O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet37/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Oshiq suyakda (talus) boshchasi (caput tali), tanasi (corpus tali) va ularni biriktirib turuvchi tor bo’yni (collum tali) tafovut qilinadi. Oshiq suyakning tanasi eng katta qismi. Uning yuqori qismida g’altaksimon hosila (trochlea tali) bo’lib, uning uchta bo’g’im yuzasi bor. Yuqori yuzasi (facies superior) katta boldir suyagining pastki bo’g’im yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. G’altakning ikki yon tomonda joylashgan medial âà lateral òo’piq yuzalari (facies malleolaris medialis et lateralis) shu nomdagi to’piq yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Lateral to’piq yuzasi medialiga nisbatan katta bo’lib oshiq suyakning lateral o’simtasigacha
A B

27-rasm. А.Katta odamning o’ng oyoq panjasi suyaklari.
1-calcaneus; 2-talus; 3-os cuboideum; 4-os naviculare; 5-os cuneiforme laterale; 6-os cuneilforme intermedium; 7-os cuneiforme mediale; 8- os metatatrsale I; 9-phalanx proximalis; 10-phalanx media; 11-phalanx distalis.


B.Chaqaloqning o’ng oyoq panjasi suyaklari.
1-сalcaneus; 2-talus; 3-os cuboideum; 4- os cuneforme laterale; 5-os metatarsale-V; 6-phalanx proximalis; 7-phalanx distalis; 8-os cuneforme mediale; 9-os cuneforme intermedium; 10-os naviculare; 11-punctum ossificationis.


(processus lateralis tali) yetib boradi. G’altakning orqasidagi orqa o’simtani (processus posterior tali) bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak payi medial va lateral do’nglikka (tubertculum mediale et laterale) bo’ladi. Oshiq suyakning pastki yuzasida tovon suyagi bilan birlashadigan uchta: oldingi, o’rta va orqa bo’g’im yuzalari (facies articularis calcanea anterior, media et posterior) joylashgan. O’rta va orqa bo’g’im yuzasi o’rtasidan egat (sulcus tali) o’tadi. Oshiq suyak boshchasi oldinga va medial tomonga yo’nalgan. Unda qayiqsimon suyak

bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi (facies articularis navicularis ) bor.


Tovon suyagi (calcaneus) oyoq panjasidagi eng katta suyak. U oshiq suyakning ostida joylashadi. Suyak tanasi orqa tomonda tovon suyagi do’ngligi (tuber calcanei) hosil qiladi. Uning ustki yuzasida oshiq suyak bo’g’im yuzalariga mos uchta: oldingi, o’rta va orqa oshiq suyagi bo’g’im yuzalari (facies articularis talaris anterior, media et posterior) bor. O’rta va orqa bo’g’im yuzalari o’rtasida tovon suyagi egati (sulcus calcanei), oshiq suyak egati bilan kaft oldi kavagini (sinus tarsi) hosil qiladi. Suyakni medial yuzasida oshiq suyakni ko’taruvchi o’simta (sustentaculum tali) bor. Uning lateral yuzasida uzun kichik boldir mushagi payi egati (sulcus tendo m. peronei longi) o’tadi. Suyakni oldingi uchida kubsimon suyak bilan birlashadigan kubsimon suyak bo’g’im yuzasi (facies articularis cuboidea) joylashgan.
Qayiqsimon suyak (os naviculare) medial tomonda oshiq suyak bilan uchta ponasimon suyaklar o’rtasida joylashgan. Uning proksimal botiq yuzasi oshiq suyak boshchasi bilan birlashadi. Distal yuzasi uch qismga bo’lingan bo’lib ponasimon suyaklar bilan birikadi. Suyakning ichki chekkasida orqa katta boldir mushagi birikadigan qayiqsimon suyak do’mbog’i (tuberositas ossis navicularis) bor.
Ponasimon suyaklar (ossa cuneiformia) oyoq kaftining medial chekkasida qayiqsimon suyak bilan I-III kaft suyaklari o’rtasida joylashgan. Ularning eng kattasi medial ponasimon suyak (os cuneiforme mediale) I kaft suyagi asosi bilan, o’rta ponasimon suyak (os cuneiforme intermedium) II kaft suyagi bilan, lateral ponasimon suyak (os cuneiforme laterale) III kaft suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi.
Kubsimon suyak (os cuboideum) lateral tomonda tovon suyagi bilan IV-V kaft suyaklari o’rtasida joylashgan bo’lib, ular bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari bor. Bundan tashqari uning medial tomonida tashqi ponasimon suyak va kubsimon suyaklar bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari bor. Kubsimon suyakning pastki tomonida kubsimon suyak bo’tig’i (tuberositas ossis cuboidea), uning oldida uzun kichik boldir mushagi payi egati (sulcus tendo m. peronei longi) o’tadi.
Rentgenoanatomiyasi. Yon rentgenogrammada oshiq va tovon suyaklari xuddi bo’ylama kesma shaklida ko’rinadi. Oshiq suyakda uning asosiy qismlarini tashqi chegarasi aniq ko’rinadi. Tovon suyagida uning bo’g’im yuzasi joylashgan oldingi qismini tashqi chegarasi aniq ko’rinadi. Suyakning pastki yuzasi yupqa qavat zich modda bilan qoplangan bo’lib, uni tashqi chegarasi ko’pincha g’adir-budur bo’ladi. Tovon dongligi zich moddasi qalin. Oshiq va tovon suyaklari tanasi o’rtasida noto’g’ri to’rtburchak shaklidagi yorug’lik tovon sinusi kuzatiladi. Oyoq kaftining old to’g’ri tasvirida ichki tomonda joylashgan oshiq suyak boshchasi va tashqi tomonda joylashgan tovon suyagining oldingi qismi ko’rinadi. Oshiq suyak boshchasini yuzasi ko’tarilgan, tovon suyaginiki esa biroz egarsimon bukilgan. Oshiq suyak boshchasi oldida yarimoysimon shakldagi qayiqsimon suyak yotadi. Tovon suyagi oldida oyoq panjasining tashqi tomonida joylashgan kubsimon suyak kvadrat shaklga ega. Qayiqsimon suyak oldida ponasimon suyaklar joylashadi.
Oyoq panjasi suyaklarining taraqqiyoti qo’l kafti suyaklaridan oldinroq boshlanib, ularda suyaklanish nuqtasi homila davrida paydo bo’ladi. Yangi tuqilgan bolada kaft oldi suyaklarida (27-b rasm) kattalarga xos bo’lgan hamma qismlar bor. Ular asosan tog’aydan tuzilgan bo’lib, faqat oshiq, tovon va kubsimon suyaklarda suyak nuqtalari bor. Bu suyak nuqtalari tovon suyagida homila hayotining 6-oyida, oshiq suyakda 7-8-oylarda, kubsimon suyakda esa 9-oyda paydo bo’ladi. Bola tug’ilganidan keyin oshiq, tovon va kubsimon suyaklardagi suyak nuqtalari kattalashib boradi. Emizikli davrda tashqi ponasimon suyakda, 2-yoshda ichki ponasimon suyakda, 3-4 yoshlarda o’rta ponasimon suyakda, bolalikni birinchi davrida qayiqsimon suyakda suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Bolalikni birinchi davrida tovon oldi suyaklarini o’sishi birmuncha tezlashib, suyak nuqtalari kattalashadi va tog’ayni butunlay egallaydi. Qo’shimcha suyak nuqtalari bolalikning birinchi davrida tovon suyagi do’mbog’ida, bolalikning ikkinchi davrida qayiqsimon suyak do’mbogida paydo bo’ladi. Balog’at davrida tovon oldi suyaklari taraqqiyoti tugab, ular kattalarga o’xshash tuzilishga ega bo’ladi. Bu davrda tovon va qayiqsimon suyaklar apofizlari tanasi qo’shiladilar.
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsalia) 5 ta qisqa naysimon suyakdan iborat. I kaft suyagi qisqa va yo’g’on, II kaft suyagi esa eng uzun. Oyoq kafti suyaklarida tanasi (corpus), boshi (caput) va asosi (basis) tafovut qilinadi. Ularning tanasi prizma shaklida bo’lib, qavariqligi kaft ustiga qaragan. I kaft suyagining asosi ichki ponasimon suyak bilan, II va III kaft suyaklari asosi oraliq va tashqi ponasimon suyaklari bilan, IV va V kaft suyaklari asosi esa kubsimon suyak bilan bo’g’im hosil qiladi. V kaft suyagining tashqi tomonida qisqa kichik boldir mushagi birikadigan V kaft suyagi do’mbog'i (tuberositas ossis metatarsalis V ) joylashgan.
Oyoq kafti suyaklari diafizlarida suyak nuqtasi homila hayotining 3-oyida paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola oyoq kafti suyaklari katta odam suyaklariga nisbatan qisqa. Ularning diafizi suyaklanib bo’lgan, uchlari katta va tog’aydan iborat. Kaft suyaklari epifizlarida 3 yoshda faqat bitta uchida qo’shimcha suyak nuqta paydo bo’ladi. Bu suyak nuqta I kaft suyagini proksimal uchida, qolgan kaft suyaklarini distal uchida paydo bo’ladi. Suyaklarning ikkinchi uchi esa tanasidagi suyak nuqta hisobiga suyaklanadi. Epifizlar tanasi bilan 12-16 yoshlarda birikadi.
Oyoq panjasi barmoq suyaklari (ossa digitorum pedis) qo’lga nisbatan qisqa va yo’g’on. II-V barmoqlar uchta (proksimal, o’rta va distal), I barmoq (hallux) esa ikki: proksimal va distal falangalardan iborat. Barmoq falangalarda tanasi (corpus phalangis), boshi (caput phalangis) va asosi (basis phalangis) tafovut qilinadi. Proksimal va o’rta falangalarning tanalari kaft orqasi tomonga biroz qavargan. Proksimal falangalarning asosida kaft suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan yassilashgan chuqurcha bor. O’rta va distal falangalarning asosida undan oldingi falanga bilan bo’g’im hosil qiladigan, qirra bilan bo’lingan ikkita yassi yuza bor. Distal falangalarda do’mboqcha (tuberositas phalangis distalis) bor.
Rentgenoanatomiyasi. Old to’g’ri rentgenogrammada kaft suyaklari va barmoq falangalari aniq ko’rinishga ega. Kaft suyaklarini asosi bir-biriga qavatlanadi. Kaft suyaklari va proksimal falangalar diafizlarida zich qatlam va suyak iligi bo’shlig'i takomillashgan.
Barmoq falangalarining birinchi suyak nuqtasi qomila hayotining 3 oyida paydo bo’ladi. Yangi tuq’ilgan bola barmoq falangalarining hammasini diafizida suyak nuqtasi bo’ladi. 3-4 yoshda barmoq falangalari asosida epifizar suyak nuqta paydo bo’lib, tanasi bilan ayollarda 16-17 yoshlarda, erkaklarda 18-20 yoshlarda qo’shiladi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish