1.Suvda eruvchi vitaminlar preparatlari.
Bu guruxga salmoqli miqdor vitaminlar mansub, shu jumladan B gurux,
C vitamin va boshqalar (1. jadvalga qarang)
Tiamin (vitamin
B
1
) bug‘doy uni, gruch, no‘xot kepagida xamirturush va boshqa
o‘simlik va xayvonot maxsulotlarida ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Tiamin ichakdan so‘rilib fosforlanadi va tiaminpirofosfatga aylanadi
(tuzilishiga qarang). Bu shaklda u ketokislotalarning (pirouzum -ketoglyutar)
dekarboksilazalari uchun xamda glyukozani pentofosfat yo‘lida parchalanishida
ishtirok etuvchi transketolazlar uchun koferment bo‘ladi.
Tiamin etishmovchiligida uglevodorod almashinuvi keskin buziladi,
keyinroq metabolizmning boshqa turlari xam o‘zgaradi. Qon va to‘qimalarda
pirouzum kislotalri to‘planib qoladi.
B
1
-gipovitaminozlari polinevrit, mushaklar xolsizligi, sezishni buzlishiga
olib keladi. Ushbu vitamin etishmovchiligining og‘ir darajasida (beri-beri
- 638 -
xastaligida) parez va paralichlar rivojlanishi mumkin. Yurak tomir sistemasi
funksiyasi xam buziladi. Ko‘pincha taxikardiya, yurak dilatatsiyasi va shishlari
bilan kechuvchi yurak etishmovchiligi rivojlanadi. Dispepsik o‘zgarishlar
kuzatiladi.
Tiamin tuzlarini parenteral(mushakga) kiritganda preparatning qonga
o‘tgan miqdori yetarli darajada yuqori bo‘ladi. Ularni ichakda so‘rilishi
cheklangan. Muxitning yuqori ishqoriyligida tiaminni parchalanishini xisobga
olmoq kerak. Tiaminni ma’lum miqdori to‘qimalarda to‘planadi(depolanadi)
tiamin va uni almashinish maxsulotlari organizmda buyrak orqali ajraladi.
Tiaminni yetishmovchiligida, nevritlarda, nevralgiyalarda, parezlar,
radikulit, ko‘pgina teri xastaliklarida, hamda me’da-ichak trakti, yurak tomir
sistemasining patalogik xolatlarida qo‘llaniladi.
Amaliyot uchun tiamin bromid va tiamin xlorid
1
chiqariladi (ichiladi va
parenteral kiritiladi). Tiamin preparatlarini qo‘llaganda zaxarli ta’sir yuzaga
kelmaydi. Ba’zan allergik reaksiyalar kuzatiladi.
Riboflavin
2
(vitamin B
2
) katta miqdorda jigar, buyrak, tuxumlar, sut
maxsulotlari, xamirturush, boshoqli donlarda bo‘ladi.
Ichakdan so‘rlib riboflavin ATF ishtirokida fosforlanadi va quyidagi
kofermenlar shakliga aylanadi (tuzilishiga qarang): FMN va FAD.Ikkala
koferment xam oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida degidrogenaza va
oksidazalar tarkibida qatnashadilar. Tarkibida riboflavin bo‘lgan fermentlarini
odatda flavin fermentlari deb atashadi.
Riboflavin etishmaganda angulyar stomatit (xeyloz) rivojlanadi – og‘iz
burchaklarida, lablarda yoriq xosil bo‘ladi. Glossit (tilning so‘rg‘ichlari
tekislangan, tilning rangi qip-qizil bo‘lib pushtiroq tusga ega bo‘ladi), burun va
quloq suprasi oldidagi terining jaroxatlanishi. Vaskulyar keratit juda xos( shox
parda atrofida konyuktiva tomirlarni kengayishi ). Yorug‘likdan qo‘rqish
ko‘zning yoshlanishi keratit kuzatiladi. Ba’zan ko‘rishning buzilishi
- 639 -
kuzatiladi(gemeralopiya). Riboflavinning etishmovchiligi ko‘pincha kamqonlik
(anemiyaga) olib keladi.
Me’da ichak traktida riboflavin yaxshi so‘riladi. Ko‘p miqdorda
to‘qimalarda depolanadi. Buyrak orqali ajraladi.
1
B
1
-gipo- va avitaminozlarda berilmaydi. Mushak va tomir ichiga kiritiladi.
2
lotinchadana flavus-sariq.
Riboflavinni uning yetishmovchiligida, hamda keratit, kon’yuktivit, irit,
bir qancha teri va yuqumli kasaliklarida, nurlanish xastaliklarida qo‘llaniladi.
Ichishga va mahaliy qo‘llashga tavsiya etiladi. Riboflavin mononukleotidni
parenteral qo‘llaniladi. Riboflavinni qo‘llaganda zaxarli ta’sir kuzatilmaydi.
Nikotin kislotasi va nikotinamidni vitamin PP
3
deb yuritiladi.
Organizmda nikotin kislotasi- nikotin kislotsi amidiga aylanishi xaqida
ma’lumot bor.
Tiaminni ikki fosforli efiridan iborat kakorboksilaza (tiamin pirofosfat,
kotiamin) preparati ham chiqariladi. Karboksilazaning kofermentidir. Yurak
ritmining buzilishlari, toj tomirlarda qon aylanishini yetishmovchiligida, turli xil
etiologiyali atsidozlarda, qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan, komatoz va
prekomatoz xolatlarida qo‘llaniladi.
N
N
N
H
2
CH
2
N
+
S
CH
3
CH
2
CH
2
OR
C
H
3
P
O
P
OH
OH
O
O
OH
R
Tiaminikkifosfat
- 640 -
(fosfat
kislotasining
qoldiqlari)
D- Ribitol (R = H)
N
NH
N
N
C
H
3
C
H
3
C
H
2
CH
2
O
OH
OH
OH
H
H
H
O
O
P
O
OH
OH
6,7 – dimetilizoalloksavin
(Fosfor kislota qoldig‘i)
3
Pellagra preventing (ingl.) – pellagrani oldini oluvchi.
- 641 -
P
O
N
N
N
N
O
H
OH
OH
H
H
H
OCH
2
P
O
OH
O
OH
NH
2
(adenil kislota qoldig‘i)
Nikotin kislotasining amidi ikkita axamiyatli kofermentlar(tuzilishiga karang):
nikotinamidadenindinukleotid NAD (kodegidraza I ) va NADF (kodegidraza II)
hosil bo‘lishida qatnashadi. Degidrogenazalar bilan ular nafasning ma’lum
boskichda vodorod (protonlarning) va elektrolitlarning akseptori sifatida
oksidlanish jarayonida qatnashadilar.
Nikotinamid organizmda qisman triptofandan hosil bo‘ladi. Ovqatda vitamin PP
ning bo‘lmmasligida pellagra rivojlanadi. Uning asosiy belgilari diareya,
dermatit (terining ochiq joylarining yallig‘lanishi hosdir), demensiya
1
(ortirilgan
aql noqisligi), bundan tashqari glossit (tilning yallig‘lanishi), gastrit va boshqa
belgilar kuzatiladi.
Nikotinamid va uning koferment shakllarining kimyoviy tuzilishlari
Flavin adenin
dinukleotid (FAD)
Fosfat kislota qoldig’i
- 642 -
N
+
C
NH
2
O
R
NH
N
N
N
C
O
C
H
2
O
P
O
P
O
CH
2
O
NH
2
OR
1
OH
H
H
H
H
H
H
H
O
H
OH
H
H
O
OH
OH
O
Nikotinamidadenin
dinukleotid
(NAD)
Nikotinamid adenin dinukleotid fosfat (NADF)
1
lotincha de – dan, mens – aql
Nikotin kislotasi vitaminlik funksiyasidan tashqari yaqqol ammo faol bo‘lmagan
tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega. Bu yuzning qizarishi,bosh aylanish,qon
bosimini tushishi,taxikardiya va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Nikotinamid
bunday xossaga ega emas. Nikotin kislotasi (qonda xolesterin va erkin yog‘
kislotalarini kamaytiradi) yog‘ almashinuviga xam ta’sir ko‘rsatadi.
Ovqat xazm qilish traktidan nikotin kislotasi va nikotinamid yaxshi so‘riladi.
Nikotin kislotasi va nikotinamidni pellagra, jigar xastaligida, gipoatsid gastrit,
teri xastaliklarida enteral va parenteral qo‘llaniladi. Nikotin kislotasini ba’zan
tomirlar spazmida, xamda gipolipidemik vosita sifatida beriladi. Ikkala birikma
- 643 -
ham kamzaxar. Nikotin kislotasi tomirlar reaksiyasini rivojlantirishi mumkin.
Uni katta dozalarda davomli qo‘llaganda jigarning yog‘li distrofiyasi rivojlanishi
mumkin. Buni oldini olish uchun metionin(jigarda ortiqcha yog‘ni sarflashga
imkoniyat tug‘duruvchi aminokislota) dan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |