O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Nitrofuran unumlari
antiseptiklarning muhim guruhi xisoblanadi. Ularga 
furatsillin
( nitrofuran, nitrofurazon) lar mansubdir. Nitrofuranlar keng ta'sir 
spektriga egadirlar. Ular grammusbat va grammanfiy bakteriyalar va sodda 
jonivorlarga xalokatli ta'sir ko‘rsatadilar. Furatsillin asosan sirtga ishlatiladi, 
ya'ni jaroxatlarga, teri va shilliq qavatlarga ishlov berish, seroz va bo‘g‘in 
bo‘shliqlarini yuvish uchun. Furatsillinni bemorlar asosan yaxshi qabul 
qilishadi. Ba'zan u sensibilizatsiya, dermatit rivojlantiradi.
Fenol guruhi
va 
uning ko‘pgina xosilalari mashxur bo‘lgan aromatik qatordagi antiseptiklarni 
o‘z ichiga olgan. 
Ularga oksibenzollar (toza fenol) va dioksibenzollar (rezorsin va boshqalar) 
mansub. Fenol asosan bakteriyalar va zamburug‘larni vegitativ shakillariga 
ta'sir etadi. Fenol eritmalari asboblar, uy ro‘zg‘or anjomlarini dezinfeksiyalash 
uchun qo‘llaniladi. Fenol zaharli va yuqori darajada lipofillikga ega ekanligi
tufayli teri va shilliq qavatlardan oson so‘rilishini yodda tutmoq lozim.
Rezorsin 
antiseptik ta'siri bo‘yicha fenoldan sustroq. Kichik 
konsentratsiyalarda rezorsin keratoplastik, katta dozalarda keratolitik xossaga 


- 798 -
ega. Uni ba'zi teri kasalliklarda (ekzema, seboreya va boshqalar), kon'yuktivitda 
qo‘llashadi.
_______________________ 

Metall buyumlarni sterilizatsiyalashda ularni zanglanishini oldini olish 
maqsadida korroziyaga qarshi vositalar qo‘shiladi 
Qayn qatroni
tarkibida fenol va uning xosilalari, yelim va boshqa 
birikmalar bor. Preparat qayn po‘stlog‘ini quruq xaydash yo‘l bilan olinadi.
Qayn qatroni mikroblarga qarshi, keratoplastik, keratolitik va yallig‘lantirish
ta'siriga ega. Uni ko‘pgina teri xastaliklari va qo‘tirni davolashda qo‘llashadi. 
Qayn 
qatroni 
yaralar 
va 
jaroxatlarni 
davolashda 
ishlatiladigan 
A.V.Vishnevskiyning balzamik linimenti (
Vishnevskiy surtmasi
), hamda qo‘tir 
va terini zamburug‘lar bilan jaroxatlanishida qo‘llaniladigan 
Vilkinson
surtmasini asosiy tarkibiy qismlarida biri bo‘lib xisoblanadi. 
Bo‘yoqlar guruhiga
xar-xil kimyoviy tuzilishiga ega bo‘lgan ko‘pgina 
birikmalar kiradi. Trifenilmetan xosilasi bo‘lgan 
brilliant yashili
eng ko‘p 
qo‘llaniladi. Ba'zan fenotiazin xosilasi 
metilen ko‘ki
va akridin xosilasi 
etakridin 
laktat
ishlatiladi. 
Bo‘yoqlarga eng sezgir gramm musbat koklardir. Brilliant yashili yuqori 
faollikga ega va nisbatan tez ta'sir etuvchi antiseptik xisoblanadi. Oqsillar ularni 
samaradorligini 
susaytiradi. 
Asosan 
terining 
yiringli 
jaroxatlanishida 
(piodermiyalarda) sirtga qo‘llaniladi. 
Metilen ko‘ki (metiltioniy xlorid) faolligi bo‘yicha brilliant yashilidan 
sustroq. Uni sirtga antiseptik sifatida va peshob yo‘llari infeksiyalarida ichishga, 
xamda sianidlar bilan zaxarlanganda tomirga kiritish tavsiya etilgan. Metilen 
ko‘ki (katta dozalarda) gemoglobinni metgemoglobinga aylantiradi, u esa 
sianidlar bilan bog‘lanib zaxarligi past bo‘lgan sianmetgemoglobin hosil qiladi.


- 799 -
Etakridin laktat (rivanol) sariq rangga ega. Uni faolligi ancha yuqori bo‘lsa 
xam ta'siri sekin rivojlanadi. Uni sirtga va infeksiyalangan bo‘shliqlar (plevra, 
qorin), peshob xaltasi, bachadonni yuvish uchun qo‘llashadi.
Tarkibida galogenlarni tutgan preparatlar asosan 
xlor
yoki 
yod 
birikmalardan iborat. Eng faol antiseptiklar elementar galogen tutgan yoki uni 
ajratuvchisi xisoblanadi. Kuchli oksidlovchi xossasiga ega bo‘lgan gipoxlorid 
(NOSl) kislotasini xosil bo‘lishi muhim axamiyatga ega.
Xlorni ajratuvchi preparatlardan biri antiseptik va dezodorantlik
1
xossasiga 
ega bo‘lgan
xloramin B
xisoblanadi. Uni bemorni ajratmalari (masalan, qorin 
tifi, vabo, sil va boshqalar), uy - ro‘zg‘or buyumlari, metall bo‘lmagan asboblar, 
xamda qo‘llarni va infeksiyalar tushgan yara yuzalarini zararsizlantirish uchun 
qo‘llashadi. Biguanid xosilasi
xlorgeksidin (xibiton)
tarkibida xlor tutgan
samarador antiseptiklardan xisoblanadi. U antibakterial va fungitsid ta'sir 
ko‘rsatadi. Jarroxlarni qo‘li, operatsiya maydoni, jaroxatlarni, peshob xaltasini 
xamda asboblarni sterilizatsiyasida qo‘llaniladi. Jarrox qo‘liga ishlov berilganda 
terini qurishi, dermatitlar rivojlanishi mumkin. Suvni zararsizlantirish uchun 
qo‘llaniladigan 
pantotsid
xam tarkibida xlor tutgan preparatlarga kiradi. 
Maxalliy ta'sirlantiruvchi va chalg‘ituvchi xossasiga ega bo‘lgan 
yodning spirtli 
eritmasi
antiseptik sifatida keng qo‘llaniladi. Xalqumni va xiqildoq shilliq 
qavatining yallig‘lanishlarida qo‘llaniladigan 
lyugol eritmasi
(1 kism yod, 2 
qism kaliy yodid va 17 qism suv) xam tarkibida elementar yod bo‘lgan 
preparatlarga mansubdir. 
Antiseptiklarni ko‘pgina qismi og‘ir metall tuzlari bilan ifodalangan. Og‘ir 
metall tuzlarining kichik konsentratsiyalarda mikroblarga qarshi ta'sir 
mexanizmi mikroorganizmlar fermentlarining sulfgidril guruh larini 
qamallanishi bilan bog‘liq deb xisoblanadi. Katta konsentratsiyada metall, 
kislota qoldig‘i xarakteri, tuzning konsentratsiyasi, uning dissotsiatsiyalanish va 
eruvchanlik darajasiga qarab turli xil maxalliy ta'sirotlar yuzaga kelishi mumkin 
( burushtiruvchi, kuydiruvchi – nekrozga olib keluvchi, ta'sirlantiruvchi). Metall 


- 800 -
tuzlarining maxally ta'siri oqsillar denaturatsiyasi bilan bog‘liq. Bunda xosil 
bo‘layotgan albuminatlar zich va g‘ovak bo‘lishi mumkin. Birinchi xolda 
to‘qima yuzasida yupqa parda xosil bo‘ladi,to‘qima zichlashadi, yallig‘lanish 
kamayadi. Bunday o‘zgarishlar burushtiruvchi ta'sirga xosdir. Moddani 
chuqurroq qatlamlarga kirib borishi xujayra va nerv oxirlarini ta'sirlantiradi. 
_______________________ 

Lotinchadan de - bartaraf etish,odor- xid. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish