Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan hususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz hususiyatlari, qismlari va munosabatlaridan voz kechish usulidir.
Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real xayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan modelni yaratish va uning hususiyatlarini real xayotda uchraydigan ob’ekt hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir.
Konkretlashtirish usuli – ob’ekt va predmet to‘g‘risidagi abstrakt, hamda ideallashtirilgan bilimlarni real hayotdagi xodisalar to‘g‘risidagi bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir.
Tasniflash (klassifikatsiya) usuli – muayan ob’ektlar (elementlar) to‘plamidan muayan tasniflash alomati bo‘yicha tasniflar (klasslar, quyi to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning hususiyati yoki tavsifidir. Alomatlar sifatiy va miqdoriy ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |