O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


V. Uyga vazifa: she’rni ifodali o’qish



Download 14,36 Mb.
bet9/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

V. Uyga vazifa: she’rni ifodali o’qish.


12- mavzu: Kichik Vatan
Maqsadlar: A) Ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalarini shakllantirish, mavzu haqida tushuncha berish;
B) Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash
Dars uslubi: Darslik bilan ishlash, savol-javob
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston rasmlari, slaydlar, kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Mustaqillik nima degani?
2. Nima uchun 1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi?
3. Mustaqillik tufayli Vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi?
Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman.
III. Yangi mavzu bayoni:
KICHIK VATAN
Ashurali Jo‘rayev
0‘shanda uchinchi sinfda o‘qirdim. Biz oilamiz bilan boshqa qishloqqa ko‘chadigan bo'ldik. Ko'chishimizdan bir kun oldin akam bilan otam mollarni haydab, yangi uyimizga ketishdi. Ularga itimiz ham ergashdi.
Ko‘chamiz, degan kundan buyon bobomda qandaydir bezovtalik boshlandi. U kishining ranglari o'zgarib, biroz g'amgin bo‘lib qoldilar.
Ertaga ko‘chamiz degan kuni bobomda umuman halovat bo'lmadi. Buvimning aytishlaricha, tuni bilan bezovta bo'lib, uxlamay chiqibdi.
Uydagi qolgan-qutgan narsalarni yigishtirib, tugun-larga bog‘lab, kichik qutilarga joylagach, bobom foti-haga qo'shib tilovat qildilar. Bobomdagi xomushlik fo-tihadan so‘ng bir lahza hammamizni chulg‘agandek bo'ldi. Birozdan so‘ng bobom aytgan Shoyim tog‘a mashinasida yetib keldi. Bobom mendan boshqa hammani mashinaga chiqishga taklif qildi. Yuklarni ortib bo‘lganimizdan so‘ng buvim bilan eng kichik ukam kabinaga joylashdi. Qolganlar mashinaning kuzoviga chiqishdi.
- Yaratgan egam hamrohlaring bo'lsin. Sog‘-omon yetib dlinglar! - bobom fotiha berdilar.
Bobom bilan huvullagan hovlida yana birpas qoldik. Bobom bog‘imizdagi daraxtlarga, ishkomga, hovli etagidagi shiyponchaga, molxona va bostirma tomonlarga qarab yana bir bor xo'rsindi.
Bu orada uyimizni sotib olgan Erdon tog‘a ko‘ch-ko‘roni bilan kelib qoldi. Bobom bilan salom-alik qilishdi. Bobom qo‘lidagi kalitlarni unga topshirib duo qildi:
- Iloyo, bu uyda to‘ylar qiling, xonadoningizda yaxshi va baxtli kunlar ko‘p bo lsin.
- Keyingi haftada uy to'yi qilamiz. Xabar beramiz, kelasiz-da, Jo'ra bobo, - dedi Erdon aka.
- Albatta kelaman, Erdonboy, - dedi bobom ko zlari kulib. Uyning yangi egalari ko‘chlarini tushirish va kiritish bilan mashg'ul edi.
Bu manzarani kuzatib turgan bobomning ko'zlari yoshlanganini ko‘rib, mening ham ko'nglim buzildi. Buni sezgan Erdon tog‘a bobomni bir piyola choyga taklif qildi. Agar xohlasa qolib mehmon bo‘lib ketishini ham alohida ta’kidladi.
Bizning eski chorpoyamizga yangi dasturxon yozildi. Non, choy, qand-qurs qo‘yishdi.
- Bu hovli-joy otamdan qolgan edi, - deb hikoyasini boshladi bobom hazin ovozda. - Bolaligim mana shu hovlida o‘tdi. Shu hovlida uylanib, bola-chaqalik bo'ldim. Shu hovlida soch-soqolim oqardi. Hayotimdagi eng yaxshi va yomon kunlarim ham shu hovlida o'tdi. Rahmatli ota-onam va bir farzandimni ham shu hovlidan chiqardim. Tug'ilib o'sgan uying kichik Vatan ekan, Erdonboy. Endi bu Vatanni sizga topshiraman.
- Bobojon, kichik Vatan ham bo'ladimi? - beixtiyor so'radim.
- Bo'ladi, bolam, bo'ladi. Odamning yashaydigan uyi, hovli-joyi kichik Vatani. Ana shu kichik Vatanlar yig'ilib-yig'ilib, birlashib O'zbekiston degan ulug' Vatanga aylanadi...
Bobom bilan katta yo'lga chiqqanimizda, hamon shu kichik Vatan - uyimiz va do'stlarim bilan bog'liq shirin xotiralar og'ushida edim.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish