11. Qaytar ta’sir
– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning
mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir
turidir. Masalan, prozerinning yoki galantaminning atsetilxolinesteraza fermenti
bilan bog‘lanishi.
12. Qaytmas ta’sir
– ayrim dori moddalarida “modda-retseptor” orasidagi
bog‘lanishning kovalent bog‘lar orqali amalga oshirilishi natijasida mustahkam
bog‘lanish paydo bo‘lishi. Bu holda dori moddasining ta’siri juda ham uzoq
davom etishi mumkin. Masalan, armin preparatining atsetilxolinesteraza
fermenti bilan bog‘lanishi “qaytmas” ta’sirga asoslangan.
13. Allergik
6
ta’sir
– organizmga kiritilayotgan dori moddasini organizm
antigen sifatida qabul qilishi natijasida yuzaga chiqadigan o‘ziga xos samara
hisoblanadi. Ko‘pincha allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Allergik reaksiyaning yuzaga chiqishi kiritilayotgan dori moddasining dozasiga
bog‘liq emas. Bunda dori moddasi antigen (allergen) vazifasini bajaradi. Dori
allergiyasining odatda 4 turi mavjud:
I turi– tezkor turdagi allergik reaksiyalar.
Mazkur yuqori sezuvchanlik
allergik reaksiyaga IgE – antitanachalarning jalb qilinishiga bog‘liq. U eshakem,
tomirlar shishi, tumov, bronxospazm va anafilaktik shok orqali namoyon
6
Yunonchadan
allos
– boshqа,
ergon
– ta’sir, samara
- 52 -
bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ko‘pincha penitsillinlar, sefalosporinlar,
sulfanilamidlar va b. qo‘llanilganida yuzaga chiqishi mumkin.
II turi.
Allergik reaksiyaning mazkur turida komplement tizimini
faollashtiruvchi IgG- va IgM-antitanachalar qonda aylanib yuruvchi hujayralar
bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularning lizisini chaqiradi. Masalan, analgin
qo‘llanilganda agranulotsitoz, metildofada esa gemolitik anemiya paydo bo‘lishi
mumkin.
III turi.
Mazkur turdagi allergik reaksiyaning yuzaga chiqishida shubhasiz
IgG-, shuningdek, IgM- va IgE-antitanachalar (+komplement) ishtirok etadi.
Ular “antigen–antitanacha–komplement” kompleksini hosil qiladilar va u qon
tomirlar endoteliysi bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularni shikastlaydi. Natijada zardob
kasalligi deb nomlanadigan kasallik paydo bo‘ladi. Ushbu kasallik eshakem,
artralgiya, artrit, limfadenopatiya, tana haroratining oshishi kabilar bilan
kechadi. Zardob kasalligini penitsillinlar, sulfanilamidlar va b. chaqirishi
mumkin.
IV turi.
Ushbu turdagi allergik reaksiya immunitetning hujayra
mexanizmlari orqali ifodalanadi va unda sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlar
hamda makrofaglar ishtirok etadilar. Ko‘pincha dori moddasini mahalliy
qo‘llanilganda yuzaga chiqadi va dermatit bilan namoyon bo‘ladi.
14. Idiosinkraziya
7
– bu dori moddasiga nisbatan organizmning atipik
reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Bunda organizmdagi fermentopatiyalar natijasida
qo‘llanilayotgan dori moddasiga nisbatan ko‘tilmagan og‘ir ko‘rinishdagi
nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, agarda bemor qonida
fermentopatiya
natijasida
psevdoxolinesteraza
fermenti
etishmovchiligi
bo‘ladigan bo‘lsa, u holda miorelaksantlar guruhiga mansub bo‘lgan ditilin
preparatining ta’sir davomiyligi odatdagi 5-7 daqiqa o‘rniga 6-8 soatgacha
cho‘zilib ketishi mumkin. Bunday nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida shifokor oldindan
7
Yunonchadan
idios
– o‘ziga xos,
synkrasis
– aralashish, siljish
- 53 -
bilib qo‘ymasa, keyin bemorga yordam ko‘rsatishda katta qiyinchiliklarga
uchrashi mumkin.
Ko‘pincha dori moddalarning dozasini behosdan yoki suitsedal
maqsadlarda o‘ta oshirib yuborish yohud ularni homiladorlik paytida noo‘rin
ishlatish oqibatida turli salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Bularda yuzaga
chiqadigan ta’sir turlarini alohida keltirib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz.
15. Mutagen
8
ta’sir
– bu dori moddasi ta’sirida embrionning hujayralarini
hamda genetik apparatini kuchli darajada izdan chiqarib tashlashi natijasida
uning o‘zidan keyingi nasli genotipining ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishidir.
Bunday ta’sir yangi dori vositalarini yaratish jarayonida eksperimental
hayvonlarda o‘rganiladi va agarda yangi yaratilayotgan preparatning mutagen
ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, u holda bunday preparatni klinik sinovdan
o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
16. Kanserogen
9
ta’sir
– dori moddasi ta’sirida xavfli o‘smalar paydo
bo‘lishi. Bunday ta’sir ham yangi yaratilayotgan dori vositalarini eksperimental
hayvonlarda o‘rganish bosqichida aniqlanadi va agarda preparatning kanserogen
ta’siri borligi aniqlansa, bunday preparat klinik sinovdan o‘tkazilmaydi.
17. Embriotoksik
10
ta’sir
deb dori moddasini homiladorlikning dastlabki 12
haftasigacha bo‘lgan davrda qabul qilinganda yuzaga chiqadigan toksik yoki
zaharli ta’siriga aytiladi.
18. Fetotoksik
11
ta’sir
– dori moddasining homiladorlikning 12 haftasidan
boshlab u tug‘ilganiga qadar qabul qiliganida yuzaga chiqadigan toksik yoki
zaharli ta’siridir.
19. Teratogen
12
ta’sir
– dori moddasini homiladorlik paytida qabul qilinishi
oqibatida uning homilaga nisbatan salbiy ta’siri tufayli bolaning turli
anomaliyalar bilan mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishidir.
8
Lotinchadan
mutatio
– o‘zgarish,
genos
– kelib chiqish
9
Lotinchadan
cancer
– qisqichbaqа (rak), xavfli o‘sma
10
Yunonchadan
embryon
– homila, murtak
11
Lotinchadan
fetus
– homila
- 54 -
Do'stlaringiz bilan baham: |