O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

ganglioblokator 
Atropinsimon 
moddalar 
Kurarisimon 
moddalar 
Skelet mushaklari 
Ganglio-
blokatorlar 
Simpatik 
gangliy 
Karotid 
koptokcha 
Buyrakusti bezi 


- 253 -
Ganglioblokatorlar 
rezorbtiv 
ta’siri 
tufayli 
yuzaga 
keadigan 
farmakologikoterapevtik ahamiyatga ega bo’lgan asosiy ta’sirlari quyidagilar 
hisoblanadi. Simpatik gangiylarni susayishi natijasida qon tomirlar kengayadi, 
arterial va venoz qon bosimlari pasayadi. Periferik qon tomirlarni kengayishi 
shu sohadagi qon aylanishni yaxshilaydi. Parasimpatik gangliyalarda impuls 
o’tkazilishini buzilishi so’lak va me’da bezlari sekretsiyasini kamayishi, ovqat 
hazm qilish tizimining motorikasini tormozlanishi bilan ko’rinadi. 
Ganglioblokatorlarning vegetativ gangliylarni bloklovchi ta’siri ichki 
a’zolarning reflektor reaksiyalari susayishiga sabab bo’ladi. Ganglioblokatorlik 
effektni ifodalanishi shu sohani boshqaruvchi markazlarning boshlang’ich 
tonusiga 
to’g’ridan-to’g’ri 
bog’liqliqdir. 
Agar 
tajribada 
tomirlarni 
harakatantiruvchi markazlarni ishini buzilsa, ganglioblokatorlar arterial bosimni 
tushirmaydi. Aksincha, adrenergik innervatsiyani tonusi yuqori bo’lsa, bu ta’sir 
aniq ko’rinadi. 
Preparatlarning ikki xil turi mavjud. Ulardan biri uzoq ta’sir qilish uchun 
tavsiya qilinadi. Bu vositalarga qo’yiladigan talablar quyidagilardir. Ular har-xil 
kiritish yo’llarida ham yuqori aktivlikka ega bo’lishlari, uzoq ta’sir muddatga, 
past toksiklikka ega bo’lishlari va jiddiy nojo’ya ta’sirlarga ega bo’lamasliklari 
lozim. Iloji boricha preparatga o’rganib qolish sekin rivojlanishi yoki butunlay 
bo’lmasligi lozim. Yuqorida ketirilgan uzoq muddat ta’sir qiluvchi 
preparatlardan uchlamchi aminlar, masalan pirilen (pempidin tonzilat)ni 
qo’llanishi qulay. U me’da ichak traktida yaxshi so’riladi, yuqori aktivlikka va 
uzoq ta’sir muddatiga (8 soat va undan ortiq) ega. Aktivligi bo’yicha 
benzogeksoniyga o’xshash, lekin kam zaharli. Uchlamchi aminlarni tavsiya 
etilganda to’rtlamchi ammoniy tuzlaridan farqli, ular gematoensefalik to’siqdan 
oson o’tishlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyat ularning MNS ga salbiy 
ta’sirining sababi bo’lishi mumkin (pirilenn qabul qilinganda ba’zida tez 
o’tadigan psixik buzilish, tremor va boshqalar). Uchlamchi aminlarga 


- 254 -
ganglioblokatorlardan paxikaroin gidroyodid ham taaluqli. Bu alkaloid tuzi 
semiz mevali Sofora (Sophora pachycarpa) tarkibida bo’ladi. Past 
ganglioblokatorlik va uzoq bo’lmagan ta’sir davomiylik bilan xarakterlanadi. 
Miometriyga stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Ingichka ichakda yaxshi so’riladi.
Bis to‘rtlamchi ammoniyli tuz – benzogeksoniy yuqori aktivlikka, 
ifodalangan tanlab ta’sirga ega, lekin ta’sir davomiyligi uzoq emas (3-4 soat). 
Bundan tashqari, me’da-ichak traktidan yomon so‘riladi. Shuning uchun faqat 
parenteral qo‘llaniladi, bu uning asosiy kamchiligi xisoblanadi. Pentamin 
(azameton bromid, pendiamid) benzogeksoniyga o‘xshash xususiyatlarni 
namoyon qiladi. U aktivligi va ta’sir davomiyligi bo‘yicha benzogeksoniydan 
past. 
Ko‘rib o‘tilgan ganglioblokator me’da va o‘n ikki barmoqli yara 
kasalligida, obliteratsiyalovchi endoartritda, o‘pka shishida, arterial emboliyada, 
kam xollarda xafaqon kasalligida (asosan gipertonik krizlarda) qo‘llaniladi.
Tibbiyot amaliyotida qisqa ta’sir etuvchi preparatlar kata ahamiyatga ega. 
Bunday holatlarda asosan qisqa muddat ta’sir etuvchi (10-20 minut) 
ganglioblokatorlar ishlatiladi. Ularga gigroniy va arfonad (trimetafan 
kamforsulfonat) kiradi. Boshqa ganglioblokatorlar singari, ular asosan simpatik 
gangliyalarni susaytirishi natijasida arterial bosimni pasaytiradilar. Arfonad 
gistamin ajralishini ta’minlaydi va bevosita miotrop tomirlarni kengaytirish 
xususiyatiga ega. Gigroniy tanlab ganglioblokatorlik ta’sirga ega ekanligi bilan 
xarakterlanadi. Bundan tashqari u arfonadga nisbatan 5-6 marta kamroq zaxarli.
Qisqa ta’sir qiluvchi ganglioblokatorlar boshqariluvchi gipotenziya xosil 
qilishda ishlatiladi. Venaga tomchilab yuboriladi. Preparatni kiritish to‘xtatilsa 
tezda (10-15 minutdan so‘ng) qon bosimi o‘z xolatiga qaytadi. Xirurgiyada 
boshqariluvchi gipotenziya yurak-qon tomirlarda o‘tkaziladigan operatsiyalarda 
yaxshi natija beradi va periferik to‘qimalarning qon bilan taminlanishini 
yaxshilaydi. Arterial bosimni pasayishi va operatsiya maydonidagi qon 
tomirlarda qon ketishining kamayishi tireoidektomiya, mastektomiya kabi 


- 255 -
operatsiyalarni amalga oshirishni osonlashtiradi. Neyroxirurgiyada shu 
muxumki, bu vositalarning gipotenziv effekti bosh miya shishi paydo bo‘lish 
imkoniyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, ganglioblokatorlarning ishlatilishi 
jarroxlik jarayonlarida yurak, qon tomirlar va boshqa ichki organlarga boruvchi 
salbiy reflekslarni ma’lumdarajada oldini oladi.
Ganglioblokatorlar qo‘llanganda kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar vegetative 
gangliyalarning susayishi bilan bog‘liq. Ganglioblokatorlarning tipik nojo‘ya 
ta’sirlaridan biri ortostatik kollaps hisoblanadi. U tana holatini birdan 
o‘zgarishidan vujudga keladi (masalan, tanani gorizontal holatdan vertical 
holatga tezda o‘tilishi arterial bosimni tez va ko‘p miqdorga tushib ketishiga olib 
keladi). Miyyada qon keskin kamayishi va gipotenziya sababli hushdan ketish 
kuzatiladi.
Ortostatik kollapsni oldini olish maqsadida bemorga preparat qabul 
qilingandan so‘ng ikki soat mobaynida yotish tavsiya qilinadi. Ganglioblokator 
qo‘llagan vaqtda me’da-ichak tizimi matorikasi susayishi mumkin, bu esa 
qabziyat (obstipatsiya)ga olib keladi. Bulardan tashqari arterial bosimning 
keskin 
tushib 
ketishi, 
paralitik 
ileus 
(ichak 
tutilishi 
), 
midriaz, 
akkomodatsiyaning buzilishi, dizartriya va disfagiya (nutq va yutishning 
buzilishi) va siydik to‘xtashi mumkin.
Ganglioblokatorlar qo‘llanilganda jiddiy asoratlar kam uchraydi. O‘lim 
xolati nafas susayishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ganglioblokatorlarning dozasi oshib ketganda beriladigan yordam kislorod 
berish, sun’iy nafas oldirish, bu moddalarning antogonisti bo‘lmish analeptiklar 
va prozerin yuborishdan iboratdir. Arterial bosimni ko‘tarish maqsadida α-
adrenomimetiklardan foydalanish lozim. M-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi 
vositalar (masalan, karboxolin, atseklidin) ni akkomodatsiya buzilganda, 
qorachiq kengayib ketganda, shuningdek, meda-ichak trakti matorikasi 
susayganda, siydik pufagi atoniyasida qo‘llash foydali hisoblanadi.


- 256 -
Ganglioblokatorlarni uzoq muddat qo‘llanilganda odatda ularga o‘rganish 
rivojlanadi (to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga qaraganda pirilenga o‘rganish 
sekin kechadi). Ganglioblokatorlarni gipotenziya xolatlarida, aterosklerozda, 
koronar qon aylanish yetishmovchiligida, glaukomada, buyrak funksiyasi 
buzilganda, miokardning organic buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish