O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet41/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

30-rasm. Peshona suyagi.

1-tuber frontale;


2-glabella;
3-for. supraorbitale;
4-margo supraorbitalis;
5-processus zygomaticus ;
6-arcus superciliaris;
7-squama frontalis.

Ko’z kosasi qismi (pars orbitalis) juft gorizontal joylashgan yupqa plastinkadan iborat. O’ng va chap ko’z kosasi qismlari o’zaro g’alvirsimon o’yma (incisura ethmoidalis) bilan ajralib turadi. Uning ustki miya yuzasida barmoq izlari (impressiones digitatae) va miya tepachalari (juga cerebralia) bor. Pastki ko’z kosasi yuzasi (facies orbitalis) silliq va botiq bo’lib, ko’z kosasining ustki devorini hosil qiladi. Uning tashqi burchagida ko’z yoshi bezi chuqurchasi (fossa glandulae lacrimalis), ichki tomonida bilinar-bilinmas botiqlik g’altak chuqurchasi (fovea trochlearis), hamda ko’z olmasining yuqorigi qiyshiq mushagi o’tadigan tog’ay g’altak birikadigan g’altak o’simtasi (spina trochlearis) joylashgan.


Burun qismi (pars nasalis) taqasimon shaklda. U ko’z kosasi qismlarini o’rtasida joylashib g’alvirsimon o’ymani old va yon tomondan chegaralaydi. Uning oldingi tishli qismi burun suyaklari va yuqori jag’ suyagining peshona o’simtasi bilan birikadi. Bu qismni o’rtasida burun qirrali o’simtasi (spina nasalis) bo’lib, burun to’sig’ini hosil qilishda qatnashadi. Uning o’ng va chap tomonlarida peshona bo’shlig’i (sinus frontalis) va uning tirqishi (aperturae sinus frontalis) bor.
Yangi tug’ilgan bola peshona suyagi bir-biri bilan chok vositasida qo’shilgan ikki simmetrik bo’lakdan iborat bo’lib, har birida palla, ko’z kosasi va burun qismi tafovut qilinadi. Uning pallasi uchburchak shaklida bo’lib, tashqi tomonida peshona bo’rtig’i bor. Pallaning ichki yuzasi silliq. Ko’z kosasi qismi uchburchak shakldagi yupqa plastinkadan iborat bo’lib, uning miyaga qaragan yuzasi tekis. Ko’z kosasining yuqori qirrasi o’tkir. Burun qismi chekkasi notekis kichkina o’simta shakliga ega. Bu bo’laklarning o’zaro birikishi bola hayotining 6-oyidan boshlanib, 7-8 yoshlarda tugaydi. Agar ular birikmay qolsa o’rtasidagi metopik chok (sutura metopica) umr bo’yi qolishi mumkin. Erta bolalik davrida suyak ko’z kosasi qismining miyaga qaragan yuzasi qavariq bo’ladi va unda barmoq izlari yaxshi ko’rinadi. Bu davrda peshona bo’shlig’i hosil bo’laboshlaydi. Pallaning ichki yuzasi o’zgarib, peshona qirrasi paydo bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida metopik chok birikishi munosabati bilan peshona suyagini o’sishi sekinlashadi. Peshona sinusi kattalashib qosh usti ravog’i paydo bo’ladi. Palla chekkalarida tishlari ko’payadi. Bolalikning ikkinchi davrida peshona bo’ligini hajmi kattalarnikini 1/2 qismiga teng bo’lib, uning taraqqiyoti 25 yoshlarda tugaydi.

G’alvirsimon suyak (os ethmoidale) kalla asosining oldingi qismida joylashgan bo’lib, burun bo’shlig’i va ko’z kosasining devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi. U uch qismdan: gorizontal joylashgan g’alvirsimon, o’rtada pastga yo’nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki tomonida joylashgan g’alvirsimon labirintlardan iborat.


G’alvirsimon plastinka (lamina cribrosa) g’alvirsimon suyakning yuqori qismini hosil qiladi. U peshona suyagini qalvirsimon o’ymasida joylashib, oldingi kalla chuqurchasi tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Unda hidlov nervi ipchalari o’tadigan g’alvirsimon teshiklari (foramenae cribrosae) bor. G’alvirsimon plastinkaning ustida o’rta chiziqda xo’roz toji (crista galli) joylashgan. O’simta oldinga tomonga bir juft xo’roz toji qanotlari (ala cristae galli) bo’lib davom etadi va peshona suyagi bilan birikib, ko’r teshikni (foramen coecum) hosil qiladi.
Perpendikulyar plastinka (lamina perpendicularis) noto’g’ri beshburchak shaklida. U pastga qarab yo’nalib, burun to’sig’ining yuqori qismini hosil qiladi.
G’alvirsimon labirintlar (labyrinthus ethmoidalis) juft bo’lib, havo saqlovchi g’ovakli katakchalardan (cellulae ethmoidales) iborat. Ular oldingi (cellulae ethmoidales anterior), o’rta (cellulae ethmoidales media) va orqa katakchalarga (cellulae ethmoidales posterior) bo’linadi. G’alvirsimon labirint perpendikulyar plastinkaning o’ng va chap tomonlarida g’alvirsimon plastinkaning chekkalariga birikkan xolda joylashadi. Uning burun bo’shlig’iga qaragan medial yuzasi perpendikulyar plastinkadan tor vertikal yoriq vositasida ajralib turadi. G’alvirsimon labirintlarning medial yuzasida yuqorigi va o’rta burun chig’anoqlari (concha nasalis superior et media) bor. Ba’zida uchinchi eng yuqorigi burun chig’anog’i (concha nasalis suprema) ham uchraydi. Chig’anoqlarning yuqori qismi labirintning katakchalariga birikkan bo’lib, pastki chekkasi labirint bilan perpendikulyar plastinka o’rtasidagi bo’shliqda erkin osilib turadi. O’rta burun chig’anog’ining orqa qismida pastki burun chig’anog’i birikuvchi ilmoqsimon o’simta (processus uncinatus) bor. G’alvirsimon labirintlar lateral tomondan ko’z kosasini ichki devorini hosil qiladigan yupqa ko’z kosasi plastinkasi (lamina orbitalis) bilan qoplangan.
Yangi tug’ilgan bola g’alvirsimon suyagi to’rt qismdan iborat. Emizikli davrda suyak bir tekis o’sadi. G’alvirsimon plastinka suyaklanib, labirintlar bilan qo’shiladi. Uch yoshda burun bo’shlig’ini shilliq pardasi labirint katakchalariga kiradi va uning tog’ayi so’rila boshlaydi. Bolalikning birinchi davrida perpendikulyar plastinka suyaklanib dimog’ suyagigacha o’sib boradi. Davr oxirida labirint kataklari ichidagi tog’ay so’rilib bo’ladi va g’ovaklar hosil bo’ladi. Balog’at yoshida suyak taraqqiyoti tugab kattalarnikiga o’xshab qoladi.


Ponasimon suyak (asosiy suyak)

Ponasimon suyak (os sphenoidale) (31-rasm) kalla asosining o’rtasida joylashgan bo’lib, murakkab ko’rinishga ega. U deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashib, kalla tomini yon devorlari, hamda kalla asosi va yuz qismi chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ponasimon suyakda tanasi, katta va kichik qanotlari va qanotsimon o’simta tafovut qilinadi.
Ponasimon suyak tanasi (corpus) noto’g’ri kub shaklida. Uning ichida havo saqlaydigan ponasimon bo’shliq (sinus sphenoidalis) bor. Bo’shliq to’siq (septum sinium sphenoidalum) vositasida ikkiga ajralgan bo’lib, tirqishlar (aperturae sinus spenoidalis) orqali burun bo’shlig’iga ochiladi. Suyak tanasida oltita: yuqorigi yoki miyaga qaragan yuzasi, orqa, oldingi, pastki va ikkita yon yuzalari tafovut qilinadi. Suyak tanasining yuqorigi yuzasida turk egari (sella turcica) joylashgan. Uning o’rtasida gipofiz bezi joylashadigan gipofiz chuqurchasi (fossa hypophysialis) bor. Chuqurchani old tomonida ko’ndalang joylashgan egar do’mboqchasi (tuberculum sellae) bor. Uning oldida ko’ruv nervi kesishmasi egati (sulcus prechiasmaticus) yotadi. Gipofiz chuqurchasini orqa tomondan egar suyanchig’i (dorsum sellae) chegaralaydi. Egar suyanchig’ining tashqi chekkalari oldinga yo’nalib, orqa egilgan o’simtalarni (processus clinoidei posteriors) hosil qiladi. Tananing yon tomonlarida uyqu arteriyasi egati (sulcus caroticus) bor. Suyak tanasining yon yuzalari katta qanotga o’tib ketadi. Ponasimon suyak tanasining oldingi yuzasi bilan pastki yuzasi o’rtasida aniq chegara yo’q. Oldingi yuzada joylashgan ponasimon qirra (crista sphenoidalis), uning pastki yuzasiga ponasimon tumshuq (rostrum sphenoidale) bo’lib davom etadi. Ponasimon qirraning oldingi chekkasi g’alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasiga birikib ketadi. Qirraning yon tomonlarida noto’g’ri shakldagi ponasimon chig’anoqlar (conchae sphenoidales) bo’lib, ikki tomonida joylashgan ponasimon bo’shliq teshiklarini chegaralab turadi. Ponasimon suyak tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suyagini asosiy qismi bilan birikib ketadi.
Kichik qanot (ala minor) suyak tanasining yon tomonlaridan ikkita ildiz hosil qilib chiqqan juft plastinka shaklida. Ildizlar o’rtasida ko’ruv nervi o’tadigan ko’ruv kanali (canalis opticus) yotadi. Uning oldingi chekkasi tishlar vositasida peshona suyagini ko’z qismi va g’alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi bilan birikadi. Uning orqa chekkasi erkin bo’lib, medial tomonda miya qattiq pardasi birikadigan oldinga egilgan o’simta (processus clinoideus anterior) bo’lib tugaydi. Kichik qanotning yuqorigi yuzasi kalla bo’shlig’iga qaragan bo’lsa, pastki yuzasi ko’z kosasining ustki devorini hosil qiladi. Katta va kichik qanotlar o’rtasida ko’z kosasining yuqori tirqishi (fissura orbitalis superior) bo’lib, undan ko’z kosasiga III, IV , VI juft bosh miya nervlari va ko’z nervi o’tadi.
Katta qanot (ala major) juft bo’lib tananing yon yuzasidan boshlanadi. Uning to’rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miyaga qaragan yuzasida (facies cerebralis) barmoq izlari (impressiones digitatae), miya tepachalari (juga cerebralia) va arteriya egatlari (sulci arteriosi) bor. Katta qanotning tanaga yaqin joyida uchta teshik bor. Boshqalardan yuqoriroq va oldinda uch shoxlik nervning II shoxi o’tadigan yumaloq teshik (foramen rotundum), qanotning o’rtasida uch shoxlik nervning III shoxi o’tadigan cho’zinchoq teshik (foramen ovale) joylashgan. Nisbatan kichkina qirrali teshik (foramen spinosum) katta qanotning orqa burchagida joylashib, undan miya qattiq pardasining o’rta arteriyasi o’tadi. Ko’z kosasiga qaragan yuzasi (facies orbitalis) ko’z kosasining lateral devorini hosil qiladi. U to’rtburchakli silliq plastinka shaklida. Yuqori jag’ yuzasi (facies maxillaris) uchburchak shaklida, qanot-tanglay chuqurchasiga qaragan bo’lib, unga yumaloq teshik ochiladi. Chakka yuzasi (facies temporalis) keng bo’lib, uni chakka osti qirrasi (crista infratemporalis) ikki qismga ajratadi. Yuqorigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurchasi devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. Katta qanotning qirralari qo’shni suyaklar bilan birikadi.

31-rasm. Ponasimon suyak.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish