ADRENERGIK SINAPSLARGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR.
Simpatik nervlarning postganglionar tolasi oxirida joylashgan neyro-
effektor sinapslarda qo‘zg‘alish impulsining o‘tkazilishi mediator-noradrenalin
(NA) vositasida amalga oshadi. Simpatik nerv tolalarinig oxiri effektor a’zo
ichida tarmoqlanib, nozik to‘r hosil qiladilar. Ularning uchlari kengaygan bo‘lib,
u erda NAning sintezi kechadi va NA to‘planadi. NA fenilalanindan hosil
bo‘ladi (fenilalanin-tirozin-DOFA-NA-adrenalin), bunda bir qator fermentlar
ishtirok etadi. DOFA va dofamin neyronlar, NA bo‘lsa, vezikulalarda hosil
bo‘ladi, chunki dofamin β-gidorksilaza faqat vezikulalarda uchraydi. Adrenergik
nerv tolalarida NA uch xil turdagi zahira sifatida yig‘iladi:
-
(labil) o‘zgaruvchan-vezikulalarda;
-
(stabil) turg‘un-vezikulalarda;
-
erkin-sitoplazmada;
Simpatik nervlarni qitiqlaganda ularning oxiridan sinaptik yoriqchaga NA
ajraladi va postsinaptik membranada joylashgan adrenoretseptorlar bilan
bog‘lanib, ularning depolyarizatsiyalaydi. Adrenoretseptorlarning har-xil
kimyoviy birikmalarga sezgirligi bir xil emas, shuning uchun quyidagi
adrenoretseptorlar tafovut qilingan:
α
1
-adrenergik sinapsning postsinaptik membranasida joylashgan.
α
2
-adrenergik sinapsning presinaptik membranasida (uni qo‘zg‘atilsa NA
ajralishi kamayadi), sinapslardan tashqarida, asosan tomirlarning nerv tolalari
etmagan ichki qavatida joylashgan (intima), xoynaxoy qondagi adrenalin bilan
qo‘zg‘alsa kerak.
β -adrenoretseptorlar postsinaptik membranada joylashgan bo‘lib, β
1
-
yurakda, β
2
-bronxlar, tomirlarda, bachadonda bor.
- 276 -
Presinaptik membranada joylashgan β
2
-adrenoretseptorlar xam, bo‘lsa
kerak deb taxmin qilinadi (uni qo‘zg‘atilsa NA ajralishi ortadi).
Adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi, ularga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bilan
namoyon bo‘ladi. Odatda α- adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda a’zoning faolligi
ortadi (ichak mushaklardan tashqari, ularning tonusi pasayadi). β-
adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda, a’zoning faolligi susayadi (yurakdan
tashqari:-taxikardiya, qisqarish kuchi ortadi, avtomatizm ortadi, o‘tkazuvchanlik
engillashadi). To‘qimalarda α va β-adrenoretseptorlarning nisbati har xil. Teri,
buyrak, ichak qon tomirlarda, me’da-ichak traktining sfinkterlarida,
qorataloqning trabekulalarida α-adrenoretseptor ustunlik qiladi.
Bronxlar va sklet mushaklari tomirlarida, hamda yurakda asosan β-
adrenoretseptorlar bor. Uglevod va yog‘ almashinuvini boshqaruvchi funksional
faol makromlekulalarda xam β-adrenoretseptorlar bor, chunki adrenomimetiklar
ta’sirida adrenilatsiklaza faollashadi, ATFdan sAMF hosil bo‘lishi ortib, u
proteinkinaza va fosforilaza fermentlarining faolligini navbatma-navbat
oshiradi. Natijada glikogen parchalanishi tezlashadi-giperglikemiya yuzaga
keladi.
sAMFning ko‘payishi triglitseridlipaza fermentini ham faolligini oshiradi.
Natijada, triglitseridlar parchalanib, glitserin va yog‘ kislotalarining miqdori
oshib ketadi. NA adrenoretseptoplarga qisqa ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning 75-
80% presinaptik membranaga tez qayta so‘riladi (neyronal yutilishi) va zahira
qilinadi. NAning qolgan qismi effektor xujayralarga yutiladi (ekstraneyronal
yutilish – asosan silliq mushaklar) va KOMT (katexol-o-metiltransferaza) va
MAO (monoaminoksidaza) ta’sirida parchalanadi.
Presinaptik membranadagi NA xam mitoxondriyalarning MAO si ta’sirida
parchalanadi.
Sinaptik (tirqish) yoriqqa ajralgan katexolaminlar, asosan effektor
xujayralarning sitoplazmasidagi KOMT fermenti ta’sirida parchalanadi.
- 277 -
Do'stlaringiz bilan baham: |