nystagmos uyqu, dremota)
2
Buyumlarni ikkitadan ko’rinishi ( grekchadan
diploos
- ikkita,
ops
– nigox).
Tutqanoqni epileptik status turida (uzoq vaqt to’xtamaydigan katta tutqanoq
xuruji) benzodiazepin xosilasidan diazepam (sibazon), lorazepam va
klonazepamni vena ichiga yoki rektal yuborish juda yaxshi natija beradi. Bu
preparatlarni ta’sir qilish mexanizmi GAMK –ergik sistemani
faollashtirishiga bog‘liq(7 bo’lim va 11.4).
Rasm. Tutqanoqqa qarshi moddalarning GAMK –ergik sistemaga
yo’naltirilgan ta’siri.
- 327 -
Fokal tutqanoq turida
karbamazepin
, topiramat, difenin, vigabatrin,
gabapentin, geksamidin, fenobarbital va boshqalar qo’llaniladi.
Karbamazepinni
uzoq ta’sir qiluvchi tegretol StR preparati ishlab chiqarilgan.
. Tutqanoqni bu turida karbamazepin keng qo’llaniladi (stazepin,
tegretol,finlepsin). Kimyoviy strukturasi bo’yicha dibenzazepin xosilasiga
kiradi. Uning tutqanoqqa qarshi ta’siri natriy kanallarini falajlanishiga bog‘liq.
Bu preparatni avzalligi shundan iboratki, tutqanoqqa qarshi ta’siri psixotrop
ta’sir bilan birga namoyon bo’ladi.
Karbamazepin
qabul qilgan bemorlarda kafiyat yaxshilanadi va atrofdagilar
bilan muloqat oshadi. Bu esa sostial va professional tiklanishni engillashtiradi.
Karbamazepin katta tutqanoq xurujlarida xamda tutqanoqni aralash formalarida
ham qo’llaniladi. Karbamazepin qo’llanilganda ba’zi bir nojo’ya xolatlar
kuzatilishi mumkin: dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
uyquchanlik, akkomodastiyani buzilishi va boshqalar. Preparat psixomator
reakstiyalarni
susaytiradi,
shuning
uchun
transport
haydovchilariga
buyurilmaydi.
Karbamazepin ta’sirida bemorlarni etil spirtini ko’taruvchanligi pasayadi..
Allergik reakstiyalar, leykopeniya, yoki trombostitopeniya kuzatilsa preparat
buyurilishi to’xtatiladi. Shuning uchun periferik qon taxlili doimiy ravishda
o’tkazib turilishi lozim.
Tutqanoqqa qarshi topiramat (topamaks) preparati sulfamat o’rnini bosuvchi
monosaxarid (d-fruktoza xosilasi) hisoblanadi. Bu preparat xujayra
membranasi potenstialiga bog‘liq bo’lgan natriy kanallarini falajlaydi, xamda
GAMK ni GAMK
a
-resteptorlariga ta’sirini kuchaytiradi..
Bundan tashqari bu preparat glutamat (AMRA) resteptorlarini faolligini
susaytiradi. Preparat fokal va umumiy tonik –klonik talvasalarda qo’llaniladi.
- 328 -
Nojo’ya effektlariga MNS funkstiyasini buzilishi, (ataksiya, bosh aylanishi,
charchoqlik, uyquchanlik) gepatotoksik ta’sir, urolitiaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |