli bilan buladi. Xujayra shizogoniya davri uch kunlik bezgakda 6 kun, tropik bezgakda 8 kun, ovale bezgagida va turt kunlik beznakda 15 kun davom etadi. Bunday kiska vakt ichida xujayra shizogoniyasi davrini tugallanishi taxisporozoitlarga ta’lukli, Pl.vivax sporozoitlari politipik bulgani uchun (ularning ma’lum bir kismi) bradisporozoitlar, gipnosporozoitlar (xujayra shizogoniya davrini birmuncha kechrok) 8-14 oydan sung tugallashlari natijasida kasallikni yashirin davrini uzaytirishda yoki kechikib keladigan residivga sababchi buladilar.
Eritrotsitar shizogoniyaning boshlanish davrida jigar xujayralaridan chikkan merazoitlar kizil kon tanachalarining membranasidagi antigenlar bilan uzaro munosabatda buladilar (Pl.falciparum glikoforinlar bilan, Pl.vivax esa Daffi izoantigenlari Fya-Fyb bilan, va xokazo) va vakuola xosil kilib eritrotsitlar ichiga kirib oladilar va rivojlanishni davom ettiradilar. Eritrotsitlarni ichida parazit yosh trofozoit fazasidan eritrotsitar shizont davrigacha ulgayadi va bulingan eritrotsitar merazoit xosil buladi (bezgak kuzgatuvchisi turiga karab 6-24gacha). Xujayra eritrotsitar shizogoniya davri – Pl.vivax, Pl.ovale va Pl.falciparumlarda 48 soatda, Pl.malariada 72 soatda tugallanadi. Bu davrda Pl.vivax va Pl.ovale yosh eritrotsitlarda (retikulotsitlarda) parazitlik kilsa, Pl.malaria balogat yoshidagi eritrotsitlarda, Pl.falciparum esa xamma yoshdagi eritrotsitlarda yashaydi. Eritrotsitlardan chikkan merazoitlarning bir kismi yana kaytadan eritrotsitlarga kirib, oldingi boskichni kaytadan bosib utsa, kolgan kismi jinsiy xujayralarga (mikro- va makrogametotsitlarga) aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |