O’quv adabiyoti


Kallaning miya qismi suyaklari



Download 43,86 Mb.
bet39/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Kallaning miya qismi suyaklari
Kallaning miya qismini hosil qiluvchi suyaklar kalla gumbazi yoki tomi suyaklari va kalla asosini hosil qiluvchi suyaklarga bo’linadi. Kalla tomini peshona suyagining palla qismi, tepa suyagi, ensa va chakka suyagining palla qismi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bolada kallaning tom qismi asosiga nisbatan katta. Bola hayotining birinchi yilida kallaning tom qismi tez o’sadi va bir yoshga to’lganda uning uzunligi katta odam boshining 1/2 uzunligiga teng bo’ladi. Keyingi davrlarda uning o’sishi sekinlashib 20 yoshda doimiy shaklni oladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalar kalla tomi suyaklari elastik bo’lib, ularda zich (kompakt) qavat yaxshi takomillashgan. Tashqi qatlam, diploe va ichki qatlam o’rtasida ma’lum chegara yo’q bo’lgani uchun bola kalla suyagi lat eganda ichki qatlami ko’chmaydi. Kalla tomi suyaklarining tashqi yuzasi silliq bo’lib, faqat choklar sohasidagina biroz g’adir-budirliklar bor. Suyaklarning ichki yuzasi ham tekis bo’lib, bola 5-6 oylik bo’lgan vaqtda miya qattiq pardasi o’rta arteriyasi egati, vena bo’shliqlari egati paydo bo’la boshlaydi. Katta bolalarda kalla tomi suyaklari tashqi va ichki zich qatlamdan va ular o’rtasida joylashgan g’ovak moddadan iborat bo’ladi. Suyaklarni ichki yuzasida suyak usti pardasi bo’lmay, miya qattiq pardasi unga yopishib turadi.
Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asosiy va yon qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining toshsimon qismi, g’alvirsimon suyakning g’alvirsimon plastinkasi hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bola kalla suyagining asosi sagital yo’nalishda cho’zilgan bo’lib, ko’ndalangiga toraygan. Bola hayotining birinchi 7 yilida suyakning bu qismi bir tekis o’sadi va uning uzunligi katta odam kallasi asosini 1/2 uzunligiga teng. Bolalikning ikkinchi davrida kalla suyagi asosi o’sishi sekinlashadi va balog’at davrining ikkinchi yarmida u katta odam kallasi hususiyatlariga ega bo’ladi.


Ensa suyagi
Ensa suyagi (os occipitale) (28-rasm) kallaning miya qismini orqa pastki sohasini qosil qiladi. Unda asosiy qismi, yon bo’laklari va serbar qismi tafovut qilinadi. Bu qismlar o’zaro birikib, kalla bo’shlig’ini umurtqa kanali bilan qo’shuvchi katta teshikni (foramen magnum) hosil qiladi.
Asosiy qismi (pars basilaris) katta teshikni old tomonida joylashgan. U 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasi bilan qo’shilib ketadi. Uning miya yuzasi tarnov shaklida bo’lib, ponasimon suyak tanasi bilan birgalikda yuza nishabni (clivus) hosil qiladi. Uning lateral chekkasida pastki toshsimon vena egati (sulcus sinus petrosus inferior) bor. Asosiy qismni pastki yuzasida halqum bo’rtig’i (tuberculum pharyngeum) joylashgan.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish