Reja:
Kirish: “Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining shakllanishi tarixi”.
Asosiy qism:
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlilning ob’ekti va predmeti.
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining metodologiyasi.
Tizimni modellashtirish.
Modellashtirish turlari haqida ma’lumotlar.
Xulosa
Kirish: “Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining shakllanishi tarixi”.
Mashhur rus olimi A. A. Bogdanov o‘zining mulohazalarini ilk bor tizimli yondashuv asosida “Тектология: всеобщая организационная наука” deb nomlangan asarida bayon qilgan va shu tariqa tizimlar nazariyasi fani yaratilishiga asos solgan. U har qanday jarayon yoki ob’ekt muayan tashkillashtirilganlik darajasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida gipotezani olg‘a suradi va barcha xodisalarni tashkillashtirish va parchalanish jarayonlari sifatida ko‘radi: ob’ekt elementlarining integrativlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning tashkillashtirilganlik darajasi ham yuqori bo‘ladi. A.A. Bogdanov ta’kidlaganidek, har qanday insoniy faoliyat tashkillashtiruvchi yoki tashkillashtirilganlikni susaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Tizim qanaqa sohada bo‘lmasin, raqobatda yaxshiroq tashkillashtirilgan tizimlar zaif tashkillashtirilgan tizimlardan ustun kelishadi. Demak, yangi fan tizimlarning barcha tashkillashtirish shakllarini o‘rganishi va ulardan eng ilg‘orlarini aniqlashi lozim degan fikr tug‘ildi. Shuning uchun, elementlar va quyi tizimlarni optimal tashkillashtirish - tektologiya deb nomlangan yangi fanning bosh vazifasi sifatida ko‘rsatildi.
Keyinchalik, vaqt o‘tib, 1948 yilda Norbert Viner tomonidan kibernetika deb nomlangan yangi fan yaratildi.3 Ushbu fan mashina, tirik organizm va jamiyatlardagi jarayonlarni boshqarish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi va murakkab tizimlarning avtomatlashtirilgan ravishda boshqarilishini ta’minlashni asoslab berishga harakat qildi. Natijada avtomatlar, kompyuterlar va turli avtomatlashtirilgan tizimlar kibernetik tizimlar sifatida ko‘rila boshladi. Ammo ushbu fan boshqaruvni avtomatlashtirish bilan cheklanib qolib, o‘z izlanish ob’ektini toraytirib qo‘ydi.
Nafaqat to‘liq ma’lumot talab qiladigan muammolarni, balki noaniqlik va ehtimollik sharoitida vujudga keladigan muammolarni ham yechish maqsadida yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bular – tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, qarorlar qabul qilish nazariyasi, sinergetika. Lyudvig fon Bertalanfi4 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |