O’quv darslik


ADRENORETSEPTORLARNI QO’ZG’TUVCHI VOSITALAR



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

ADRENORETSEPTORLARNI QO’ZG’TUVCHI VOSITALAR 
α, β -ADRENOMIMETIKLAR. 
ADRENALIN
-buyrak 
usti 
bezining 
miya 
qismidagi 
xromaffin 
xujayralarida hosil bo‘ladigan gormon. Sintetik yo‘l bilan ham olingan. 
So‘yilgan qora mollarning buyrak usti bezidan ajratib olinadi.
Adrenalin α va β-adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. Fiziologik 
konsentratsiyalarida 
faqat 
β-adrenoretseptorlarni 
qo‘zg‘atadi, 
katta
konsentratsiyalarda α adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atadi. Buning natijasida 
yurak qisqarishlarining soni va kuchi ortadi (yurakning minutlik va sistolik 
hajmi ortadi), qon bosimi ko‘tariladi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, lekin ko‘zning 
ichki bosimi oshmaydi, chunki tomirlar torayadi va suyuqlik ishlab chiqish 
pasayadi. Bronxlarning silliq muskullari bo‘shashadi. Agar bronxospazm bo‘lsa 
yo‘qoladi, MITning sfinkterlari tonusi oshadi, lekin a’zolar tonusi va harakati 
pasayadi. Qorataloq qisqaradi, undagi qon tomirlarga o‘tadi. Teri, ichak, 
buyrakning qon tomirlari torayadi, bosh miya, o‘pka, skelet mushaklar, yurak 
qon tomirlari kengayadi. Giperglikemiya va giperlipidimiya rivojlanadi. YUrak 
mushaklarining O
2
ga bo‘lgan talabi ortadi. Qonda sut kislotasi miqdori ortadi. 
MNSni adrenalin qo‘zg‘atadi (bezovtalanish, tremor yuzaga keladi), MITda 
adrenalin parchalanib ketishi tufayli, uni faqat mahalliy yoki parenteral yo‘l 
bilan kiritiladi - (t/o, m/i, t/i), adrenalinning ta’siri davomli emas (5 min tomirga, 
30 min mushakga kiritilsa), chunki ekstraneyronal yutiladi va parchalanadi.
Qo‘llanilishi

-
anafilaktik shok (bronxlarni kengayishi, qon bosimi ko‘tarish uchun)
-
bronxial astma hurujlarini daf etish


- 280 -
-
gipoglikemik koma 
-
mahalliy anesteziyada (qon tomirlarni toraytirish uchun) 
-
ochiq burchakli glaukomada, ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun. 
Adrenalin yurak qorinchalari ekstrosistoliyasiga olib kelishi mumkin, 
ayniqsa miokardni unga sezgirligini oshiruvchi moddalar ta’sirida (ftorotan,
siklopropan). 
NORADRENALIN
. α va β adrenoretseptorlarni (kuchsizroq β
2
) bevosita 
qo‘zg‘atadi. qon bosimi kuchli, lekin qisqa oshadi (bir necha minut), chunki teri, 
shilliq qavatlari, MIT a’zolarini, buyrak qon tomirlarini toraytirib, ularning 
umumiy 
periferik 
qarshiligini 
oshiradi. 
β
2
-adrenoretseptorlarni 
qo‘zg‘atmaganligi sababi-dan NA ta’sirida adrenolinnikiga o‘xshab keyinroq 
qon bosimi pasaymaydi.
NA bradikardiyaga olib keladi, chunki karotid koptokchasidagi 
baroretseptorlar qo‘zg‘alib, reflektor yo‘l bilan adashgan nerv markazi 
qo‘zg‘aladi, lekin yurakning sistolik hajmi ortadi. MNS, ichki a’zolarning 
mushaklariga va modda almashinuviga NA adrenalinga o‘xshab, lekin 
kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi. MITda NA parchalanganligi uchun uni parenteral 
yo‘l bilan kiritiladi. Teri ostiga kiritilganda, tomirlarni kuchli toraytirganidan,
nerkozga olib keladi, shuning uchun t/i tomchilab, qon bosimini e’tiborga olgan 
holda kiritiladi.
Organizmda NA tez parchalanadi va uning qoldiqlari buyrak orqali 
peshob tarkibida ajraladi. 
Organizmdagi NAning asosiy miqdori presinaptik membranada hosil 
bo‘ladi. Faqat 15% buyrak usti bezining miya qismida sintezlanadi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish