Og‘irroq bo‘l inim, siporoq bo‘l inim…», «Quvroq bo‘l, yolg‘on
ham kerak. Jindek xushomad ham
» degan gaplar kimga tegishli deb
o‘ylaysiz? Siz bu fikrga qo‘shilasizmi yoki yo‘qmi? Nega? Nima
deb o‘ylaysiz, shoir «
…o‘z bilganidan qolma»
ganida nimalar naz-
arda tutilgan? U to‘g‘ri qilganmi, yo‘qmi? Sizning nazaringizda,
uning o‘zi bilganlari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? She’rdagi
«Oqni oppoq ko‘rdim, qorani qora»
satrlarini qanday tushinish
mumkin? Bu, sizningcha fazilatmi yoki illatmi?
«Ko‘nglim sezar,
endi bu yog‘i ayon
» deganda shoir nima demoqchi deb o‘ylaysiz?
Shu misralar zamirida shoir shaxsiga xos bo‘lgan qanday sifat-
larni ilg‘adingiz? O‘zingizni u bilan taqqoslang. Ayting-chi, Mu
-
hammad Yusuf o‘zi aytmoqchi: «
Toshkentda eng zo‘r shoir
»
bo‘loldimi, yo‘qmi? Buni siz nimalarda ko‘rasiz?» va hokazo.
Bu savol-topshiriqlar bilan ishlash jarayonida o‘qituvchining roli
faqat yo‘naltirib turishdan iborat bo‘ladi. Haqiqatlarni bolalarning
o‘zlari kashf etadilar. She’rdagi muallif shaxsini ochib beruvchi
jihatlar umumlashtirilib alohida sanaladi va ham xattaxtaga, ham
daftarga yozib olinadi. So‘ngra quyidagi ikki misraga o‘tiladi:
Shamoldek yel, suvdek tosh,
Hech kimsaga bukma bosh…
156
157
«O‘g‘il bo‘ls
ang…»
O‘g‘il bolaga shunday talab qo‘ya bilishga ruhan o‘g‘il bola
bo‘lgan odamgina qodir. Chin shoir ilohiy holatga tushganda, faqat
ko‘nglidagi rost tuyg‘ular qog‘ozga to‘kiladi. O‘qituvchi aniq
-
lashga urinib ko‘rsin-chi, sheriklari – o‘g‘il bolalar bu talabga
qan
chalik javob berisha olarkin? Ularning qo‘llaridan «shamoldek
yelib, suvdek toshib» yashash kelarmikin? Ular boshqalarga bosh
egmay yashashning nima ekanligini bilisharmikin? O‘zlari bunga
qodirmikin? Bu sifatlarning muallifga qanchalik daxldor ekanligi
haqida o‘ylab ko‘rishsin. Satrlarda ichki «Men»ning dardlari ifo
-
dalangan:
Tug‘ildingmi demak yon,
Shoh qo‘lida zanglagan
Qilich bo‘lma hech qachon.
Undan ko‘ra bitta mard
Qul qo‘lida xanjar bo‘l!..
O‘g‘il bo‘lsang o‘jar bo‘l,
Qolgan bari safsata.
Erking uchun, el uchun
Nomusingga navkar bo‘l.
«O‘g‘il bo‘lsang…»
Bu misralar – shoir o‘zligining ifodasi. Kichik guruhlardagi
hamkorlar bu haqda ham birgalashib o‘ylab ko‘rsinlar. Bunday
gaplarni odam shunchaki aytishi mumkin emas. Tabiatan shunday
xarakterga ega bo‘lgan odamgina bu kabi sifatlarni ilg‘aydi, ular-
ga nom topadi va so‘z bilan ifodalay biladi. O‘qituvchi sherikla
-
rini o‘ylashga yo‘naltirarkan ularga qator savol-topshiriqlar bilan
murojaat qiladi. Ayni zamonda, bu savol-topshiriqlar haqida o‘zi
ham o‘ylashi, ularga o‘zining ham javobi bo‘lishi shart: «O‘g‘il
bola»ning sizga qo‘yayotgan talabiga qanday qaraysiz? Talab sizga
ma’qulmi, yo‘qmi? Nega? «
O‘jar
»lik, sizningcha fazilatmi yoki il
-
latmi? Fikringizni asoslang. Shoirning «
Nomusingga navkar bo‘l
»
degan talabini qanday tushundingiz?» Bu satrlar zamiridan ham
shoirga xos bo‘lgan sifatlar ajratib olinib yozib qo‘yiladi.
Muhammad Yusufning ilohiy tuyg‘u – muhabbatga ham mu-
nosabati o‘zgacha: «
Sevdingmi, yuz yil kut, Sevmasang unut
!»-
deydi «Sevgi sadosi» she’rida. Sevish va muhabbat hissi haqida
157
ayuhannos solish, bizning yigitlarimizdek jamoat transporti yoki
bog‘lardagi o‘rindiqlarga, ko‘cha-ko‘yla
rda devorlarga sevgili-
sining ismini yozib qo‘yish o‘g‘il bolaning ishi emas. Shoirning
nazarida xatto buni ma’shuqaga aytish ham shart emas. Chunki
uningcha: «
Do'stlaringiz bilan baham: |