O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

kumush nitrat
( lyapis; AgNO
3
), 
protargol

kumush proteinat) va 
kollargol
(kumush kolloid eritmasi). Ular mikroblarga 
qarshi, burushtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Ularni 
oftalmologiyada ( kon'yunktiit, blennoreya), yaralarni xo‘llash, peshob yo‘llari
va peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari kumush nitrat 
katta konsentratsiyalarda va qalamchalar sifatida eroziyalar, yazvalar, ortiqcha 
granulyasiyalarda, xamda traxomada qo‘llaniladi. 
Antiseptik va burushtiruvchi vosita sifatida oftalmologiyada 
mis 
sulfatni
( mis kuporos; CuSO
4
·5H
2
O),
rux sulfatni 
(ZnSO
4
) qo‘llashadi. 
Traxomada tarkibida mis sulfat, nitrat kaliya, achchiq tosh va kamfora bo‘lgan
maxsus ko‘z qalamini qo‘llashadi. Eruvchan tuzlar (mis sulfat va rux sulfat )
peshob yo‘llari va peshob xaltasini yuvish uchun qo‘llanishi mumkin. 
Oksidlovchilar guruh iga
vodorod perekisi ( H
2
O
2
) va kaliy permanganat 
(kaliy nordon margansovkasi, KMnO
4
). Ular antiseptik va dezodorantlik ta'sirga 
ega. Ikkala preparatni ta'sir prinsipi kislorodni ajratishdan iborat. 
To‘qimalardagi katalaza ta'sirida vodorod perekisi kislorod molekulasini 
ajralishi bilan parchalanadi. 
H

O
2
2 H + O

Ammo molekulyar kislorodning oksidlash, binobarin, mikroblarga qarshi 
faolligi juda past. Vodorod perekisini qo‘llaganda yaralar, jaroxatlar, 
bo‘shliqlarni kislorod pufakchalarini ajralishi va ko‘pik xosil bo‘lishi bilan 
bog‘liq mexanik tozalanishi katta axamiyatga ega. Vodorod perekisi 
dezodorantlik xossasiga xam ega. Preparat qisqa ta'sir etadi. Bundan tashqari 
vodorod perekisi qon oqishini to‘xtashani osonlashtiradi. 
Kaliy permanganat organik moddalar bilan aralashganda atomar 
kislorodni ajratadi. 
2KMnO

+ H
2
O 2KON + 2MnO
2
+ 3O. 


- 805 -
Atomar kislorodning antiseptik ta'sir kuchi molekulyar kislorodga 
nisbatan birmuncha ko‘proq ifodalangan. Umikroblarga qarshi va 
dezodorantlik xossasini namoyon qiladi va xosil bo‘layotgan marganets oksidi
burushtiruvchi ta'sirga ega. Katta konsentratsiyalarda kaliy permanganat
maxalliy ta'sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatni eritma 
ko‘rinishida chayqash, yuvish, kuyish tufayli xosil bo‘lgan yaralarga ishlov 
berish, jaroxat yuzalarini xo‘llash, morfin, fosfor va boshqalar bilan
zaxarlanganda me'dani chayqash uchun qo‘llaniladi. 
Antiseptiklarga 
aldegidlar va spirtlar
guruh iga mansub bo‘lgan ba'zi 
birikmalar kiradi.
Aldegidlarning namoyondalaridan biri bu formaldegid eritmasidir ( 
formalin: tarkibida formaldegid – NSNO 36,5-37,5% ni tashkil etadi). U kuchli 
antimikrob va dezodorantlik xossalariga ega. Uni dezinfeksiyalash vositasi, 
xamda terlashni bartaraf etish maqsadida teriga ishlov berish uchun 
qo‘llaniladi, chunki formaldegid eritmasi ta'sirida epidermisning zichligi ortadi 
( oqsillarni denaturatsiyasi tufayli ) va ter ajralishi kamayadi. Preparat kuchli 
darajada maxalliy ta'sirlantirish ta'siriga ega. Etil spirti kuchli darajada 
antimikrob xossaga ega. Uni asboblarni dezinfeksiyasi, jarrox qo‘li va 
operatsiya maydoniga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Etil spirtinig 
antimikrob faolligi uning konsentratsiyasini ortishi bilan kuchayadi. Ammo 
terini zararsizlantirish uchun epidermisning chuqurroq qatlamlariga kirib 
boruvchi 70% etil spirtidan foydalanish 95% ga nisbatan yaxshiroq. 
Antiseptik sifatida qator kislotalar va ishqorlar ishlatilishi mumkin. 
Jumladan shilliq qavatlarni yuvishda va og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash uchun bor 
kislotasi (N
3
VO
3
) tavsiya etiladi. Uni teri ustiga kukun ko‘rinishida sepish va 
surtma ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Ammo bor kislotasini antimikrob faolligi 
past. 
Ishqorlar guruh idan antiseptiklarga (novshadil spirti; NN
4
ON; 9,5-10,5% 
ammiak tutadi) ammiak eritmasi mansub. Uni 0,5% eritmasi jarrox qo‘liga 


- 806 -
ishlov berishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari u nafas markazini yuqori nafas 
yo‘llaridagi retseptorlar orqali reflektor qo‘zg‘atish uchun ingalyasion yo‘l 
bilan qo‘llanishi mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish