O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

1. 
Ko‘k 
yiring 
tayoqchaga 
ta'sir 
etmaydigan 
preparatlar: 
Aminopenitsillinlar 
Ampitsillin Amoksitsillin 
II. 
Ko‘k 
yiring 
tayoqchasiga 
qarshi 
faol 
preparatlar.
 
Karboksipenitsillinlar 
Karbenitsillin Tikarsillin
Ureidopenitsillinlar 
Piperatsillin Azlotsillin Mezlotsillin 
Ampitsillin 
tabobat 
amaliyotida 
keng 
qo‘llaniladigan 
amino-
penitsillinlardan hisoblanadi. U nafaqat gramm musbat, balki gramm manfiy 
mikroorganizmlarga (salmonellalar, shigellalar, proteyning ba'zi shtamlari, ichak 
tayoqchasi, fridlendr tayoqchasi, inflyuensa tayoqchasi) ham ta'sir etadi.
Gramm musbat bakteriyalarga ta'sir faoliyati bo‘yicha benzilpenitsillindan 
kuchsizroq (boshqa yarim sintetik penitsillinlar kabi), ammo oksatsillindan 
ustunroq. Penitsillinaza ta'sirida parchalanadi va shu sababli penitsillinaza hosil 
qiluvchi stafilakokklarga qarshi samarasiz. Ampitsillin kislotalar ta'siriga 
chidamli. Me'da-ichak traktidan kamroq (biologik o‘zlashtirish darajasi ≈ 40%) 
va sekin so‘riladi. Zardob oqsillari bilan kamroq darajada (10-30%) bog‘lanadi. 
Gematoensefalik to‘siqdan, oksatsillinga nisbatan yaxshiroq o‘tadi. Asosan 
buyrak orqali ajraladi. Ampitsillinni har 4-8 soatda kiritiladi. Preparat kam zahar 
va be'morlar uni yaxshi qabul qiladilar. Ampioks ampitsillin va oksatsillindan 
iborat preparat shaklida ishlab chiqariladi. Amoksitsillin faolligi va ta'sir spektri 
bo‘yicha ampitsillindek bo‘lsada ichakdan to‘la so‘riladi. U faqat enteral 


- 827 -
qo‘llaniladi. Qayd etilgan keng ta'sir spektrli, ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi 
faol bo‘lgan yarim sintetik penitsillinlar penitsillinaza ta'sirida parchalanadi.
Karbenitsillin (piopen) mikroblarga qarshi ta'sir spektri bo‘yicha 
ampitsillinga o‘xshash. Undan farqi shundan iboratki u proteyning barcha 
turlariga va ko‘k yiring tayoqchasiga (Pseudimonas aeruginosa) faol ta'sir etadi. 
Me'daning kislotali muhitida preparat parchalanadi, juda kam so‘riladi. Shu 
sababli uni mushak va tomir ichiga kiritiladi. Preparatning 80% ga yaqinroq 
qismi zardob oqsillari bilan bog‘lanadi. 
Gematoensefalik to‘siqdan u yomon o‘tadi. Buyrak orqali (sekretsiya va 
filtratsiya) va qisman jigar orqali ajraladi. Ta'sir davomiyligi 4-6 soat. Kislotali 
muhitga chidamli va enteral kiritish uchun mo‘ljallangan (peshob yo‘llari 
infeksiyalarida) yangi preparat-karbenitsillin indanil natriy yaratilgan.
Karfetsillin va tikarsillin preparatlari o‘z xossalari bo‘yicha karbenitsillinga 
o‘xshash. Karfetsillin karbenitsillindan farq qilib, kislotali muhit ta'siriga 
chidamli va ichiladi. Tikarsillin karbenitsillinga nisbatan birmuncha faolroq, 
ayniqsa ko‘k yiring tayoqchasiga ta'siri bo‘yicha.
Ureidopenitsillinlarning antibakterial faolligi karboksi-penitsillinlarnikidek 
Klebsiella
ga nisbatan ureidopenitsillinlar faolroqdirlar. Ko‘k yiring 
tayoqchasiga ta'siri bo‘yicha preparatlarni quyidagi (faolligi kamayib boruvchi) 
ketma-ketlik qatoriga qo‘yish mumkin: azlotsillin = piperatsillin > mezlotsillin = 
tikarsillin > karbenitsillin.
Qator mikroorganizmlarning ma'lum shtammlarini β-laktamaza ishlab 
chiqara olishi bilan bog‘liq β-laktamli antibiotiklarga chidamliligini yengib 
chiqish muhim ahamiyatga ega, shunga e'tiboran ushbu antibiotiklar guruhini 
parchalanishdan saqlovchi β-laktomazani faolligini tanlab ingibitsiyalovchi 
moddalar (klavulan kislotasi, sulbaktam, tazobaktam) sintezlangan. β-laktamaza 
ingibitorlari ko‘pincha kombinirlangan preparatlar tarkibiga kiradi (β-laktamli 
antibiotiklar va β-laktamaza ingibitori). Augmentin (amoksitsillin + klavulan 
kislotasi) keng qo‘llanilayotgan preparatlardan hisoblanadi. Yuqorida qayd 


- 828 -
etilganidek, amoksitsillin-ta'sir spektri keng bo‘lgan β-laktamli antibiotik. 
Klavulan kislotasi (
Streptomyces clavuligerus
) ham β-laktam hosilasiga 
mansubdir, ammo uning antibakterial ta'siri juda kuchsiz darajada namoyon 
bo‘ladi. Asosiy ta'siri bu qator β-laktamazalarni qaytmas ingibitsiyalashdan 
iboratdir. Ba'zi Enterobacteriaceae lar ishlab chiqaruvchi β-laktamazalarga ta'sir 
ko‘rsatmaydi.
Augmentin keng antibakterial spektriga ega, jumladan β-laktamaza ishlab 
chiqaruvchi gramm musbat bakteriyalar (stafilakokklar va ko‘pgina 
streptokokklar, shu jumladan enterokokklar) va gramm manfiy bakteriyalar (N. 
gonozrhoeae, N. meningitides, N. influenza, Gardenetla vaginalis, Bordetella 
pertussis, E. coli, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Salmonella). β-
laktamaza ishlab chiqaruvchi anaerob bakteriyalarni ko‘pgina shtammlariga 
qarshi yuqori samaradorlikga ega. Preparatni odatda kuniga bir marta enteral 
kiritiladi. Yaxshi so‘riladi (74-92%). Biologik o‘zlashtirish darajasi 70% 
atrofida. Moddaning o‘zi va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Nafas 
yo‘llari, jinsiy-peshob yo‘li infeksiyasi, teri va yumshoq to‘qimalarni, suyaklar, 
bo‘g‘imlarni bakterial jarohatlanishida, septik holatlarda qo‘llaniladi. Boshqa 
kombinatsiyalangan preparatlar ham yaratilgan: unazin (ampitsillin+sulbaktam), 
amoksiklav (amoksitsillin+klavulan kislotasi), tafotsin (piperatsillin + 
tafobaktam). 
Asosan gramm manfiy bakteriyalarga ta'sir etuvchi “penitsillinning atipik” 
preparati pevmatsillinam sintezlangan. Undan organizmda metsillinam hosil 
bo‘ladi. Ichishga tavsiya etilgan, ammo yomon so‘riladi.
Yarim sintetik penitsillinlar bo‘lmish oksatsillin, dikloksatsillin, nafsillin 
penitsillinaza ishlab chiqaruvchi, ya'ni benzilpenitsillinga chidamlilik ortirgan 
stafilakokklar 
bilan 
chiqarilgan infeksiyalarda qo‘llanilishi mumkin. 
Oksatsillinni ichish va mushak ichiga kiritish, nafsillinni ichish, mushak va 
tomir ichiga kiritish mumkin. 


- 829 -
Keng ta'sir spektriga ega bo‘lgan ampitsillin gramm manfiy 
mikroorganizmlar yoki aralash flora bilan chaqirilgan hastaliklarni davolash 
vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Uni peshob, safro, nafas yo‘llari, me'da-
ichak trakti, yiringli jarroxlik infeksiyalarida enteral qo‘llaniladi (ichiladi). 
Ampitsillinni natriyli tuzini (pentreksil) mushak va tomir ichiga kiritiladi. 
Amoksitsillin ham xuddi shunday ko‘rsatmalarga ega. Uni enteral kiritiladi. 
Karbenitsillin, karfetsillin, tikarsillin, azlotsillin va shu guruhining boshqa 
preparatlarini ayniqsa ko‘k yiring tayoqchasi, protey, ichak tayoqchasi 
(pielonefritlar, pnevmoniya, septitsemiya, peritonit va boshqalar) bilan 
chaqirilgan 
infeksiyalarda 
qo‘llanish 
uchun 
ko‘rsatma 
berilgan. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish