O’quv darslik


I.  Dofaminergik ta’sirni kuchaytiruvchi moddalar



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

I. 
Dofaminergik ta’sirni kuchaytiruvchi moddalar. 
1.
Dofaminni o’tmishdoshi Levodopa 


- 335 -
2.
Dofamin resteptorlarini stimullovchi moddalar (dofaminomimetiklar) 
Bromokriptin, Ropinirol 
3.
Monoaminoksidaza V ni falajlovchilar Selegilin 
4.
Glutamatergik ta’sirni susaytiruvchi moddalar

Midantan 
5.
Xolinergik ta’sirni susaytiruvchi moddalar 
 
 Stiklodol (kimyoviy strukturaga qaralsin) 
 
Levodopa (L-DOFA, levodofa) dioksifenilalaninning chapga aylanuvchi 
izomeri bo’lib, dofaminni o’tmishdoshi hisoblanadi. Gematoenstefalik 
to’siqdan o’tib neyronlar ichiga kirib boradi va dofaminga aylanadi. Bazal 
tugunlarda to’planib, parkinsonizm ko’rinishini bartaraf etadi (10.1 rasm).
Levadopa asosan gipokineziyaga, kamroq darajada rigidnostga, yanada kamroq 
titroqqa ta’sir ko’rsatadi.
Levodopa Parkinson kasalligini va simptomatik parkinsonizm (antipsixotik 
dori 
vositalari 
bilan 
chaqirilgan) ko’rinishlarini 
davolashda yuqori 
samaradorlikga ega bo’lgan preparat hisoblanadi. Levadopa ta’siri 1 haftadan 
keyin, 1 oydan so’ng esa maksimal darajaga erishiladi. Dozasini sekin asta 
oshirilishi zarur. Preparatni faqat ovqatdan so’ng ichiladi. O’rinbosar 
terapiya bo’lganligi tufayli preparat uzoq muddat beriladi. Preparat oshqozon 
ichak traktidan tez szriladi. Lekin moddaning 70-90 % ichak shilliq qavatida 
metabolizmga uchraydi. Preparat organizmda dofaminga va boshqa 
metabolitlarga aylanadi. 
Bu jarayon DOFA-dekarboksilaza, KOMT va MAO ta’sirida namoyon 
bo’ladi. Natijada qabul qilingan levadopaning 1% MNS ga boradi. 
Metabolitlari va o’zgarmagan qismi buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi. 
Kuzatilishi mumkin bo’lgan nojo’ya effektlari: ishtaxani buzilishi, 
ko’ngil aynash, qusish, ortostatik gipotenziya, yurak aritmiyasi, ruxiy 
o’zgarishlar, harakatni buzilishi (ba’zi bir bemorlarda xoreya tipidagi 


- 336 -
harakatlar vujudga keladi). Bu asoratlar qaytar bo’lib, levadopa dozasini 
kamaytirish bilan yo’qoladi. Ko’pgina nojo’ya effektlar periferik to’qimalarda 
levadopadan dofamin hosil bo’lishi bilan tushintiriladi. 
Nojo’ya effektlarni levadopa bilan DOFA- dekarboksilaza ingibitorlari 
(karbidopa, benserazid) bilan birgalikda qo’llanilganda kamaytirish mumkin. 
Tarkibida levadopa karbidopa bo’lgan (sinemet, nakom) va levadopa 
benserazid bo’lgan (madopar) preparatlar ishlab chiqarilgan. Bunday tarkibli 
preparatlar levadopani MNS ga ko’p miqdorda o’tishiga yordam beradi.
Levadopani ichak va jigarda dekarboksillanish jarayonini falajlanishi umumiy 
qon aylanish tizimida , periferik to’qimalarda , buyrakda, miyaning endotelial 
kapillyarlarida preparat konstentrastiyasini oshishiga (levadopani miya 
to’qimasiga kirishida to’sqinlik qiluvchi enzimatik bar’erni bartaraf qiladi)
olib keladi. 
Levadopani samaradorligini oshirish uchun, nojo’ya effektlarini kamaytirish 
uchun, DOFA –dekarboksilazani ingibitorlaridan tashqari KOMT ni falajlovchi 
preparat entakapon (komtan) ishlatiladi. Bundan tashqari ko’ngil aynish, qayt 
qilishda periferik, markaziy qusish zonalardagi
dofaminoresteptorlarni falajlovchi (domperidon gematoenstefalik bar’erdan 
o’tmaydi) moddalar buyuriladi. Ruxiy kasallik rivojlansa markaziy 
dofaminoresteptorlarni falajlovchi klozapin ishlatiladi (D
2
qaraganda D
4
ga 
nisbatan 10 martta faol ). O’xshash bo’lgan tolkapon preparatini ishlatilishi 
cheklangan, bu preparatda gepatotoksik ta’sir yuqori. Levadopani tanlab ta’sir 
qilmaydigan MAO ingibitorlari bilan birgalikda ishlatilib bo’lmaydi (chunki 
MAO noradrenalin, dofaminni faolsizlantiradi, agarda MAO faolligi susaysa 
keskin gipertenziya kuzatilishi mumkin), piridoksin (vitamin V
6
) bilan ham, 
chunki piridoksin levadopa faolligini susaytiradi.
Levadopa 5 yil ichida eng samarador ta’sir ko’rsatadi. Asta sekin o’rganib 
qolish, diskineziya va boshqa nojo’ya ta’sirlar kelib chiqadi. Preparatni yurak –
qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarining og‘ir xolatlarida va psixozlarda 


- 337 -
ishlatib bo’lmaydi.
Parkinsonizmni 
davolashda 
qo’llaniluvchi, 
dofamin 
resteptorlarini 
qo’zg‘atuvchi xususiyatga ega bo’lgan preparatlarga bromokriptin (parlodel)
kiradi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra alkaloid ergokriptinning yarim sintetik 
xosilasi (lizergin kislotasi unumi) bo’lib, dofamin D

resteptorlarini agonisti 
hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi yuqori faollikga ega. Bromkriptin 
prolaktin va o’suvchi garmon somatotropinni ishlab chiqarilishini susaytirish 
xususiyatiga ega (20 bo’limga qarang). Ichishga buyuriladi, oshqozon ichak 
traktidan 30% ga yaqini so’riladi. Ko’p qismi jigar to’siqlaridan o’tganda o’z 
faoliyatini yo’qotadi.
Organizmdan asosan o’t-safro ichak orqali chiqib ketadi. Bromokriptin 
levadopa bilan kombinastiya xolatida qo’llaniladi. Davolashni boshlang‘ich 
davrlarida nojo’ya effektlaridan: ko’ngil aynash, qayd qilish, ortostatik 
gipotenziya kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo’llanilganda ruhiy 
o’zgarishlar, diskineziya, etil spirtini ko’tara olmaslik, qabziyat kabi nojo’ya 
effektlar kuzatiladi. 
D
2
va D
3
dofamin resteptorlarining agonistlari bo’lib ropinirol (rekvip) 
hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi ta’siri neostriatumdagi postsinaptik D
2
dofamino resteptorlarga ta’siri bilan tushintiriladi. Prolaktin sekrestiyasini 
pasaytiradi, 
parkinsonizmga 
qarshi 
hususiyati 
bo’yicha 
ropinirol 
bromokriptindan ustun. Yuqorida aytilganidek, dofaminergik ta’sirotni 
kuchaytirish uchun, dofaminni faolsizlantirish jarayonini susaytirish lozim.
Yuqorida ko’rsatilganidek dofaminergik ta’sirni kuchaytirishni bir yo’li 
dofaminni faolsizlantirish jarayonini to’xtatishdan iborat. MAO –V 
ingibitorlari shu asosda ta’sir qiladi. Selegilin (deprenil) tanlab, qaytmas xolda 
shu fermentni falajlaydi. Bu preparatni odatda levodopa bilan birgalikda 
ishlatiladi. Tanlab ta’sir qilmaydigan MAO ingibitorlaridan farqi shundaki, 
simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sir qilganda gipertenziv reakstiyalarni 
chaqirmaydi (11.2bo’lim qaralsin). 


- 338 -
Tajribalarda aniqlanishicha, selegilin MAO-V ni falajlashidan tashqari 
neyroprotektor xususiyatiga ega, ishemiya va neyrotoksik moddalar ta’sirida 
neyronlarni jarohatlanishini kamaytiradi. Qisman bu nervlarni glial 
astrostitlardan ajralib chiquvchi o’stirish faktorlarini indukstiyalashiga bog‘liq. 
Klinik ma’lumotlarga ko’ra selegilin bemorlarda neyrodegenerativ 
(Alstgeymer kasalligi) kasallarda ijobiy natija bergan. 
Istisno emaski, shunday natijani Parkinson kasalligida ham berishi mumkin, bu 
maxsus tekshirishlarni talab qiladi. Parkinsonizmga qarshi moddalarga, 
glutamatergik ta’sirni kamaytiruvchi midantan (amantadin gidroxlorid, 
simmetrel) preparati kiradi. Zamonaviy tushuntirishga ko’ra, midantan 
NMDA-resteptorlarni falajlab, po’stloq glutamat neyronlarining neostriatumga 
stimullovchi ta’sirini kamaytiradi.. Bu Parkinson kasalligini klinik 
ko’rinishlarini: rigidnost, titroq, gipokineziyani kamaytiradi. Bundan tashqari, 
midantan qora substanstiya neyronlariga nisbatan neyroprotektor effektga ega. 
Bu xolat ko’rsatilgan neyronlarning NMDA-resteptorlarini pasaytirishi va 
hujayralarga kalstiy ionlarini kirishini susaytirishga, bu esa neyronlarni 
destrukstiyasin, kasallikni rivojlanishini susaytiradi. Midantan ba’zi bir M-
xolinolitik ta’sirga ega. 
Midantan Parkinson kasalligini, simptomatik parkinsonizmni (postenstefalitik 
yoki sterebrovaskulyar), va ayniqsa levadopa ishlatib bo’lmaydigan xolatlarda 
qo’llaniladi.. Midantan gipokineziyani kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, 
rigidnost va qaltirashni esa kamroq darajada kamaytiradi. 1-2 va undan 
ko’proq kundan so’ng xolat yahshilanadi, bir necha kun, ba’zida haftalardan 
so’ng maksimal effekt kuzatiladi.
Bemorlar midantanni ko’p xollarda yahshi ko’taradilar. Nojo’ya effektlaridan 
ba’zida uyqusizlik, gallyustinastiya, ortostatik gipotenziya, dispeptik 
o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. 
Preparatni MNS ni bir qator kasalliklarida: gallyustinastiyalar bilan kechuvchi, 
tutqanoq shaklidagi titroqlarda, xamda jigar va buyrakni og‘ir kasalliklarida


- 339 -
ehtiyotlik bilan qo’llanilishi kerak.
1
Dastlab A
2
tipidgi gripp viruslarini profilaktika qilish uchun viruslarga
qarshi preparat sifatida amantadin nomi bilan taklif qilingan (28 bo’limga 
qarang). Midantanni levadopa bilan kombinastiya xolatida qo’llash maqsadga 
muvofiq, bu xolatda doza kamaytiriladi.
Parkinsonizmga qarshi moddalarning oxirgi gruppasi

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish