Qo‘llanilishi
:
-
qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishida;
-
yuqumli kasalliklarda nafas va qon aylanish buzilishida;
-
kollaps, asfiksiya, karaxtlikda, jarrohlik muolajalari o‘tkazilganda.
KAMFORA
- borneol spirtining oksidlanish mahsuloti. Kamfora
daraxtidan (YAponiya, Xitoy) yoki kamfora bazilika o‘tidan (Rossiya) olinadi.
- 365 -
Sintetik kamforani skipidar va pixta moyidan olinadi. Kamfora mahalliy
qo‘zg‘atuvchilik xususiyatiga ega. Kamfora MNSga va ayniqsa uzunchoq
miyaga qo‘zg‘atuvchi ta’sir etadi. Natijada nafasni qo‘zg‘atadi va yurak urishini
yaxshilaydi. Umuman kamfora MNSdan yurakga keluvchi simpatik innervatsiya
ta’sirotini oshiradi. Bundan tashqari kamfora yurak mushaklariga bevosita ta’sir
etadi va uni simpatik nerv ta’sirotiga sezuvchanligi oshiradi. Periferik tomirlarni
kamfora
toraytiradi,
mikrotsirkulyasiyani
yaxshilaydi,
trombotsitlar
agregatsiyasini kamaytiradi. Nafas yo‘llari orqali ajralgani uchun balg‘am
ajralishini oshiradi, kamforaning terapevtik ta’siri kengligi katta.
Qo‘llanilishi
:
mahalliy yallig‘lanish, revmatizm, nafas va qon aylanishi
buzilishi, yurak faoliyatini susayishida.
YURAK QON-TOMIR SISTEMASIGA TA’SIR ETUVCHI
MODDALAR
Qon aylanishini yaxshilovchi moddalar, yurak faoliyati buzilganda va qon
tomirlari tonusi o’zgarganda keng qo’llaniladi. Klinik qo’llanilishiga qarab, bu
moddalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
I.
Yurak faoliyati o’zgarganda qo’llanadigan moddalar:
a) Yurak etishmovchiligida qo’llanadigan moddalar;
b) Aritmiyaga qarshi modalar;
v) Miokardda qon aylanishi etishmovchiligida qo’llanadigan moddalar.
II.
Qon tomirlar tonusi o’zgarganda qo’llanadigan moddalar, qon bosimi
o’zgarishi bilan kechadigan kasalliklarda:
a) Arterial gipertoniyada;
b) Gipotenziv xolatlarda.
- 366 -
Yurak yetishmovchiligi (dekompensastiya serdsta) miokard faoliyati buzilishiga
bog‘liq, umumiy va regionar qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Yurak
yetishmovchiligi miokardni organik o’zgarishiga, yurak klapanlari va qon
tomirlarini boshqaruvchi mexanizmlarni balansini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun yurak yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori
moddalari yurakka to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir etmasdan, regulyator ta’sirini
normallashtirishga qaratilgan (asosan surunkali yurak etishmovchiligida). So’ngi
ta’sirini amalga oshirish uchun yurakka ko’rsatadigan manfiy ta’sirni kamaytirish
kerak yoki bartaraf etish kerak, yoki yurakka musbat – ijobiy ta’sirlarini oshirish
lozim. Masalan, yurakning surunkali yetishmovchiligida adrenergik va renin-
angiotenzin sistemasini faolligi kompensator ravishda oshadi, dastlab ijobiy
ta’sir ko’rsatadi, so’ngra yurak dekompensastiyasini chuqurlashtiradi. Shuning
uchun bunday patologiyalarda bu tizimni susaytiruvchi dori moddalarni keng
qo’llash maqsadga muvofiq.
Yurak glikozidlari 200 yildan ortiq vaqt davomida yurak dekompensastiyasi
bo’lgan bemorlarni davolash uchun asosiy preparatlar bo’lib kelgan. Lekin,
oxirgi 10-20 yillar davomidagi kuzatuvlar natijasida yurak surunkali
kasalliklarini kelib chiqish mexanizmida, yurak glikozidlarini, boshqa
kardiotoniklarni samaradorligini va xavfsizligini solishtirma tekshirish surunkali
yurak yetishmovchiligini davolashda ularni ahamiyatini qaytadan ko’rib
chiqishni taqazo etadi. Kardiotoniklar ma’lum bir vaqtda bemorlarni hayot tarzini
yaxshilagan, lekin bemorlarda uzoq umr ko’rishi uzaymagan, ko’pgina glikozid
strukturaga ega bo’lmagan preparatlarni qo’llash ularni umrini qisqartirgani
aniqlangan ( qisman aritmogen ta’siri tufayli). Hozirgi vaqtda shunga
qaramasdan kardiotoniklar surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda asosiy
preparatlar bilan birgalikda qo’llanilib kelinmoqda. Bu patologiyada
farmakoterapiyaning asosiy vazifasi yurak ishiga optimal sharoit yaratib berish.
Yurak ishini oshirish faqat kardiostimullovchi ta’siri bilan emas, balki uning
miokard qisqaruvchanligiga bo’ladigan ortiqcha zarbni kamaytirish maqsadga
- 367 -
muvofiq. Keng ma’noda olganda moddalar kardioprotektor ta’sirga ega. Bunga
erishish uchun miokardda qon aylanishini va metabolizmini yaxshilab, yurakka
bo’ladigan zarbni kamaytirib, miokard qisqaruvchanligini pasaytirib, yurak
ritmini normallashtirib qon aylanishini umumiy hajmini kamaytirib va qon ivish
sistemasini normallashtirish va hokazo.
Hozirgi
vaqtda
surunkali
yurak
yetishmovchiligini
davolashda
angiotenzinhosil qiluvchi ferment ingibitorlari, vazopeptidaza ingibitorlari,
angiotenzin resteptolari ingibitorlari, vazodilyatatorlardan NO-donatorlari,
adrenoresteptor blokatorlari, aldosteronning antagonisti – spiranolakton va
boshqa diuretiklar, kardiotoniklar (asosan yurak glikozidlaridan digitoksin) va
boshqalar. Shuningdek vazopressin antagonistlari, endotelin-1 antagonistlari,
natriyuretik peptidlar va boshqalar.
Shunday
qilib,
surunkali
yurak
yetishmovchiligini
rastional
farmakoterapiyasiga ko’p kompleksli har xil ta’sirga ega bo’lgan dori moddalar
qo’llaniladi. (14, 16, 19) bo’limlarda shu gurux moddalarga aniq ma’lumotlar
berilgan. Bu bo’limda kardiotonik moddalar haqida ma’lumot berilgan.
O’tkir yurak yetishmovchiligida qisqa ta’sir etuvchi, parenteral yuboriladigan
glikozid va noglikozid kardiotoniklar qo’llaniladi. Ularda minimal latent davri va
yuqori samarali ta’sirga ega bo’lib, kislorodga bo’lgan ehtiyojni oshirmasdan
aritmiyani chaqirmasligi kerak.
KARDIOTONIK MODDALAR
Yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1.
Yurak glikozidlari
2.
Glikozid strukturaga ega bo’lmagan moddalar
Ta’sir mexanizmiga ko’ra kardiotonik moddalar quyidagi guruxlarga bo’linadi.
1.
Hujayra ichida Sa ionlarini oshiruvchi moddalar
2.
Na+, K+-ATFazani falajlovchi yurak glikozidlari:
Digoksin, Stelanid, Strofantin, Korglikon
3.
sAMF miqdorini oshiruvchi moddalar. Adenilatstiklaza resteptorlarini
- 368 -
faollashishi.
A. β
1
-adrenoresteptorlarni stimullovchi moddalar: Dofamin Dobutamin.
B. Fosfodiesteraza III ni falajlash hisobiga
Amrinon Milrinon
III.
Ca ionlariga miofibrillalar sezuvchanligini oshiruvchi moddalar
Levosimendan
Do'stlaringiz bilan baham: |