O’quv adabiyoti


D. Chaqaloqning o’ng son suyagi (old tomoni)



Download 43,86 Mb.
bet34/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

D. Chaqaloqning o’ng son suyagi (old tomoni).
1-сaput femoris; 2-fovea capitis ossis femoris; 3-corpus femoris;
4-epicondylus medialis; 5-condylus medialis; 6-condylus lateralis;
7-epicondylus lateralis; 8-facies patellaris; 9-collum femoris;
10-trochanter major.


tomondan o’zaro ko’stlararo chiziq (linea intertrochanterica), orqa tomondan esa ko’stlararo qirra (crista intertrochanterica) vositasida birikib turadi.


Son suyagi tanasi (corpus femoris) oldinga qarab biroz bukilgan tsilindrsimon shaklda. Oldingi yuzasi silliq bo’lib, orqa tomonida g’adir-budir chiziq (linea aspera) bor. Bu chiziq ichki va tashqi lablarga (labium mediale et laterale) ajragan. Lablar suyak tanasi o’rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va pastga yo’nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga tomon lablar katta va kichik ko’stlar tomonga yo’naladi. Tashqi lab kengayib katta dumba mushagi birikadigan dumba bo’rtigini (tuberositas glutea) hosil qiladi. Ichki lab taroqsimon chiziqqa (linea pectinea) o’tib ketadi. Pastga tomon ikkala lab bir-biridan uzoqlashib, uchburchak shaklidagi taqim osti yuzasini (facies poplitea) chegaralaydi.
Son suyagining pastki (distal) uchi kengayib, ikkita yumaloq do’ngsimon o’simtani hosil qiladi. Ichki do’ngsimon o’simta (condulus medialis), tashqisidan (condulus lateralis) kattaroq. Ular orqa tomonda o’zaro do’ngsimin o’simtalararo chuqurcha (fossa intercondularis) bilan ajrab turadi. Ichki do’ngsimon osimtani yon tomonida bo’g’im yuzasini ustida ichki do’ngsimon usti tepachasi (epicondulus medialis) joylashgan. Tashqi do’ngnsimon o’simtaning yon tamonida esa kichikroq tashqi do’ngsimon usti tepachasi (epicondulus lateralis) bor. Do’ngsimon o’simtalarning oldingi yuzalari o’rtasida tizza qopqog’i yuzasi (facies patellaris) bor. Har bir do’ngsimon usti tepachasi sohasida chiziqlar (linea supracondularis medialis et linea supracondularis lateralis) bo’ladi. Tashqi do’ngsimon usti tepachasi sohasida taqim egati (sulcus popliteus) joylashgan.
Rentgenoanatomiyasi. Son suyagi boshchasi sharning 3/4 qismini tashkil qilgan yumaloq shaklda. Uning tashqi ko’rinishi tekis, aniq, chuqurchasi chekkalari tekis bo’lmagan kichkina botiqlik shaklida aniqlanadi. Suyak boshchasi soyasi uning bo’yni soyasiga o’tib ketadi. G’ovak moddaning tarkibi boshchasi va bo’ynida yahshi bilingan.
Suyak diafizi tarkibida zich modda ancha keng va quyuq soya beradi. Son suyagining pastki uchi kengaygan bo’lib, uning do’ngsimon o’simtalararo o’ymasi yaxshi ko’rinadi. G’ovak modda yirik katakchali tarkibga ega bo’lib, bo’ylama suyak to’sinlari ko’proq.
Son suyagining birinchi suyak nuqtasi uning tanasida homila hayotining 2-oyida paydo bo’lsa, bola tug’ilishidan avval uning pastki epifizida ikkinchi suyak nuqta paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning son suyagi (25 rasm-c) nisbatan qisqa bo’lib, uchlari katta va tog’aydan iborat. Diafizi to’g’ri, suyaklanib bo’lgan. Ilik kanali tor. Suyak tanasining dumba g’adir-budirligi va linea aspera si o’rnida ingichka tog’ay hoshiya joylashgan. Son suyagining bo’yni tsilindr shaklida bo’lib, qisqa, tana bilan birikish burchagi 150o bo’ladi. Suyak boshchasi aylana shaklida bo’lib, tog’aydan iborat. Katta va kichik ko’stlar tog’ay bo’lib, bir-biriga yaqin joylashgani uchun ko’stlararo qirra qisqa. Suyakning pastki uchi tog’ay. Do’ngsimon o’simtalari o’zaro teng bo’lib, do’ngsimon o’simtalararo chuqur keng va yuza. Bola hayotining 4-6 oylarida suyak boshchasida suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Bola hayotining birinchi yilida suyak qismlari bir hil o’smaydi va kattalarnikiga o’xshash shaklga ega bo’ladi. Erta bolalik davrida suyak tanasi va bo’yni tez o’sib uning hajmi ikki barabar ortadi. Tana egriligi yaxshi bilinib, bo’yni tsilindrsimon shaklni oladi. Ilik kanali tananing o’rta qismini egallaydi. Pastki uchidagi suyak nuqtasi kattalashib, ikkala do’ngsimon o’simtaga yoyiladi. Bolalikning birinchi davrida suyakning hamma qismlari bir tekis o’sadi va katta ko’stda suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davrida esa kichik ko’stda suyak nuqtasi paydo bo’ladi. Bola 16 yoshga etganida epifiz va apofizlarni suyaklanishi tugallanadi. 18-20 yoshda you’ori uchi, 20-24 yoshda esa pastki uchi tanasi bilan birikadi.
Tizza qopqog’i (patella) sonning to’rt boshli mushagi payi ichida joylashgan sesamasimon suyak. Tizza qopqog'ining asosi (basis patellae) yuqoriga, uchi (apex patellae) pastga qaragan. Uning orqa bo’g’im yuzasi (facies articularis) son suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Oldingi g’adir-budir yuzasi (facies anterior) teri ostida seziladi.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish